tgoop.com/Secretius/5658
Last Update:
Durov hayp koʻtarishni biladi
Hammaga taniqli boʻla boshlagan, vaqtida telegram ishlatsa ham uni kim ishlab chiqqani haqida bilmagan odamlar koʻp boʻlgan Durov har safar katta hayp koʻtara olayapti. Ommaga taʼsir koʻrsata oladigan hayper Ilon Maskdan ham oʻtib ketdi menimcha. Hali Whatsappni yomonlaydi, hali Hamsterni reklama qiladi, hali sperma donorligi...?
Durov oʻz kanalida aytganiday, 15yildan buyon donorlik qiladi. Sabab? Odamzot paydo boʻlibdiki, kuchli nasl qoldirishga intiladi, bu faqat odamlarga emas, butun tabiatga xos. Misol uchun: uyidagilari erga bergan oʻzini tayini yoʻq, ichadigan chekadigan odamdan koʻra Durovdan bola koʻrgani yaxshi deb oʻylayman. Toʻgʻri, yo tovba deyishing mumkin lekin oʻylab koʻr:
1. Sperma donorlik islom dinida menimcha qoralanadi, lekin butun dunyo musulmon dinida emas.
2. Bu donorlik turi uchun qattiq tekshiruvdan oʻtiladi, oʻtilgandan keyin yana qayta va qayta oʻtiladi. Osongina donor boʻlib qolinmaydi: zararli odatlar, nasliy kasalliklar, infeksiyalar, psixologik kasalliklar yoʻq boʻlishi va yana koʻplab narsalarga bogʻliq.
3. Donorlik bola koʻra olmayotgan oilalar uchun. Ularda boshqa hech qanday yoʻl yoʻq, bola asrashdan tashqari. Ayol ona boʻlmoqchi boʻlsa-yu, lekin ajrashmoqchi boʻlmasa(muhabbati qattiqligidan) shunday qilinadi.
4. Donor boʻlgan odamda katta masʼuliyat ham bor. Durov aytishicha, jamiyatga, muhtojlarga shu ul orqali yordam bermoqchigi, foydali boʻlmoqchi ekanligini aytdi. Lekin 100dan oshiq biologik bolang butun Yer yuziga sochilgan boʻlsa-yu, sen ularni tuzuk-quruq tanimasang bu katta psixologik qiynoqqa olib kelishi ham mumkin.
5. Yuridik, etik va genetik xavflar. Men toʻgʻrisi butun davlatlarni bu haqdagi qonunini bilmayman lekin ular ham yaxshi tuzilmagani aniq. Etika tomonidan ham yaxshi oʻylanmagan.
Xulosa qilaylik charchab ketdim bu haqda oʻylayverib:
Donorlik qilish - bu odaming hohishi va sabab ikkita boʻladi: pul topish va bunga muhtojlarga yordam berish.
Sperma donorligi boʻyicha qonunlar hali toʻliq ishlab chiqilmagan yoki qandaydir xatoliklari bor.
Psixologik tomon. Donorlik qiluvchi odam va uning biologik bolasi. Koʻplab bolang borligi yoki sen dada degan odam aslida seni otang emas, Telegramni yaratgan yoki umuman boshqa odam otang ekanligi psixologik oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin menimcha.
#durov #donor
🔐@Secretius - Fan, Texnika va hayotdagi savollarga javob beruvchi, foydali va qiziqarli.
BY ️Secretius
Share with your friend now:
tgoop.com/Secretius/5658