tgoop.com/Sobirjonov_Mehriddin/485
Last Update:
#shahsiy_xona
Singlim va Qomus haqida
Bu sahna yolgʻondir.
(Chin sahna—dunyo)
Navbat kutib turibman gʻarib.
Katta sahnalarga qadam qoʻyarman,
Ne qilishib bilamay, iymanib.
Vanihoyat keldi navbatim.
Shu navbatim kelmasaydi,
dod!
Qoʻllarimga miltiq ishlatib,
deyishdilar:
"—Hur singlingni ot!"
Singlimning aybin soʻrasam aytdi,
Paranjisin otgan toliba!
Singlim jasoratiga qoil qoldim
Singlim qoʻrqmas,
Singlim gʻoliba!
U hurlik deb kurashdi ''dod" deb,
Xoʻrlik uchun kurashmadi lek.
Bu gʻalati sahnalarida
Roʻlin ijro qiloldi valek.
"Erkinlik"— deb uqtirdi qomus,
"Tenglik"— deya oʻrgatdi qonun.
Miltigʻini otib yubordim.
Javob bersin ular hammasi uchun!
Singlim tolibadir
Singlim gʻoliba!!!
✍Mehriddin Sobirjonov
@Sobirjonov_Mehriddin
BY Mehriddin
Share with your friend now:
tgoop.com/Sobirjonov_Mehriddin/485