tgoop.com/Sojida_Karimova/1911
Last Update:
Ota-onalik siz yasholmagan bolalikni yashash uchun qayta imkoniyat. O'zingizdan kuchsiz, hali hayotni anglamagan, ham ruhiy, ham emotsional o'zini tushunmaydigan odamcha ustidan hokimlik qilib, baqirib, urish uchun emas.
Farzandli bo'lishdan avval yaxshilab o'ylang. Tayyormanmi? Uni boladek, xato qilib, o'rganadigan boladek qabul qila olamanmi?
Qizlar, oila quriboq, hamma "yangilik bormi" degani uchungina bola xohlamasdan, bola faqat chiroyli kiyintirib, rasmga olinadigan narsa emasligini his qilib, keyin farzand xohlang. Bu faqatgina 2 kishi hal qiladigan masala ekanligi avval SIZ tushuning va boshqalarga bu shaxsiy chegara ekanligini ayting.
Butun boshli bitta insonni tarbiyalash mas'uliyatini odamlarni gapiga bog'lamang...
BY Sojida Karimova
![](https://photo2.tgoop.com/u/cdn4.cdn-telegram.org/file/P8qyCg77a5V7GtobCUhc59BbXSp4N_JRMrwXPkdWuAzOhvma45I4oRzasSsII0h87mUATsiXJuU6M9z0cYnZAKhXNyBJGK1oha7th-LDWoTINNSyu8yQRWs5K4QezzQb8gDbfQohKG-hDUWI3heeSkAUiG64k1Z-3Bo6QoOLGDltlywxdpznsHYRH_j2YX9KK3Lqunzvl8GF-tOzDjp7zQSka3PDAmX23nnPHCGvK50-81AXe8YuZbVAQO9Mq1Mcw_0s9OgL_Ad4I5a0DTETen_6TE__T0GTZJSfKvmIGxU7y5dnHMsDTSJjfKP-T4QG-jM-ZmL_nedK9f-RZB70cA.jpg)
Share with your friend now:
tgoop.com/Sojida_Karimova/1911