tgoop.com/Sojida_Karimova/1964
Last Update:
Mendagi yana katta o'zgarishlardan bittasi, aaaanchagina kamgap, umuman hazil qilmaydigan, jiddiy insonga aylanganim bo'ldi 😌
Sinfdosh , kursdoshlarim biladi men doim ko'p gapirib, ko'p hazil qilib, birovlarni aybiniyam ochiq, hazil qilib aytardim yoshligimda. Keyin keyin aybini aytmaslikni boshladim. Gapirishdan avval o'ylay boshladim.
Hozir esa deyarli hazil qilmayman va mengayam hazil qilib bo'sayam ortiqcha gapirishsa hazm qilmayman. Aslida hamma hazilda haqiqat bo'ladi. Birovni aybini kulib aytish uni yengillashtirmaydi. Shuni tushundim va birovga keraksiz, shaxsiyatiga tegadigan hazil qilmayman, yaqin insonim bo'lsa ham.
Xulosa:
1. Ulg'ayish, vaqt o'tgan sari xarakter o'zgarishi normal. Buni qabul qilish kerak. Hayotimni hozirgi nuqtasida nisbatan kamgap, jiddiy bo'lishim normal. Keyinroq balkim yana o'zgararman.
2. Inson o'zini qadrlasa, boshqalarni ham qadrlaydi. O'zimni qanchalik xurmat qilib, birov menga hazil qilib ham ortiqcha gapirmasligi kerak deb chegaralarim aniqlashgach, birovlarni ham chegarasini xurmat qila boshladim.
3. Har doim ham kuliiiiib, xursaaaand yurgandek ko'ringan inson baxtli degani emas. Baxtli inson o'zini bosvolgan , qanaqadir xotirjamlik, qanaqadir sirli energiya taratadigan odam ham bo'lishi mumkin. Men doimo hazil qilib, kulib yurgan paytlarimda o'zimni baxtli his qilmasdim, ichimdagi og'riqlarni yopish uchunam ko'p kulardim balkim.
Hozir kamgap bo'lsam ham aaaanchagina xotirjam, shukr qilib, haqiqatda baxtli his qilaman❤️
Fikringiz???
@Sojida_Karimova
BY Sojida Karimova
Share with your friend now:
tgoop.com/Sojida_Karimova/1964