tgoop.com/Sojida_Karimova/1986
Last Update:
Assalomu alaykum Turtle English kursi jamoasiga Avvalo Allohga shukr shu kursda o'qib bizni bilimimizni rivojlantirishga sizlarni sababchi qilib qo'ygani uchun. Sojida ustozga katta minnatdorchilik bildiraman, el qatori kurs qilmay hammani o'ylab ham ishlaydigan ham bolalari borlarga uy ishlaridan ortib vazifa qilishimizga bizni ruhlantira olgani uchun. Bunday savol berilganida kurs haqida fikrlaringiz deganida to'g'risi qo'lib tegmagandi chunki ichimda juda ko'p gaplar bor edi kurs va uni tashkillashtirganlar haqida ko'pchilikni firklarini o'qib hursand bo'lganini ko'rganimdan keyin yanayam shu kurs haqida firkr yozishga oshiqib ketdim. Men shuncha payt o'zimga o'zim bahona to'qib dars qilgani vaqtim yo'q ishlayman, chaqalog'im bor uy ishlarim ko'p hatto mol qo'ylarim bor ularni qilib dars qilishga charchab qolaman deb o'zimni aldab yurgan ekanman. Avval boshdan Sojida ustozni kanallarini kuzatib rosa havas qilar edim ,mendan kichkina bo'lsa ham gap so'zlari menga motivatsiya berar edi va birorta kursida qatnashishni xohlardim. Bu kurs men uchun ayni muddao ekanligini bildim. Endi kurs haqida aytsam bu gaplarimni erinmasdan o'qiganlarga balki mubolag'adek tuyular lekin rostan ham har tomonlama o'ylangan puxta kurs deb ayta olaman. Vazifalar shunday jadval asosida tashkillashtirilganki hech bir kamchiligi yo'q men hech ham bergan pulimga afsuslanmayman aslida undan ancha qimmat bo'lsa ham arziydigan kurs bu. Assistant lar haqida umuman gap bo'lishi mummin emas. Chunki qilgan vazifalarimga jo'natgan feedback larini kechki soat 1,2 va undan kech ham tashlaydi (aslida u paytda jinni ham uxlaydida) mehnatlari halol topgan pullari halol juda tirishqoq qizlar ayniqsa VAZIRA qiz, qolganlarning ham assisstantlar haqidagi firki shunday menimcha. 19 kundan beri shu kursda o'qiyotgan bo'lsam ,bemalol ayta olaman, keyingi ochilayotgan yangi sonidan qolib ketmang albatta afsuslanasiz. Hayotingizda qilgan eng afzal qatorlardan bo'la oladi. Sojida ustoz bu postni kanalizga qo'yishingizni xohlagan bo'lardim, chunki menga o'xshagan ayrim dangasalar qish uyqusidan uyg'ongan bo'lardi degandim😊
BY Sojida Karimova
Share with your friend now:
tgoop.com/Sojida_Karimova/1986