tgoop.com/SozKimyosi/3770
Create:
Last Update:
Last Update:
Xavotir
Meni unuttirar ish qog‘ozlaring,
Uzoqlashtiradi qalam, daftarlar.
“Yodlaringdan o‘chib borayotirman”,
Yuragimda shunday xavfu xatarlar.
Laziz tuyg‘ulardan ayirsa agar,
Unutilib ketsa ishq ovozlari.
Bori tashvishlarga qiron kelsinu,
Yonib ketsin barcha ish qog‘ozlari…
Qisqa qo‘ng‘iroqlar… salom-aliklar,
Sovuq suhbatlarda umr o‘tsa gar.
Sochdan tirnoq qadar muzlab o‘tarman,
Ilohiy hislar-la sevmasang agar…
Azizim, muqaddas rishtalar haqqi,
Uyg‘ot yuragingni g‘aflat xobidan.
Iltimos, sevging-la qutqargil meni,
Unutilib ketish iztirobidan!
Guljamol Asqarova
@SozKimyosi
BY SOʻZ KIMYOSI

Share with your friend now:
tgoop.com/SozKimyosi/3770