Eshitish kerak, har bir odam eshitilishni istaydi, istaganini aytishni, ko‘nglini lang ochishni xohlaydi. Ammo, hamma ham eshita olmaydi, muammo ham shunda. Biz doim bizni eshita oladigan odamni izlaymiz, topdik, deymiz. Ammo qanchadir muddatdan so‘ng aslida siz aytishni istagan narsani emas, o‘zi eshitishni istagan narsani bizga gapirtiradigan odamga yo‘liqqanimizni tushunamiz. Ana o‘shanda xato ekanini anglaymiz. Ana o‘shanda yo‘lning qaysi tomonida ekanini tushunmaymiz. Va afsuski hayot bizga har doim ham qaytish uchun chipta beravermaydi. Chunki biz go‘zal manzaraga aldangancha qancha yo‘l bosganimizni anglamay qo‘yadigan yo‘lovchiga aylangan bo‘lamiz. Bosilgan yo‘l qanchalik uzoq bo‘lsa, ortga qaytish shunchalik mushkul. Yangi yo‘ldosh topish esa bir yo‘lni ikkinchi bor bosib o‘tish, demakdir. Biz esa bir ovqatimizni ikkinchi bor yegimiz kelmaganidek, bir yo‘lni ikkinchi bor bosib o‘tishga ham o‘zimizda ishtaha topa olmaymiz. Aynan shu esa hammasiga yakun yasaydi.
©️
©️
Real voqealarga asoslangan film. Bleyk bosh qahramon rolini oʻynamaganda jinoyatchi ayolga simpatiya uygʻonmasdi, balki. Ammo bu Lavliku, u ayyor jinoyatchini ham sevdira oladi. Bleyk mahorati sabab qahramon aqliga qoyil qolasiz, jinoyatchi boʻlsa-da jazolanishini istamaysiz.
Faqat Bleyk salbiy rolda oʻynab, ijobiy qahramon gʻalabasidan tomoshabinlarni xafa qila oladi.
Qayta-qayta koʻrishli film.
@SozKimyosi
Faqat Bleyk salbiy rolda oʻynab, ijobiy qahramon gʻalabasidan tomoshabinlarni xafa qila oladi.
Qayta-qayta koʻrishli film.
@SozKimyosi
Adabiyot til xodisasi boʻlsa, nemis adabiyotini Gyotesiz, ingliz adabiyotini Shekspirsiz tasavvur qilib boʻlmasa, oʻzbek adabiyoti Mirzakalon Joʻrayevsiz kemtik boʻlardi.
Oʻzbek tilida bu qadar yaxshi yozadigan ijodkor nosirlar kam. Juda kam.
“Majnun”ni oʻqib
@SozKimyosi
Oʻzbek tilida bu qadar yaxshi yozadigan ijodkor nosirlar kam. Juda kam.
“Majnun”ni oʻqib
@SozKimyosi
Murod Muhammad Doʻst bilan Rushdiy ijodini taqqoslayapman. Yoshlarida katta farq yoʻq. Mamlakatlar taqdiri oʻxshash, xalq umidi ham, balki. Shulardan xulosalab adiblar dardida uygʻunlik boʻlmagan deb boʻlmaydi.
Rushdiy nimalar yozdi?!
Murod Muhammad Doʻst nimalar yozdi?!
Ijodi qoʻlami ham, mazmuni ham farqli, ammo…
Rushdiy nimalar yozdi?!
Murod Muhammad Doʻst nimalar yozdi?!
Ijodi qoʻlami ham, mazmuni ham farqli, ammo…
Oʻzbekistondagi eng muhim loyiha 1000 kitob loyihasi aslida. Har bir tarjima kitob kelajakka qoʻyilgan bitta gʻisht. Ilm yoʻlidagi yoshlar uchun mustahkam pillapoya.
Millatni, jamiyatni, yakkalasak shaxsni ham ilm qutqaradi. Ilmdan boshqa najot yoʻq! Shu ma’noda, 1000 kitob loyihasi bir najotdek koʻrinadi.
Suhbat ham a’lo darajada. Bolalar zoʻr, ilmiga havas qilgulik. Ilm-fan, til, tarbiya haqida qaygʻuradigan insonlar kelajakka umid uygʻotadi. Millat bolalari boʻlsa shunday boʻlsin.
Loyiha ichidagi har bir inson kelajakka juda katta hissa qoʻshyapti.
https://youtu.be/atdM1foQgxo?si=6QOB-kT2UNjtf03S

YouTube
#8 1000KITOB podkast: Bu kitoblar ommaga tezroq yetib borsin
Podkastimizning ushbu sonida ekspertlarimiz biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Baxtiyor Sheraliyev hamda Germaniyaning Gyotingen universiteti doktoranti Izzat Sobitov mehmon bo'lishdi. Biz ular bilan loyiha, kitoblar, ilmiy ish qilish kabi mavzularda…
Yaxshilik jazosiz qolmaydi.
Nonkoʻr alal oqibat nonkoʻrligini qiladi.
Kun xulosasi
Nonkoʻr alal oqibat nonkoʻrligini qiladi.
Kun xulosasi
Аллоҳим!
Жисмларни касал қиладиган,
Қалбларга қайғу олиб кирадиган,
Эр-хотинни ажратиб юборадиган,
Гўдакларни етимга айлантирадиган,
Турмуш қуришни ортга сурадиган,
Одамни тирноққа зор этадиган
ҳар қандай сеҳр ва кўзнинг таъсирини чиппакка чиқар.
Парвардигорим!

Sizga qilingan tuhmatga javob qaytarib oʻtirmang. Vaqt oliy hakam, hammasini joy-joyiga qoʻyadi. Kun keladi yolgʻonlar, tuhmatlar fosh boʻladi. Qilmagan ishingiz uchun oʻzingizni oqlashga va shubha qilayotgan odamning ishonchini qozonishga majbur emassiz.
Unutmang, «Каждый судит о других в меру своей испорченности».
Har kim boshqalarni o‘z buzuqligi darajasida baholaydi.
https://www.tgoop.com/mehrnoz_abbos/265
Unutmang, «Каждый судит о других в меру своей испорченности».
Har kim boshqalarni o‘z buzuqligi darajasida baholaydi.
https://www.tgoop.com/mehrnoz_abbos/265
Telegram
zouᴉɹɥǝW
Shunaqa ekanmi? Bilmasam…
Ancha avval bir falsafiy rivoyat eshitgan edim. U vaqtda anglab-anglamay, shunchaki yaxshi hikmat ekan, deb o’tib ketgandim. Endi ma’nosini teran his qilyapman, ichimdan o’tkazyapman. Voqea bunday edi:
Bir qiz turmushga chiqmay…

Shayx Sha’roviy aytgan ajoyib duo:
Allohim, aqlimni uni bezovta qiladigan narsa bilan, qalbimni unga rahm qilmaydigan kimsa bilan, vaqtimni esa unga foyda bermaydigan ish bilan band qilib qo‘ymagin.
Parvardigorim, mening tarafimda bo‘lgin, men bilan bo‘lgin, meni O‘zing ila kuchli aylagin. Omin.
Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi

Yaxshi bo‘ldi, sendan ayrildim...
«Ortiq sig‘dirmadi meni
bu dargoh»
G. Otaboeva
Yaxshi bo‘ldi, sendan ayrildim,
Ketmog‘im chun topib berding yo‘l.
Bu dunyoda seni topdim deb,
Yo‘qotibman o‘zimni butkul.
Yaxshi bo‘ldi, yechildi bugun,
Oyog‘imdan bu zanjir, bu g‘ul.
Ikki dunyo seni shohim deb,
Qul qilibman, o‘zimni butkul.
Yaxshi bo‘ldi, yomon bo‘lsa ham,
Yuragimni ezsa ham darding.
Men aqlini topgan telbaday,
Poylaringdan boshim ko‘tardim.
Kechir, ozor berib mehrim-la,
Zeriktirdim, men sodda, men go‘l.
Bu dunyoda seni borsan deb,
Boshqalardan kechibman butkul.
Xudoyimning jazosi qutlug‘,
Sendan ketdim, ey qahrli gul.
Shukr, shukr seni yod etib,
Unutmabman Xudoni butkul.
Shuning chun ham omon bo‘l endi,
Men bariga silkib qo‘ydim, qo‘l.
Angladimki, seni yo‘qotsam,
Xudoyimni topaman butkul.
Endi xayr, endi alvido!
Bari ro‘yo, bari sarob, kul.
Dargohingga sig‘maganimday,
Yuragimga sig‘massan butkul.
Men mehrmand, telba go‘dakday,
Ko‘z yoshimga yomon toyrildim.
Yaxshi edi... seni topganim,
Yaxshi bo‘ldi... Sendan ayrildim.
Guljamol ASQAROVA
@SozKimyosi
«Ortiq sig‘dirmadi meni
bu dargoh»
G. Otaboeva
Yaxshi bo‘ldi, sendan ayrildim,
Ketmog‘im chun topib berding yo‘l.
Bu dunyoda seni topdim deb,
Yo‘qotibman o‘zimni butkul.
Yaxshi bo‘ldi, yechildi bugun,
Oyog‘imdan bu zanjir, bu g‘ul.
Ikki dunyo seni shohim deb,
Qul qilibman, o‘zimni butkul.
Yaxshi bo‘ldi, yomon bo‘lsa ham,
Yuragimni ezsa ham darding.
Men aqlini topgan telbaday,
Poylaringdan boshim ko‘tardim.
Kechir, ozor berib mehrim-la,
Zeriktirdim, men sodda, men go‘l.
Bu dunyoda seni borsan deb,
Boshqalardan kechibman butkul.
Xudoyimning jazosi qutlug‘,
Sendan ketdim, ey qahrli gul.
Shukr, shukr seni yod etib,
Unutmabman Xudoni butkul.
Shuning chun ham omon bo‘l endi,
Men bariga silkib qo‘ydim, qo‘l.
Angladimki, seni yo‘qotsam,
Xudoyimni topaman butkul.
Endi xayr, endi alvido!
Bari ro‘yo, bari sarob, kul.
Dargohingga sig‘maganimday,
Yuragimga sig‘massan butkul.
Men mehrmand, telba go‘dakday,
Ko‘z yoshimga yomon toyrildim.
Yaxshi edi... seni topganim,
Yaxshi bo‘ldi... Sendan ayrildim.
Guljamol ASQAROVA
@SozKimyosi
Forwarded from zouᴉɹɥǝW
Forwarded from SOʻZ KIMYOSI
“Мазахчи беозор қуш, уни ўлдириш гуноҳ”...
Мазахчи — маъсумият! Киши сўзи, лафзига ишонч маъсумияти; ҳақиқат, адолат борлигига ишонч маъсумияти; ишқ-муҳаббат, вафо мавжудлигига ишонч маъсумияти...
Ишонч — мазахчи, қалбимиздаги ишқ — мазахчи, адолат ҳисси — мазахчи... Ҳар бирини ўлдириш гуноҳ! Бироқ ҳар макон ва замоннинг ўз Боб Юэллари, Мэйеллалари бор, улар бор экан қалбимиздаги энг гўзал туйғулар - беозор ва маъсум мазахчи ўлдирилаверади!
(Тирик бўлса) Асра, мазахчини асра!..
Рэдли алвастига дўн...
www.tgoop.com/SozKimyosi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Laziz Hamidov jamoasi Navoiyga gʻazal oʻqitdi.
Kreativ video qoʻllanmalar tayyorlasa ham boʻlarkan.
Kreativ video qoʻllanmalar tayyorlasa ham boʻlarkan.
Salom azizlar! Qalaymiz? 🤗
Sizlarga gap bor…
Xullas, hamma narsa haqida yozgim kelyapti. Ammo @SozKimyosi adabiy kanal sifatida qola qolsin deyapman. Yozilishi kerak boʻlgan ancha kitoblar, she’rlar yigʻilib qolgan har holda.
Biroq adabiyotdan tashqaridagi fikrlarni ham yozishga ehtiyoj bor! Mashq qilishga, qaytadan fikr-xayollarni tizimli ifodalashga, uslub topishga. Balki ijtimoiylashuvgadir, yoki ochiq va erkin yoza olishga. Bari hali anglanmagan nimagadir bahona boʻlishi ham mumkin.
#qoralama nomi ostida kanal ochishni oʻyladim. Telegramdan izlasam, 3-4 ta kanal chiqdi.
Nima deysizlar, @SozKimyosi da yozaveramizmi, yoki boshqa kanal ochishga nom taklifingiz bormi?
Chindan aqlli fikr va maslahat kerak. Giperfaollikni koʻtara oladigan tarmoqmi Telegram hali ham? 😊