Telegram Web
Xavotir

Meni unuttirar ish qog‘ozlaring,
Uzoqlashtiradi qalam, daftarlar.
“Yodlaringdan o‘chib borayotirman”,
Yuragimda shunday xavfu xatarlar.

Laziz tuyg‘ulardan ayirsa agar,
Unutilib ketsa ishq ovozlari.
Bori tashvishlarga qiron kelsinu,
Yonib ketsin barcha ish qog‘ozlari…

Qisqa qo‘ng‘iroqlar… salom-aliklar,
Sovuq suhbatlarda umr o‘tsa gar.
Sochdan tirnoq qadar muzlab o‘tarman,
Ilohiy hislar-la sevmasang agar…

Azizim, muqaddas rishtalar haqqi,
Uyg‘ot yuragingni g‘aflat xobidan.
Iltimos, sevging-la qutqargil meni,
Unutilib ketish iztirobidan!

Guljamol Asqarova

@SozKimyosi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Istasang ket!
Hammasi tamom!
Afsuslarga qolmasin o‘rin.
Qayta umr bergandek Xudo,
Ishqsiz...
Mensiz yashashga urin.

Istasang kel!
Qalbimning tanho
sohibiga aylan, batamom.
Qayta umr bermaydi Xudo...
yo kel yo ket, yakuniy qaror!
Arosatda turma hech qachon...


@SozKimyosi
Ko‘nglim qoldi sendan.
Qoldi.
O‘tib ketaver.
Yoxud orqaga qayt –
Baribir qoldi:
Avtobusdan tushib qolgan yoʻlovchiday qoldi.

Juda g‘ussalidir qolgan ko‘ngil:
Hamma narsani biladi u,
Hamma narsani anglaydi –
Hatto
Vaqtida qolish shartligin ham fahmlagan...

Xullas,
Ko‘nglim qoldi!

Qaytib kelsang,
Topolmaysan uni.
Ikkalamiz izlasak ham topolmaymiz:
U – yalang bir ruh,
Qaro yer qaʼriga cho‘kkan,
Yo falakka uchgandir –
Yulduz bo‘lgani...
Xullas,
Ko‘nglim yo'q.

Sen nechun yig‘layapsan?
Axir, KO‘NGILSIZ QOLGAN
MENMAN, AZIZIM!..

Usmon AZIM

@SozKimyosi
Tunlarga bor,
Bo‘ronlarga bor,
Ko‘rsatmagil tomchi yoshingni.
Ular shunday – tig‘ urib, keyin
Silamoqchi bo‘lar boshingni!
Tog‘larga chiq,
buloqlarga chiq,
Qara, qanday yashaydi mag‘rur!
Ich-ichidan yig‘lab tursa ham,
Hovuchida porlab turar Nur!..

Zebo MIRZO


@SozKimyosi
Ishonchning badali!..

@SozKimyosi
Ey tun, saharim bor sendan ayrilsam,
Shamsu mehvarim bor sendan ayrilsam.

Yuzing oq, qilmishing bunchalar qora,
Ey do‘st, zafarim bor, sendan ayrilsam.

Kunlarim kunlarga urib sindirding,
Zeru zabarim bor sendan ayrilsam.

G‘amning butasida, gullatding ko‘nglim,
Nedan xatarim bor sendan ayrilsam.

Nigohingni yirtsam zaqqum ko‘rindi,
Haqdan nazarim bor sendan ayrilsam.

Kulgan quyoshimni yig‘latding fosiq,
Nurdan xabarim bor sendan ayrilsam.

«Mensiz tuproqsan», — deb qo‘rqitma hayot,
UNGA safarim bor sendan ayrilsam.

Halima AHMAD


@SozKimyosi
IZTIROB

Nima bo‘pti, eslamasangiz,
Nima bo‘pti, qarab qo‘ymasam?
Dilingizda tosharmidi his,
Siz deb kuysam,
yoki kuymasam?
Menga la’nat bo‘lgan bu ishqdan
Yonib ketsa hayotim beiz,
Butun umr sevib o‘tsam-u,
Bir lahza  ham
                          sevolmasangiz...
Nima bo‘pti, men sizning emas,
Sevgingizning bo‘lsam tutquni?
Sevib o‘tsam,
Sevib o‘psam mast,
Xayolimda saqlab men uni?
Kipriklarim yumsam,
U hozir
Huzurimda bo‘ladi paydo:
Mana, titroq  qo‘llarim suzar
Uning toshqin sochlari aro!
Men sevgan U – judayam yorug‘!
Men sevgan U – mag‘rur va halol!
Suyanaman yelkalariga
Tongni quchgan atirgul misol!
U – mening mard,
tengsiz Qirolim,
Men u bilan Hur malikaman,
Baxt yaratib har nafasidan,
Osmonlarga yulduz ekaman!
...Yuragimni yengaman demang,
Yuragimda garchand faqat Siz!
Bilsangiz...
                  Men juda baxtliman!
Nima bo‘pti...
Bilolmasangiz!
Ko‘nglingizni bo‘laklab bering,
Qushchalarga yediring, mayli.
Siz sevgimga qilmangiz shafqat,
Baxtsiz o‘tgan baxti tufayli!
Qo‘l silatamang...
                              kulmang...
                                           achinmang...
Achinaman men sizga ko‘proq.
Sevilgan-u, buyuk ishq bilan,
Sevilganin  bilmagan  biroq!..

Zebo MIRZO

@SozKimyosi
Aytmasalar, soʻrama. Chaqirmasalar, borma. Kechroq chaqirsalar, rad et. Chunki sen ular uchun avval-boshdanoq zaxiradagi odamsan. Bu hayotda boʻlsang, asosiy guruhda boʻl. Boʻlmasa, oʻsha guruhda boʻlmay qoʻya qol.

Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi

@SozKimyosi
Baxt - barcha goʻzallikning siri. Baxtsiz goʻzallik boʻlmaydi.

Christian Dior


@SozKimyosi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sohildan ayrilishni istamasang, dengizga yeta olmaysan!..

@SozKimyosi
«Мы за всё платим. Где-то деньгами. Где-то душой»


Eva Mayer


@SozKimyosi
«Asl yoring bo‘lsa-yo…» deysan,
Nahot dilda shubhang bor bo‘lgan?
Oyoqlaring ostidagi kuz
Bir vaqtlar gulbahor bo‘lgan…

Oy to‘lmasdan oldinlar - Hilol,
Boshimizda bir qilichmisol,
Har nayzasi yurakka zavol,
Har chambari ulkan dor bo‘lgan!

Qoyalarning toshvaroqlari -
Ochilmagan gul yaproqlari;
Labga bosib dil titroqlarin,
Senu mendek baxtiyor bo‘lgan!

Yuragimdan so‘rab ko‘r, Osmon,
Bir kunimga yarab ko‘r, Osmon,
Qo‘llarimga qarab ko‘r, Osmon,
Ular qanday Ishqqa zor bo‘lgan!..

Sen ham mendek baxtiqaromi,
Umring yeru osmon aromi?
Ey ko‘ngli to‘q, ey yo‘q oromi,
Axir har vaqt ixtiyor bo‘lgan!

Dilga soldim gulgun shafaqni,
Yerga urma oltin qadahni,
Topolmay so‘ng bunday farahni,
Dema: «Ishq yo‘q!»
Sevgi bor,
bo‘lgan!

Ko‘zlarimning mavjlarida oq,
Ko‘nglimdagi Farishtaga boq,
Men-ku
sendan kutmasman, biroq
U qanchalar intizor bo‘lgan!

Bilging keldi,
axir, nimani?
Umr olib ketgan kemani…
Taqdir - nima?
Taqdir - bema’ni;
Neki - asl, asli xor bo‘lgan!..

Ta’na toshin otmay turib ham,
Bol ta’mini totmay turib ham,
Ko‘ksing uzra botmay turib ham,
Bir Hur senga asl Yor bo‘lgan!

Seni sevib gunohkor bo‘lgan!..


…Asl yoring bo‘lsa-yo… deysan…


Zebo MIRZO

@SozKimyosi
Qanchalik halol boʻlmang, yolgʻonni doʻndiradiganga ishonishadi…

@SozKimyosi
Rene Magritt qalamiga mansub “Sevishganlar” va “Sevishganlar I” asarlarining ikki xil talqini mavjud.

Bir tomondan, ular “ko‘r-ko‘rona sadoqat”ni ifodalayotganga o‘xshaydi - sherigining kim bo‘lib chiqishini bilmasdan turib uning hayoti majburiyatini olish hamda ishonish. Bu odamlar sevib qolganlaridagi e’tiqod sakrashidir.

Ikkinchisi esa Magrittning shaxsiy hayotiga ko‘proq bog‘liq va ancha fojialiroq. Magritt ijodida xira yuzlar, ayniqsa mato bilan o‘ralgan yuzlar mavzusi izchil ravishda uchraydi.

San’atkor atigi 14 yoshda bo‘lganida, onasi Belgiyadagi Sambre daryosiga o‘zini tashlab, hayotiga nuqta qo‘ygan. Aytishlaricha, u onasining jasadini daryodan chiqarishayotganida yuziga tungi ko‘ylak o‘ralgan holda ko‘rgan ekan.

Ko‘pchilik tanqidchilar Magritt asarlarining aksariyati zamirida aynan shu ruhiy jarohat - travma yotadi, deb hisoblashadi. Biroq uning o‘zi bu talqinni qat’iyan rad etib, ijodi sir-sinoatga to‘la bo‘lsa-da, pirovardida hech qanday ma’noga ega emasligini ta’kidlagan.

@SozKimyosi
Sevgimiz o‘ldimi? — libosingiz ko‘k,
Ko‘nglingiz — begulxan, ko‘zingiz — becho‘g‘.
Bizdan borish yo‘qdir, sizdan — kelish yo‘q
Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim,
Nega ko‘zlaringiz benam, azizim.

Oʻt yetdi — qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqda sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni — bebaxtlarimni —
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim —

Chunki tunga aytar rost “oh”ingiz yo‘q,
Falakda kezgani sha’n rohingiz yo‘q,
Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo‘q —
Boqaman: nigohim — gumon, azizim,
Yo‘llaring tumandir, tuman, azizim.

Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarigʻida — yurak uchadir,
So‘ngaklar uchadir, suyak uchadir —
Bu to‘fon — xazonlig‘ menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.

Ammo siz sarg‘aymang — gulli bog‘ bo‘ling,
Yam-yashil ko‘karing, mudom sog‘ bo‘ling,
Bahorning bag‘rida beadog‘ bo‘ling —
Axir, qarg‘aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig‘mas, azizim..

Usmon AZIM


@SozKimyosi
“Ey insonlar, odamlardan yomon gumon qilishdan ehtiyot boʻlinglar. Inson oʻzining ba’zi badgumoni bilan gunohkor boʻlur” 

(Hujurot surasi, 12-oyat).
Chala haqiqat yolgʻondan xavfli; chala haqiqatga qaraganda yolgʻonni ajratish oson, chala haqiqat esa sezdirmaslik uchun ikki hissa pishiqroq niqob kiyib oladi.

@SozKimyosi
Одни выбились в люди, другие - остались людьми...
Грань тонкая, но ощутимая.

@SozKimyosi
2025/02/25 14:12:22
Back to Top
HTML Embed Code: