Telegram Web
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Omon Matjon. Ajdar quduq (doston)

Izoh
: Asar qahramoni g‘iybatchi kampir. Uning g‘iybatidan na qassob, na baxshi, na domla va na hokim qochib qutila oldi. Hattoki ajdardek kuchli va qoʻrqinchli maxluq ham kampirning gʻiybatlariga chiday olmay oʻzi qoʻnim topgan quduqni tashlab qochdi. Kampirning gʻiybatlari nega hammaning jon-jonidan oʻtdi ekan?! Eshitib, bilib olishingiz uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Omon-Matjon-Ajdar-quduq-doston

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/VZnTEo5Qo-0

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Tushunishdan iboratsan: gul tushunsang guliston bo’lasan, tikan tushunsang tikanak bo’lasan!
Zebo MIRZO

Endi kech,
Ufqida tunlar yigʻlaydir,
Xazon yoʻllariga tutash yoʻlimning.
Endi kech...
Yulduzlar “Oh”lar urgaydir,
Qanoti kuyadi hur xayolimning...

Endi kech -
koʻzimning olgun shabnami
Labingda titramas... titramas...
Bildim, evoh, bildim,
eh, nega bildim,
Senga taskin kerak...
Men emas!

Endi kech...
Men - gʻayri, shunchaki gʻayri,
Ketdim. Xoʻsh qol, moviy tunlar faslida.
Ishq - karamning osiy bandaga xayri,
Ishq bu - dorga oʻzni osmoq, aslida!

Endi kech,
Bilarsan, meningday purgʻam,
Uzun umring uchun behuda va hech.
Kechangdan kechmassan,
Xayolingdan ham,
Azobing, gunohing -
Mendan
Endi kech!
Endi, kech...
Endi kech...
Endi kech...

@SozKimyosi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzimini qanday aldaymiz?!

Buyumlar, ust-bosh, zebu-ziynat, mashina, uy… yashirin boʻshliqni toʻldiradimi?

Qoʻlimizdagi imkon, iste’mol qilayotgan mahsulotlarimiz tashvish, qoʻrquv va yolgʻizligimizni toʻldiradigan narsalarmi?

Aslida, oddiy va baxtli hayot inson foydasiga ishlaydi.

@SozKimyosi
Ura, endi menda ham “Majnun” bor! Anchadan buyon izlab topa olmayotgandim.

Matnazar Abdulhakimchasiga:
“Men “Majnun” vasliga ming dardda yetdim…”
Bir bor koʻrdim seni
Endi qay koʻzguga boqsam, sen borsan.

Ma’suma Sobir

@SozKimyosi
TARJIMAI HOL

Ko‘rinmasdim har kim-har kimga,
Men – saharlar ufurgan nafas.
Gardsizligim, tozaligimga
Cheksizliklar qilardi havas.

Bir tong nogoh bo‘ldim men shabnam,
So‘ng bulutga, yomg‘irga do‘ndim.
Maysalarga aylandim kam-kam,
Tuproq bo‘lish dardiga ko‘ndim.

Ming yilliklar turkum va turkum
Qorildilar zulmat, ziyoga.
Saodatli qandaydir bir kun
Daraxt bo‘lib keldim dunyoga.

Hayot bir yoʻl – so‘ngsiz, betimsol,
Ming tirilib, ming o‘lib chopdim.

Nasib bo‘ldi noyob bir visol,
Jonzot bo‘lib tavallud topdim.

Qanoatlar, toqat, sabrlar
G‘ildiragi aylandi gir-gir.
Kechdi necha tuman davrlar,
Inson bo‘lib tug‘ildim axir.

Endigina orom topib jon,
Yetdi desam tolega xush gal,
Har to‘kisda – necha ming nuqson,
Har to‘kisda – necha ming ishkal.


Zulmat to‘ydi, yutib ziyoni,
Zulmatlarga ziyo ham to‘ydi.
Diydoriga to‘ydim dunyoning,
Diydorimga dunyo ham to‘ydi.


Qo‘ying, so‘ylab bo‘lmay men nolon,
Siz ham tinglab bo‘lmangiz halak.
Shu o‘zingiz bilgan to‘polon,
Shu o‘zingiz bilgan charxpalak.

Nomard bo‘lay agar nolisam,
Boshqa tirilmayman, o‘lmayman.
Bir qutulsam, bir ketib olsam,
Dunyoga men boshqa kelmayman.


Matnazar ABDULHAKIM

www.tgoop.com/SozKimyosi
YURAKKA

O‘zi yaratdiyu seni tabiat,
Lekin tinchimadi sen yaralgandan.
Bu tor siyna ichra bandisan abad,
Tabiatning senga rashki kelgandan.

Balli! Asirlikda kechgach umring ham
Hikmatlar tikloldi fazodan yuksak.
Sig‘dirolmas edi ko‘ksiga olam,
Ozod o‘ylaringni bir-bir sanasak.

Qanday moʻjizalar ko‘rardi bashar,
Beqafas yaralgan bo‘lsayding agar.

Omon MATJON

@SozKimyosi
“Bir narsa ikki marta hech qachon qaytarilmaydi…”

“Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib bo‘lmaydi…”

Ernest Xeminguey


@SozKimyosi
Avvaliga koʻp yozardim. Bora-bora oʻzimga talabim ortdi. Qiziqroq uslub izlashga tushdim, yozganlarimdan qoniqmaslik hissi ortib bordi. Oqibat yozmay qoʻydim…

Biror nima oʻqiganda ham uslubga qarardim. Matn shunday boʻlishi kerakki, oʻqimaydigan odamni ham ipsiz bogʻlasin, derdim oʻzimga. Shunday talab bilan oʻqiydigan odamlarim ham sanogʻli qoldi.)

Buni qarangki, Asaxiy booksdan kerakli kitob kelib qoldi. Bu kitob izlaganimni topishimga yordam berishiga ishonyapman va, albatta, mashqlarni ham boshlashga yordamchi.

Yozishni istaydigan, dunyoga aytar gapi bor hamma uchun…
Oʻqimay turib, mundarijaga qarab tavsiya qilishga arzirkan dedim. Iqtiboslar kuting.

Kitob tarjimasi va nashri uchun jamoaga rahmat!

@SozKimyosi
“Uliss” - adabiy inqilob yasagan roman, inson tafakkurining cheksiz imkoniyatlarini aks ettiruvchi oʻziga xos badiiy labirint. Undagi har bir jumlada insoniyat tarixi qayta yozilgan.

~~~~

Tarixning ogʻir yukidan qochishga urinayotgan insonning ichki kurashi:

"History, Stephen said, is a nightmare from which I am trying to awake."

Chamamda, oʻzbekning chin ziyolisi qalbidagi dard


@SozKimyosi
Yolgʻizlik – bu jimjitlikdagi ovoz, uning ichida oʻzingni topasan yoki yoʻqotasan.

@SozKimyosi
Seni
koʻrmoq uchun
telbavor yuribman
koʻngil taraflarda.

Yoʻllaringga
qarab
qovjirab turibman
koʻngil taraflarda.

Tosh dunyolaringdan
sen qachon kelasan
koʻngil taraflarga?

Koʻngilsizim,
hech ishing tushmaydimi
koʻngil taraflarga?


Usmon AZIM

@SozKimyosi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xazon va men — kuzda yongan,
So‘zda yongan — bir o‘zim…
Bir o‘zimmi g‘amda qolgan,
Nechun yig‘laysan, ko‘zim?

Bir o‘zimmi — koinotning
Shivirini sheʼr etgan?
Bir o‘zimmi — bu hayotni
To‘rt satrga teng etgan?

Yor ne dedi? Yov ne dedi?
Birodarlar ne dedi?
Bu dunyoda o‘zim kabi
Bir kimsa bo‘lsa edi…


Usmon AZIM

@SozKimyosi
2025/02/25 17:46:52
Back to Top
HTML Embed Code: