tgoop.com/TalabaUz/12077
Last Update:
Piter Pen – Azroilmi?
Piter Pen haqidagi bolalar ertagi hamma o‘ylaganidek oddiy emas. Eslatib o‘taman, bu ertakda bolalar katta bo‘lishni istashmaydi, uchishni o‘rganib, Neverlendga ketishadi. Uchishni Piter Pen va kichik qanotli feya o‘rgatadi. Ertak yakunida ular yana uyga qaytadilar, o‘zlari bilan boshqa bolalarni ham olib keladilar. Ular katta oila bo‘lib yashashadi…
Yoshligimda bu haqda chuqur o‘ylamagan edim, lekin hozirgi dunyodagi siyosiy vaziyat ertakka boshqacha qarashga majbur qildi.
Bu bolalar ulg‘ayishni istamaganining sababi urush bo‘lsachi? Balki ular urushga borgisi kelmagandir? Ertak tarixini o‘rgandim, kitob Birinchi jahon urushiga 3 yil qolganida yozilgan ekan. O‘sha paytda vaziyat ancha taranglashgan edi…
Uchishni o‘rganishlari esa – ular urushda halok bo‘lganini anglatadi. Bu haqda ham izlandim. Muallifning ukasi 13 yoshida vafot etgan va uning onasi: “Ukang endi hech qachon ulg‘aymaydi, u abadiy yosh bo‘lib qoladi”, — degan ekan. Bu narsa Jeyms Barriga qattiq ta’sir qilgan.
Ular uchratgan yo‘qolgan bolalar esa – urushda halok bo‘lgan bolalardir.
Nega bolalar keyinchalik ota-onalari bilan yana uchrashishdi? Chunki bu vaqtga kelib ota-onalari ham vafot etgan edi.
Piter Penning asosiy vazifasi – odamlar dunyosidan bolalarni Neverlendga olib kelish edi.
Ha, bu interpretatsiyada ertak tragediya tusini olmoqda. Bolalarni Neverlendga olib boruvchi Piter Pen agar o‘lim farishtasi bo‘lsa, u holda puflab uchishni o‘rgatgan qanotli feya qaysi farishta? Neverlend – qayer?
https://www.tgoop.com/+D8upafGDfsdiNGNi