Telegram Web
⚡️Toshkentda 2025 yil 1 yanvardan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to'xtatiladi

Naqd pul orqali avtobuslarda harakatlanish uchun Toshkent shahridagi bekatlarda va ular yaqinida o'rnatilgan barcha to'lov qurilmalari ya'ni, Paynet, MultiPay va Oson infokioskalari orqali bir martalik chipta xarid qilish kerak bo'ladi.

🎓 @Talim_huquqi
#Chegirma
 
⚡️Talabalar uchun Uzbekistan Airways 50 foizgacha chegirma e'lon qildi.

⚡️Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50% gacha chegirma e’lon qiladi.  
 
❗️Chegirma davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot www.uzairways.com saytida.  
  
Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Talabalar uchun poezd chiptalariga ham 50 foizlik chegirma e'lon qilindi

Respublika oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta'til mobaynida mahalliy yo'nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar e'lon qilindi.

Barcha mahalliy yo'nalishdagi yo'lovchi poezdlarining temir yo'l hujjatining to'liq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdlaridan tashqari) 2024 yil 23 dekabrdan 2025 yil 10 yanvarga qadar amal qiladi.

Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yo'l kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️2025 yilda darsliklar ijarasi uchun ota-onalardan to'lov olinmaydi

2025 yil uchun davlat byudjeti doirasida ko'zda tutilgan mablag'lar yangi o'quv yilida o'quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta'minlash bo'yicha ehtiyojni to'liq qoplash imkonini beradi.

Manba: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Maktablarda qishki taʼtil kunlari 29-dekabrdan 11-yanvarga qadar davom etadi

Bunda maktablarda 2025-yil 11-yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024-yil 28-dekabr (shanba) kuniga oʻtkaziladi hamda oʻquv yilining 3-choragi 2025-yil 13-yanvar — dushanbadan boshlanadi.

🎓 @Talim_huquqi
464-буйруқ. А.Холиқов.pdf
24.1 MB
#Bakalavr

⚡️Prezident hamda nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari ro‘yhati.

🎓 @Talim_huquqi
#Qishki_perevod

Qishki perevod uchun qabul jarayonlari qachon boshlanadi?

Qishki perevod uchun ariza topshirish jarayonlari har yili 20-dekabr sanasidan keyingi yilning 20-yanvariga qadar bir oy davom etadi;

o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25-yanvardan 15-fevralga qadar amalga oshiriladi.

❗️Keyingi postimiz qishki perevodda qaysi uzrli sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish haqida. Bugun 13:00 da e'lon qilinadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-sonli qarori

🎓 @Talim_huquqi
#Qishki_perevod

Qishki perevodda qaysi uzrli sabablarga ko'ra o'qishni ko'chirish mumkin?

🇺🇿Prezidentning 279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish quyidagi uzrli sabablarga koʻra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin:

Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun;
davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

❗️Qanday hujjatlar kerak ekanini bugun soat 18:00 da e'lon qilamiz.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishki_perevod

Perevod uchun hududiy ishchi guruhlarga qanday hujjatlar taqdim etiladi?

👉 oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
👉 talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
👉 pasport nusxasi;
👉 yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Hududiy ishchi guruhlar ro‘yhati vazirlik tomonidan e'lon qilingach kanalda ma'lum qilamiz.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalarni to‘lov-kontrakt summasini bir qismi to‘lab beriladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2339

⚡️Yoshlarga olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashi uchun subsidiya ajratiladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2340

⚡️Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlari qoplab beriladi
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2342

⚡️Ayrim yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari bir qismi qoplab beriladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2318

⚡️Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratiladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2321

Yoshlar daftariga kimlar kiritiladi?
Javob: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2337

Yoshlar daftariga kirish uchun kimga murojaat qilish kerak?
Javob: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2338

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Kontraktni toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bаzаviу va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiуmatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024-yil 31-dekabri (shu kuni hаm) etib belgilandi:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiу o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta'lim muassasalarini tаmomlаgаn yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

❗️Eslatma: Bu 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Qoraqalpog'iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi.

“Qoraqalpog'iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-453-son, 24.12.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, quyidagilar tashkil etiladi:

🔹yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan Qoraqalpog'iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi;

🔹Akademiya tarkibida ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o'quv-simulyatsion markaz va mehmonxona.

🏢 Nukus shahrida joylashgan davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari Akademiyaning klinik bazasi hisoblanadi.

📜 Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan:

▪️tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

▪️tashxislash va davolashning yuqori texnologiyali innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish;

▪️telemeditsina texnologiyalaridan keng foydalanish uchun sharoitlar yaratish.

🗓 2025/2026-o'quv yilidan Akademiyada klinik ordinaturada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash yo'lga qo'yiladi.

📌 2025-yil 1-oktabrdan Akademiya faoliyati to'liq yo'lga qo'yiladi.

🎓 @Talim_huquqi
3735_Тоифа_татбиқ_этилиши_тўлдирилган+боғча.pdf
450.1 KB
⚡️Pedagog xodimlarning malaka toifalari qaysi fan(lar)ga tatbiq etilishi mumkinligi haqida maʼlumot berildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 17.12.2024-yildagi 03-14-3735-sonli xati bilan “Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning olgan malaka toifalari fanlar kesimida tatbiq etilishi boʻyicha” MAʼLUMOT taqdim etildi.

🗂 Xat va unga ilovalar bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga bolalar soniga qarab 10 foizdan 50 foizgacha ustama beriladi.

Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bir nafar bola uchun lavozim maoshining 10 foizi, ikki nafar bola uchun lavozim maoshining 20 foizi, uch nafar bola uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida, ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilar va maxsus pedagoglarga lavozim maoshining 40 foizi miqdorida belgilanadi.

❗️Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari va maxsus pedogoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.

Asos: https://lex.uz/docs/-5679836

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Maktab direktori va o'rinbosarining oylik ish haqi 2 barobarga oshiriladi.

2025-2026 o'quv yilidan boshlab maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari direktorlari, maktab direktori o'rinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshiriladi.

Shuningdek, 2026 yildan boshlab maktab direktorlari va ularning o'rinbosarlariga faoliyat samaradorligi natijalariga ko'ra qo'shimcha ustamalar joriy etilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama hamda boshqa qo'shimcha to'lovlar to'lanishi yo'lga qo'yiladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining ta'kidlashicha, maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizgacha oshiriladi. Agar ular “Direktorlar maktabidan” o'tsa, oylik maoshlari yana 50 foizga oshirilishi hisobiga ularning maoshini ikki barobar oshirishga erishiladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilariga har oy 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️2025 yil 1 yanvardan boshlab davlat bog'chalari to'lovi yangi narxlari belgilandi

🎓 @Talim_huquqi
Talaba va o‘quvchilar uchun o'quv jarayonlari qachondan boshlanadi?

OTM talabalari, kollej, litsey va texnikum o'quvchilari uchun 8-yanvardan, maktab o'quvchilari uchun 13-yanvardan o'quv jarayonlari boshlanadi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/01/08 05:06:08
Back to Top
HTML Embed Code: