Telegram Web
#Bilasizmi | #kontrakt | #imtiyoz

⚡️Davlat professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining bir qismi to‘lab beriladi.

🇺🇿 Respublikamizdagi professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarida (davlat, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

☝️Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan (18.750.000) oshmagan miqdorda to'lab beriladi.

❗️Ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga to'lab berilmaydi.

📑 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qarori.
🌐 Havola: https://lex.uz/uz/docs/-6051791

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰14🎉13👍1211🔥11👏8
#Diqqat_tanlov

⚡️ Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'mlik tanlov

🇺🇿 "Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni" o'tkaziladi

📝 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

🔰 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:
1-o'rin 20 mln so'm;
2-o'rin 12 mln so'm;
3-o'rin 8 mln so'm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥12🥰12👏7🎉76
#Bilasizmi

⚡️Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratiladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratiladi.

❗️Bunda er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi, mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar bilan ta’minlanmagan, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan hamda har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishi talab etiladi.

📑 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi 312-son qarori.
🌐 Havola:
https://lex.uz/uz/docs/-6051791


🎓 @Talim_huquqi
4🎉4👍3🥰3👏2🔥1
Haqiqatdan ham atestatsiya savollari qiyinmi?

Atestatsiyada qatnashgan o‘qtuvchilar izohlarda yoki @Talim_huquqibot ga fikringizni yozib qoldiring.

🎓 @Talim_huquqi
👍167🎉7👏6🔥4🥰2
⚡️Til sertifikati yo‘q abituriyentlar ba’zi yo‘nalishlarga hujjat topshira olmaydi.

2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.


Bu nima degani?

Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,1 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

🎓 @Talim_huquqi
👏8🔥75👍5🥰4🎉3
#Bilasizmi

⚡️Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga 50 foiz ko‘proq stipendiya beriladi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat bog'chalari va maktablarga navbatga qo'yilmasdan joylashtiriladi.

💰Shuningdek ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda o'qiyotganda har o'quv yilida 1 marotaba o'quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 875 ming so'm) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar o'qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to'lanadi.

Asos: https://lex.uz/docs/-5569689

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥3🎉2👏1
⚡️2025-yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilindi.

🎓 @Talim_huquqi
👍145🔥5🥰5👏5🎉4😎1
344-sonli qaror @Talim_Huquqi.pdf
180.5 KB
#Talabalarga

⚡️Talabalarga akademik ta'til berish to'g'risidagi nizom.

Keyingi postlarda ushbu qarorni qisqacha izohini joylaymiz.

🎓 @Talim_huquqi
Forwarded from Imtiyoz.uz
⚡️Nodavlat bog’cha va maktablar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat bog’cha va maktablar barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi, ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar esa daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

⬇️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan xorijiy pedagog mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;

davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

🖥 Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlarining Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):

zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

🇺🇿 @imtiyozuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Talabalarga

⚡️Talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda beriladi.

Harbiy xizmatni o‘tash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tug‘ish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.

❗️Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga;
salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi o‘quv yiliga qadra yoki bir simestr uchun beriladi.


☝️Talabaga akademik ta’til berilishi uni OTMdan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasinimg 344-sonli qarori.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Budjet_P_25_uz.pdf
1.2 MB
⚡️2025-yilda 12 ta OTM tugatilishi yoki birlashtirilishi rejalashtirilgan.

2025-yilga mo‘ljallangan byudjet loyihasiga ko‘ra, hozirgi 129 ta oliy ta’lim muassasasidan 2025 yilda 117 tasi faoliyatini davom ettiradi. Qolgan 12 ta OTM esa tugatilishi yoki birlashtirilishi rejalashtirilgan.

2025/2026 o‘quv yili uchun bakalavriatga 36 579 ta, magistraturaga esa 10 000 ta davlat granti ajratiladi.

❗️Ma'lumotlar yuqoridagi fayilni 22 va 23 betlarida keltirilgan.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️Andijon davlat texnika instituti tashkil etildi

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-396-son, 18.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.

Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, toʻqimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar tayyorlash Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.


2025/2026-oʻquv yilidan boshlab:

energetika muhandisligi, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshiriladi;
talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichi va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi;
bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda oʻtkazish belgilandi.
Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Institutda davom ettiradi.

Bitiruvchi kurs talabalariga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Institut diplomi beriladi.

❗️Avvalroq 2025-yilda 12 ta OTM tugatilishi yoki birlashtirilishi haqida yozgan edik. Batafsil...

🎓 @Talim_huquqi
3👍3
#bilasizmi

⚡️Yo‘qolgan maktab shahodatnomasi dublikatini elektron shaklda olsa bo‘ladi.

Turli sabablarga ko‘ra yo‘qolgan, buzilgan, yaroqsiz holga kelgan shahodatnomalar o‘rniga dublikatni 5 kunda olish mumkin.

🖥 Buning uchun shahodatnomasi yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan, buzilgan fuqarolar dublikatni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza beradi.

🏫 Ariza avtomatik tarzda portal orqali tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga ular orqali ta’lim tashkilotlariga yuboriladi.

📤 Ta’lim tashkilotlari arxiv hujjatlari asosida dublikat berish (yoki rad etish) bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga yuboradi.

🗂 Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari QR-kod qo‘yilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni shakllantiradi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda yuboradi.

📬 Fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat natijasini avtomatik tarzda tizimda BEPUL yuklab oladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
⚡️Huquqni muhofaza qilish akademiyasi sovrin jamg‘armasi 45 mln so‘m bo‘lgan tanlov e'lon qildi

Tanlov energiya resurslaridan foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sohada samarali nazoratni tashkil etishda innovatsion yondashuvlar boʻyicha o‘tkaziladi.

Tanlovda kimlar qatnasha oladi?

🔹sohadagi amaliyotchi mutaxassislar;
🔹barcha OTM va ilmiy tadqiqot muassasalarining xodimlari (Akademiya xodimlari bundan mustasno);
🔹tadqiqotchilar va talabalar.

💰Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-oʻrin: 20 mln soʻm;
🥈2-oʻrin: 15 mln soʻm;
🥉3-oʻrin: 10 mln soʻm.

Tanlov shartlari:

tanlov mavzusi doirasida hajmi 3-5 betdan oshmagan ilmiy-amaliy tahlillarga asoslangan takliflar tayyorlash;
amaliyotdagi muammo va huquqbuzarliklarni misollar yordamida tahlil qilish;
huquqbuzarliklar shakllari va koʻrinishlarini bayon qilish hamda ularning oldini olish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash;
takliflarni tayyorlashda ilgʻor xorijiy tajribaga asoslanish.

📩 Tahlil va takliflarni 10-dekabrga qadar Akademiyaning [email protected] elektron pochtasiga (Word yoki PDF formatda) yuborish talab etiladi.

Ishtirokchilarning takliflari Akademiya tomonidan baholanadi va natijalar 10 ish kuni ichida eʼlon qilinadi.

🎓 @Talim_huquqi
#Bilasizmi | #Talabalarga

⚡️1-bosqich talabalari faqat 1 yillik grant bilan talabalikga tavsiya etilgan
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3888

⚡️Davlat professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining bir qismi to‘lab beriladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3903

⚡️Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga 50 foiz ko‘proq stipendiya beriladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3911

⚡️Talabalar kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin.
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3868

⚡️Talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda beriladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3915

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Konstitutsiya kuni munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olinadi.

7-dekabr, shanba — besh kunlik haftada ishlaydiganlar (o‘qiydiganlar) uchun dam olish kuni,
8-dekabr, yakshanba — Konstitutsiya kuni,
9-dekabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi) bo‘ladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Qishki_taʼtil | #Talabalarga

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.

🎓 @Talim_huquqi
🤩12🎉11👍98🔥6
Nodavlat oliygohda o‘qiydogan talabalarga ham ijara puli qoplab beriladimi?

Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.

📜 Qarorda nodavlat (xususiy) oliygoh talabalari uchun ijara pulini qoplab berish bo‘yicha hech qanday gap so‘z yo‘q. Demak, ushbu qoplab berish faqatgina davlat OTMlarining kunduzgi ta'lim shakli talabalari uchun amal qiladi.

⚡️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini davlat tomonidan qoplash uchun onlayn ariza berishlari mumkin.
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3891

⚡️Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlardan soliq olinmaydi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3865

Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3864

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Samarqandlik yigit ustoziga BYD sovg‘a qildi.

🎓 @Talim_huquqi
👏15👍53
⚡️Suyunchi pulini xazna ilovasi orqali bir zumda kartangizga o'tkazib oling.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2332

⚡️Talabalarga uyni ijaraga bergan shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi.
batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2331

⚡️Olimpiada ishtrok etib noutbuk, iPad va smartfon yutib oling.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2327

⚡️Uy-joyni yaxshilash uchun 120 mln soʻmgacha, 20 yilgacha muddatda ipoteka krediti ajratish uchun arizalar qabuli boshlanadi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2326

⚡️Nodavlat bog’cha va maktablar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etiladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2325

⚡️Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga 50 foiz ko‘proq stipendiya beriladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2323

⚡️Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratiladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2321

⚡️Ayrim yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari bir qismi qoplab beriladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2318

🎓 @Talim_huquqi
👍4
2025/07/13 17:10:25
Back to Top
HTML Embed Code: