Telegram Web
Navro’z bayrami uchun qo’shimcha dam olish kuni beriladimi?

Javob:
hozircha Navro’z bayramiga qo’shimcha dam olish kuni berilishi haqida hech qanday rasmiy hujjat yo’q.

Rasmiy hujjat yo’qligini hisobga olsak, demak, joriy yilda bayramlarda ketma-ket dam olish kunlari bo’lmaydi.

Navro’z bayramida dam olish kunlari quyidagicha bo’lishi kutilmoqda:

21-mart (juma) — bayram, barcha uchun dam olish kuni;
22-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish.
23-mart (yakshanba) — odatiy dam olish kuni.

Ya’ni faqat Navro’z kuni hammaga dam olish bo’ladi, qolgan kunlarda hech narsa o’zgarmaydi.

🎓 @Talim_huquqi
😱1
⚡️ Talabalar o’zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.

Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.


Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

🎓@Talim_huquqi
👍1
Talabalarga_grantlarni_taqdim_etish_va_qayta_taqsimlash_nizomi.pdf
761 KB
⚡️O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga qo‘shimcha grant ajratiladi

Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan, ijtimoiy toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun qo‘shimcha davlat granti taqdim etiladi.

Talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliygohining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari har yili 25-iyulga qadar:

— Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya tomonidan GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori ekanligi;

— Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya tomonidan haqiqatda talabgorning belgilangan toifadagi talaba ekanligi ko‘rib chiqilib, baholanadi.

Qo‘shimcha davlat granti taqdim etilgan talabalar har yili 5-sentyabrga qadar oliy ta’lim tashkiloti tomonidan xabardor qilinadi.

Qo‘shimcha davlat granti beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


🎓 @Talim_huquqi
👍3
⚡️Medinstitutlarni tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlash uchun imtihon topshiradi

2024/2025-o‘quv yilidan
barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

1 - bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini;
2 - bosqichda klinik fanlardan imtihon topshiradi.

Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi.

🎓 @Talim_huquqi
👍5
Navro'z bayramida necha kun dam olinadi?

🗓 Haftasiga 5 kun ishlaydilar (o’qiydiganlar)ga 21, 22 va 23 mart dam olish kunlari.

🗓 Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar (o’qiydiganlar)ga 21 va 23 mart dam olish kunlari, 22 mart (shanba) – ish kuni.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Oliy bosh qo'mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi

Prezident farmoniga ko'ra:

- oliy harbiy ta'lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo'mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi;

- o'quvchilar o'rtasida muhandislik-ixtirochilik yo'nalishida olimpiadalar o'tkazish yo'lga qo'yiladi. Bunda g'olib bo'lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta'lim muassasalarining olimpiada yo'nalishiga mos va turdosh ta'lim yo'nalishlariga imtihonlarsiz qo'shimcha davlat granti asosida o'qishga qabul qilinadi.

- Bundan tashqari, yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy ahamiyatga ega va umummilliy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so'mgacha grantlar ajratiladi.

🎓 @Talim_huquqi
👍2
⚡️Xorijda PhD darajasini olgan o’qtuvchilarga uy olish uchun imtiyozliy subsidya ajratiladi

Prezident farmoni bilan:

2025 yil 1 iyundan
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro'yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo'lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o'n yil muddatga BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;

🎓
@Talim_huquqi
👍1
⚡️Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 1 mlrd so‘mga yaqin pul mukofoti beriladi.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:

🥇1-o’rin: 937 mln 500 ming so‘m (BHM 2500 baravari);

🥈2-o’rin: 562 mln 500 ming so‘m (BHM 1500 baravari);

🥉3-o‘rin: 375 mln so‘m (BHM 1000 baravari).

🎓 @Talim_huquqi
1👍3
Forwarded from Imtiyoz.uz
#Bilasizmi

⚡️O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.

❗️Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisdagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish ma'muriy javobgarlikga sabab bo'ladi.

Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
👍2
XALQARO ozbek.pdf
362.7 KB
⚡️Xalqaro konfirensiyaga maqolalar qabuli davom etmoqda

“RAQAMLASHGAN JAMIYATDA INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH:
IMKONIYAT VA ISTIQBOLLARI”
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-
AMALIY KONFERENSIYA

📍Konferensiya oʻtkazilish joyi va vaqti:
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2025-yil 24-25-aprel
🗓️ Konferensiyaga maqolalar qabulining soʻngi kuni: 2025-yil 19-aprel
✍🏻 Konferensiya tili: o‘zbek, rus, ingliz.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish taklif etildi.

Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh boʻladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2😱2
⚡️O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlanadi.

U islomshunoslik va dinshunoslik bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi, darsliklar yaratadi hamda diniy sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/uz/2025/04/22/academy-of-islamic-studies/

🎓 @Talim_huquqi
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_ilmiy_amaliy_anjuman

25.04.2025 yil soat 10:00 da barchangizni “Raqamlashgan jamiyatda inson kapitalini rivojlantirish: imkonyat va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.

📍Manzil: Chirchiq davlat pedagogika universiteti 3 binosi…

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Forwarded from Avazbek Yo‘ldoshev
⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladigan 13 ta pedagogika oliygohlari ro’yxati

🎓 @aayoldoshev
Prezident farmoni (@Talim_huquqi).pdf
2.2 MB
⚡️Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy toifali o‘qituvchilar magistraturaga maqsadli qabul qilinadi.

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistraturani joriy etish bo‘yicha 2025-yil dekabriga qadar taklif kiritish vazifasi belgilangan.

Unga ko‘ra;

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etish;

Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishidan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayonini masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilish;

Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tizimda oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni qabul qilish;

Magistraturada masofadan o‘qish va davlat namunasidagi diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
⚡️Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo'shib yuboriladi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini 2025/2026 o'quv yilidan Urganch davlat universitetining mos bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida davom ettiradiPrezident qarori.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️5 yil staji ega xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun ariza berish boshlandi

1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi bo‘yicha besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgor xotin-qizlarning arizalarini https://xotin-qizlar.uz platformasi orqali qabul qilish boshlanadi.

🎓 @Talim_huquqi
👍6
#Rasman

⚡️Barcha oliygohlarda sirtqi ta’limga qabul to’xtatiladi

Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.

Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.

Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalar amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Sirtqi ta’lim o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.

🎓 @Talim_huquqi
👍42
2025/07/13 21:24:06
Back to Top
HTML Embed Code: