Telegram Web
⚡️Har bir OTMning noyob imij va brendi konsepsiyasi ishlab chiqilishi kutilmoqda

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, 1-avgustga qadar har bir OTMning oʻziga xosligidan kelib chiqib, tarixiy rivojlanish xususiyatlari, ijtimoiy vazifasi va hozirgi zamon talablari asosida noyob imij va brend konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Bunda, har bir OTMning xususiyati, ilmiy va taʼlim sohasidagi yutuqlari, innovatsion yoʻnalishlaridan kelib chiqib uning logotipi va vizual identifikatsiyasi (suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi buyumlar, sport va boshqa kiyimlar) yaratiladi.

Shuningdek, OTMlar oʻz brendi aks ettirilgan buyumlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi hamda oliygohlarning oʻzida ularning savdo shoxobchalarini tashkil etilishi belgilangan.


📑 Qaror loyihasida, 2025-yil noyabr oyiga qadar OTM logotipi, tashrif qogʻozi, madhiyasi va vizual identifikatsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e'lon qilish, professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun logotip tushirilgan maxsus kiyim, suvenir, kanstovar mahsulotlari, turli xildagi oʻyinchoq, fleshka va boshqa tegishli mahsulotlar yaratish chora-tadbirlari belgilab qo‘yilgan.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
⚡️C1 DARAJADAGI TALABALAR O'QUVCHILARGA DARS BERISHI MUMKIN.

🇺🇿 Prezident qaroriga ko'ra, 2024–2026 yillarda oliy ta'lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida o'qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍62
⚡️Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ko‘rinishlari:

✔️Stajor-tadqiqotchi:
🗓 Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 1 yil;
💰 Stipendiyasi ayni paytda: 5515120,6 so‘m
🗣️ Qabul muddati: 15-sentabrdan 15-oktabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)


✔️Tayanch doktorantura(PhD):
🗓
Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 3 yil;
💳
Stipendiyasi ayni paytda: 6 229 999,886 so‘m
🗣️
Qabul muddati: 15-sentabrdan 15-oktabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)


✔️Mustaqil izlanuvchi(PhD,DSc):
🗓
Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: cheklanmagan;
💳
Stipendiyasi ayni paytda: To‘lanmaydi
🗣️
Qabul muddati: Yiliga 4 marta(chorak) qabul bo‘ladi. (Asos: https://lex.uz/docs/3213410)


✔️Doktorantura(DSc):
🗓
Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 3 yil;
💳
Stipendiyasi ayni paytda: 7 959 848,556 so‘m
🗣️
Qabul muddati: 15-sentabrdan 15-oktabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)


❗️PhD ilmiy darajasini olgandan keyin DSc ilmiy darajasini olish uchun o‘qiladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍3
⚡️Qurbon hayiti munosabati bilan professor-o’qituvchilar va talabalar 6, 7, 8-iyun kunlari dam olishadi. Asos…

6-iyun Qurbon hayiti.
7-iyun Prezident qaroriga ko’ra qo’shimcha dam olish kuni.
8-iyun yakshanba odatdagidek dam olish kuni.

🎓 @Talim_huquqi
Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Bunga haqqi yo’q
, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani kontrakt to’lamaganligi uchun oraliqga yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa harakatlarni amalga oshirish qonunchilikda belgilanmagan.

❗️Shu o’rinda eslatma. Qonunchilikda kontrakt to'lashning muddatlari quyidagicha belgilangan:

Talabalikga tavsiya etilganlar uchun kontraktning 25 foizini – 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)
ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
To‘lov miqdorining kamida 50 foizi – 1 yanvargacha;
Kontraktning 75 foizi – 1-martgacha;
Kontraktning 100 foizi – 1-maygacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

Xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha deb belgilangan.

🎓
@Talim_huquqi
1🔥21👍1
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?

Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

❗️Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Qurbon hayiti namozining o'qilish vaqtlari

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

30-maydan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni OTMga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish jarayoni boshlandi.

Ariza qanday topshiriladi?
Talabgorlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining axborot tizimi — https://tavsiyanoma.ijro.uz orqali 30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari lozim.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

🎓 @Talim_huquqi
2👍1
Forwarded from Imtiyoz.uz
⚡️Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

Prezident farmoniga muvofiq:


2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari;

2025 yil 1 avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshirilishi belgilandi.

🇺🇿 @imtiyozuz
👍3🔥2
#Abituriyent

⚡️OTMlarga qabul jarayonlari 5-iyundan boshlanadi.

Qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi:


Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

❗️Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi?
Abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi (mandat) e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi.


🎓 @Talim_huquqi
6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️OTMlarga hujjat topshirish boshlandi.

Abiturientlar my.uzbmb.uz sayti orqali 5 iyundan 25 iyungacha onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Bakalavriatga qabul ikki bosqichda — “avval test, so'ng tanlov” tamoyilida amalga oshiriladi. Imtihonlar iyul-avgust oylarida o'tkaziladi.

Abiturientlar testda to'plagan bali asosida dastlab bakalavriat uchun, so'ng kollej yoki texnikumga o'qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etishi mumkin. Batafsil…

📹 Yuqorida onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan tanishishingiz mumkin.

Asos: Prezidentning PF-81-son farmoniga.

🎓 @Talim_huquqi
3
#imtiyoz | #ustozlarga

O‘qituvchilarning mehnat ta’tili puli qanday hisoblanadi?

Javob: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2290

⚡️Qonunchilikda o’qituvchilarga beriladigan ayrim imtiyoz turlari.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2370

⚡️O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2377

⚡️Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga bolalar soniga qarab 10 foizdan 50 foizgacha ustama beriladi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2395

⚡️O‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga har oy 150 foiz ustama to‘lanadi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2374

🎓 @Talim_huquqi
👍21
Ilm ham, ta’lim ham professor-o‘qituvchiga yuklangan. Bu qanday natija beradi?

Batafsil: https://zarnews.uz/wsx

🎓 @Talim_huquqi
3👍1
Forwarded from Imtiyoz.uz
1-iyuldan qonunchilikda nimalar o'zgaradi?

Ayrim ekofaol fuqarolarga subsidiya beriladi BATAFSIL;

Tadbirkorlarga yangi majburiyatlar yuklaydigan normalarni qabul qilishga moratoriy elon qilinadi BATAFSIL;

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkor javobgarlikdan ozod etiladi BATAFSIL;

Nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi BATAFSIL;

Bolalar uchun kontent yaratgan shaxslarga soliq imtiyozlari beriladi BATAFSIL;

Malaka oshirishning yangi shakllari joriy etiladi BATAFSIL;

Pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi BATAFSIL;

Ta'lim tashkilotlari faoliyati 2 bosqichda yo'lga qo'yiladi BATAFSIL;

"Jonli ijro haftaligi" o'tkaziladi BATAFSIL;

Ayrim shaxslarga QQS 1 ish kunida qaytariladi BATAFSIL;

Energiya samaradorligini oshirish rag'batlantiriladi BATAFSIL;

Sog'liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi BATAFSIL;

Ayrim shifokorlarga ustamalar to'lanadi BATAFSIL.

🇺🇿 @imtiyozuz
2👍1
⚡️2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari 14-28-iyul oralig’ida kuniga ikki smenada о‘tkaziladi.

🎓
@Talim_huquqi
1👍1
#Qabul2025

⚡️Abituriyentlar ruxsatnomasini quydagi tartibda olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

❗️Eslatma: Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

🎓
@Talim_huquqi
1👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladi

Bu haqda IDP test markazi ma'lum qildi.


Unga ko‘ra, 10-iyul kuniga rejalashtirilgan qog‘oz (paper-based) imtihonlar rejadagidek o‘tkaziladi, biroq 11-iyuldan boshlab faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.

British Council esa hozircha bu haqda e'lon qilmadi. Biroq unda ham qog‘oz variantdagi imtihon uchun ro‘yxatdan o‘tib bo‘lmayapti.

Oldinroq ro‘yxatdan o‘tganlar esa ixtiyoriy ravishda imtihon shaklini "computer-based"ga o‘zgartirishlari yoki to‘lovni to‘liq qaytarib olishlari mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda IELTS imtihonida tushadigan savollar to‘plami "tarqalib ketgani" va bunday holatlar keskin ortgani haqidagi xabarlar ortidan 7-iyun kuni imtihon topshirgan nomzodlarning natijalari qayta tekshirish uchun olib qolingan edi.

🎓 @Talim_huquqi
2🤩2
#Magistratura | #imtiyoz

⚡️Quydagi imtiyizga ega talabgorlar magistratura mutaxassisliklariga chet tili sertifikatsiz hujjat topshirishi mumkin:
Batafsil: https://www.tgoop.com/imtiyozuz/2460

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 12:26:09
Back to Top
HTML Embed Code: