Telegram Web
⚡️Super-kontrakt uchun taʼlim kredit ajratayotgan banklar

🏦 Oʻzmilliybank – 1344
👉 Bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun:
• 36 oy muddatga yillik 22% stavkada;
• 60 oy muddatga yillik 24% stavkada;
• Miqdor: Shartnomaga asosan

👉 Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarga
• 36 oy muddatga yillik 22% stavkada
• Miqdori- Shartnomaga asosan
Batafsil: https://nbu.uz/uz/physical/credits/bankning-o-z-mablag-i-hisobidan-ajratiladigan-ta-lim-krediti/
——————————————
🏦 OʻzSQB – 1180
• 12 oy muddatga yillik 25% stavkada;
• 36 oy muddatga yillik 26% stavkada;
• Miqdori- 200 mln soʻmgacha
Batafsil: https://www.sqb.uz/uz/individuals/credits/consumer-credit-uz/

🎓 @Talim_huquqi
👍6
⚡️Talabalarga akademik ta’til quyidagi tartibda beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi qarori (344-son) bilan Akademik ta’til berish toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan. Nizomga ko‘ra, talabalar oʻz ixtiyori bilan qaysi ta’lim shaklida tahsil olishidan qat’i nazar akademik ta’til olish huquqiga ega.

Akademik ta’til olish uchun talaba OTM rektori (direktori)ga ariza bilan murojaat qiladi.

✔️ Akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
harbiy xizmatni o‘tash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun.

❗️Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda beriladi. Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.

Shuningdek, talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

🎓
@Talim_huquqi
👍4
⚡️OTMlarda muddatli mehnat shartnomasi tuzishga chek qo’yiladi.

Vazirlik rahbariyati barcha OTMlarning rektorlariga topshiriq xati chiqarib, pedagoglar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzish amaliyotiga chek qo'yishni talab qilibdi. Manba…

🎓 @Talim_huquqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlanadi

Joriy yilning 10-oktyabr kuni 2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanadi.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

🎓 @Talim_huquqi
👍2
#OTM_oylik_maoshlar

⚡️Oliygohlarda faoliyat yuritayotgan professor o'qituvchilar oylik maoshlari(10% oshgani bilan)

🎓 @Talim_huquqi
👏31👍1
#Talabalarga | #Bilasizmi

⚡️1-bosqich talabalari faqat 1 yillik grant bilan talabalikga tavsiya etilgan


2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bunda:

Ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi.

🎓 @Talim_huquqi
💯6👍2👌2🫡2
7147529.pdf
1 MB
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2024-2025 o'quv yilida davlat granti asosida malaka oshirish kurslariga yuboriladigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tasdiqlandi.

"O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshiradigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibini tasdiqlash to'g'risida"


Asos: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.10.2024 yildagi 662-son

🎓@Talim_huquqi
👍2🔥1
#Makatab

Maktab oshxonalarida qanday mahsulotlarni tayyorlash va sotish taqiqlangan?

🏢 Umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida o'quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari”ga ko'ra, quyidagilar maktab oshxonalarida tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:

🍔 Go'sht qo'shilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar);

🍭 Sun'iy ta'm, hid beruvchi moddalar, bo'yoqlar, aromatizatorlar qo'shilgan qandolat mahsulotlari;

🍿 Sun'iy konservantlari bo'lgan “kirieshki”, “xrustyashki” va chipslar, qurt, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar;

🥤 Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;

🍗 Veterinariya nazoratidan o'tmagan go'sht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar;

🥚 Tashqi qavati toza bo'lmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;

🫙
Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli o'zgargan, yorlig'i bo'lmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan har-xil turdagi konservalar;

🍡 Turli aralashmalar yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar;

🎂 Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar);

🫘
Xolodes, parranda va tuyoqli hayvonlar oyog'idan tayyorlangan hamda kalla go'shti ruletlari, o'pka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar;

🫕 Pasterizasiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq, qo'lbola qatiq, epizootik noxush xo'jaliklardan olingan, shuningdek dastlabki ishlov berilmagan va pasterizasiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol bo'lgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar;

🫔
Qo'ziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;

🫗 Kvas;

🍤 Xom dudlangan go'shtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, qaynatilgan kolbasa;

🧂 Sirka, xantal, xren(yerqalampir), o'tkir qalampir (qizil, qora) va boshqa o'tkir ziravorlar;

🍾O'tkir ta'mli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar;

🧋Tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik va alkogol ichimliklar;

🧉 Pazandalik moylari, cho'chqa yog'i, margarin va boshqa gidrogen yog'lar;

Danakli mevalarning mag'zi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz);

🙅‍♂️ Okroshka va sovuq sho'rvalar, yog'da qovurilgan tuxum, pashtet, go'sht va tvorogli quymoqlar.

🥡 Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida bo'lishi taqiqlanadi.


🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalarga

⚡️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini davlat tomonidan qoplash uchun onlayn ariza berishlari mumkin

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratilgan.


📨 Tartibga ko’ra onlayn ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

🤝 Ariza yuborish uchun talabalardan uy egasi bilan tuzilgan ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

📑 Ijara shartnomalarini onlayn hisobga qo‘yish xizmati: http://ijara.soliq.uz

Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3864

⚡️Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlardan soliq olinmaydi.
Batafsil: https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3865

🎓
@Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2610🥰2🫡1
#Abituriyent

⚡️Kirish imtixonlarida testlar tuziladigan darsliklar ro’yxati e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida (https://uzbmb.uz/) eʼlon qilindi.

Batafsil: https://uzbmb.uz/page/o_dasturlar

🎓 @Talim_huquqi
👍37👏8🎉54🔥4🥰1👌1
Taqiqlangan saytlar.pdf
634.3 KB
#Taqiqlangan

⚡️Diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan manbaa hamda kontentlar ro’xati.


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2019-2024 yillarda internet jahon tarmog'idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan hamda O'zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) ro‘yxati.

❗️Ushbu sahifalarga kirish, a’zo bo’lish, layk bosish va tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

Yaqinlaringizga yuborib qo’yishni unutmang!

🎓 @Talim_huquqi
28🔥13💯13👍4👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Diniy materiallarni tarqatganlik uchun javobgarlik bor.

❗️Ijtimoiy tarmoqlardagi diniy materiallar: video, audio, matn va boshqa turdagi kontentlarga “layk” bosganlik yoki boshqalarga “ulashganlik” uchun javobgarlik bor

Tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishga ehtiyot boʻling! ⛔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi tekshirilmagan diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlaning!

⚡️Diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan manbaa hamda kontentlar ro’xati.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3893

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯415👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov2024

⚡️Bugun, 27-oktyabr parlament va mahalliy kengash deputatligi uchun saylov bo‘lib o‘tadi.

📨 Ovoz berish jarayoni ertalab soat 08:00 dan kechgi soat 20:00 ga qadar davom etadi.

☝️Yuqoridagi videoda saylovda qanday ovoz berilishi haqida batafsil tushuntirish berilgan.

❗️Kelajak uchun ovoz bering!

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥47👍36👌1🫡1
#Maktab

⚡️Maktablarda kuzgi ta'til 4 noyabrdan boshlanadi

🏫 Maktab o'quvchilari uchun chorakning so'nggi kuni 2 noyabrga togri kelib, 4 noyabr kuzgi ta'tilning ilk kuni sanaladi. Ta'til 6 kalendar kun, ya'ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11 noyabrdan boshlanadi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏65🔥5🥰5🎉5
#Rasman

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi


🇺🇿 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🎉11🥰8👏87🔥6
#Magistr

⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

🇺🇿 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍32🥰2👏2🎉1
#Talaba

⚡️Kontrakt toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3897

⚡️Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3868

⚡️2024/2025 o’quv yili magistraturasiga qo‘shimcha qabul.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3898

⚡️Toʻlov-kontrakt miqdorlari.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3814

⚡️Super kontrakt narxlari.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3846

⚡️Super-kontrakt uchun taʼlim kredit ajratayotgan banklar.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3879

⚡️Ta'lim krediti berish tartibi.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3871

⚡️Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti berish tartibi.
Batafsil:
https://www.tgoop.com/Talim_huquqi/3870

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥7🥰7👏76🎉6
#Oliygoh

⚡️Prezident qarori bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Navoiy davlat universitetiga aylantirildi.


❗️Institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025-o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi.

So‘nggi uch yilda respublika miqyosida navoiylik yoshlar oliygohga kirish bo‘yicha 1-o‘rinda — Prezident


🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1612🔥11👍10🎉4🥰3
#Bilasizmi | #imkoniyat

⚡️Ayrim yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari bir qismi qoplab beriladi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1.500.000 so‘m) miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida subsidiya ajratiladi. O‘qish xarajatlarining qolgan qismini ariza beruvchining o‘zi to‘laydi.

Asos: https://lex.uz/docs/-6051791#-6054488

🎓 @Talim_huquqi
11👍10🔥8🎉8👏6🥰5
⚡️Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi.

Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024 y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

❗️ Unga ko'ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi hamda yo'nalishlar bo'yicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari belgilandi.

➡️ Talabgorlar 8 ta yo'nalishfan, ta'lim, adabiyot, madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo'yicha tanlovlar orqali saralanadi.

Mukofot ijtimoiy faolligi va iste'dodi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga o'qish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.

🔰 Yo'nalishlar bo'yicha har bir o'ringa munosib talabgorlarni tanlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

tuman (shahar) bosqichi 2 sentabrdan 20 oktabrga qadar;
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi 21 oktabrdan 30 noyabrga qadar;
respublika bosqichi 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar o'tkaziladi.

🥇 Mukofot har yili Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.

📃 Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, ko'krak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥52👏1
2025/07/14 01:33:58
Back to Top
HTML Embed Code: