Telegram Web
⚡️“Oliy bosh qo'mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi

Prezident farmoniga ko'ra:

- oliy harbiy ta'lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo'mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi;

- o'quvchilar o'rtasida muhandislik-ixtirochilik yo'nalishida olimpiadalar o'tkazish yo'lga qo'yiladi. Bunda g'olib bo'lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta'lim muassasalarining olimpiada yo'nalishiga mos va turdosh ta'lim yo'nalishlariga imtihonlarsiz qo'shimcha davlat granti asosida o'qishga qabul qilinadi.

- Bundan tashqari, yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy ahamiyatga ega va umummilliy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so'mgacha grantlar ajratiladi.

🎓 @Talim_huquqi
👍2
⚡️Xorijda PhD darajasini olgan o’qtuvchilarga uy olish uchun imtiyozliy subsidya ajratiladi

Prezident farmoni bilan:

2025 yil 1 iyundan
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro'yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo'lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o'n yil muddatga BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;

🎓
@Talim_huquqi
👍1
⚡️Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 1 mlrd so‘mga yaqin pul mukofoti beriladi.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:

🥇1-o’rin: 937 mln 500 ming so‘m (BHM 2500 baravari);

🥈2-o’rin: 562 mln 500 ming so‘m (BHM 1500 baravari);

🥉3-o‘rin: 375 mln so‘m (BHM 1000 baravari).

🎓 @Talim_huquqi
1👍3
Forwarded from Imtiyoz.uz
#Bilasizmi

⚡️O‘qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.

❗️Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisdagi kodeksning 197-5-moddasiga muvofiq ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish ma'muriy javobgarlikga sabab bo'ladi.

Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

🇺🇿 @imtiyozuz
👍2
XALQARO ozbek.pdf
362.7 KB
⚡️Xalqaro konfirensiyaga maqolalar qabuli davom etmoqda

“RAQAMLASHGAN JAMIYATDA INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH:
IMKONIYAT VA ISTIQBOLLARI”
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-
AMALIY KONFERENSIYA

📍Konferensiya oʻtkazilish joyi va vaqti:
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2025-yil 24-25-aprel
🗓️ Konferensiyaga maqolalar qabulining soʻngi kuni: 2025-yil 19-aprel
✍🏻 Konferensiya tili: o‘zbek, rus, ingliz.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish taklif etildi.

Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh boʻladi.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2😱2
⚡️O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlanadi.

U islomshunoslik va dinshunoslik bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi, darsliklar yaratadi hamda diniy sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/uz/2025/04/22/academy-of-islamic-studies/

🎓 @Talim_huquqi
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_ilmiy_amaliy_anjuman

25.04.2025 yil soat 10:00 da barchangizni “Raqamlashgan jamiyatda inson kapitalini rivojlantirish: imkonyat va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.

📍Manzil: Chirchiq davlat pedagogika universiteti 3 binosi…

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Forwarded from Avazbek Yo‘ldoshev
⚡️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimiga oʻtkaziladigan 13 ta pedagogika oliygohlari ro’yxati

🎓 @aayoldoshev
Prezident farmoni (@Talim_huquqi).pdf
2.2 MB
⚡️Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliy toifali o‘qituvchilar magistraturaga maqsadli qabul qilinadi.

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasida maqsadli magistraturani joriy etish bo‘yicha 2025-yil dekabriga qadar taklif kiritish vazifasi belgilangan.

Unga ko‘ra;

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida maqsadli magistratura tashkil etish;

Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning ishidan ajralmagan holda bilim olishlari uchun ta’lim jarayonini masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilish;

Magistraturaga faqat xalqaro tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tizimda oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni qabul qilish;

Magistraturada masofadan o‘qish va davlat namunasidagi diplom berish tartibi, to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash hamda talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
⚡️Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo'shib yuboriladi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini 2025/2026 o'quv yilidan Urganch davlat universitetining mos bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida davom ettiradiPrezident qarori.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️5 yil staji ega xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun ariza berish boshlandi

1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi bo‘yicha besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgor xotin-qizlarning arizalarini https://xotin-qizlar.uz platformasi orqali qabul qilish boshlanadi.

🎓 @Talim_huquqi
👍6
#Rasman

⚡️Barcha oliygohlarda sirtqi ta’limga qabul to’xtatiladi

Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.

Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.

Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotgan talabalar amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Sirtqi ta’lim o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.

🎓 @Talim_huquqi
👍42
⚡️O‘zbekistonda yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi TASHKENT TECH nomli universitet bosqichma-bosqich Toshkent davlat texnika universiteti negizida, Boston Consulting Group ko‘magida tashkil etiladi.

"Ushbu keng ko‘lamli loyiha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti topshirig‘iga muvofiq amalga oshirilmoqda va yoshlar o‘rtasida texnik ta’lim nufuzini oshirishga qaratilgan" — dedi prezident yordamchisi.


🎓 @Talim_huquqi
⚡️Maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli ya'ni part-time education haqida batafsil

Maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (yoki ingliz tilida: part-time education) — bu o‘qish va boshqa majburiyatlar (ish, oila, shaxsiy sabablar)ni birgalikda olib borishga mo‘ljallangan taʼlim shaklidir. Bu tizim ko‘pincha an’anaviy kunduzgi (to‘liq stavkali) o‘qishdan farqli ravishda moslashtirilgan dars jadvalini o‘z ichiga oladi.


📃 Part-time ta’lim bu — oddiy kunduzgi o‘qishga o‘xshaydi, lekin unda siz kamroq darsga borasiz va kamroq fanlar o'qiysiz. Ya'ni yuklama kamroq bo‘ladi, ammo o‘qish muddati biroz cho‘ziladi. Masalan, 3 yillik bakalavr dasturi 6 yilgacha cho‘zilishi mumkin.

Asosiy xususiyatlari:

Dars jadvali: odatda haftasiga 2-3 kun yoki faqat ma’lum soatlarda darslar tashkil etiladi (masalan, kechki payt yoki dam olish kunlari, talabaning vaqtiga qarab).

O‘qish muddati: yo'nalishlarga qarab 5-6-7 yilgacha davom etadi.

Dars jarayonlari: haftaning ma'lum bir kunida to'liq yoki 1-2 parani tashkil etadi. Ya'ni talaba shu kunlarda auditoriyaga keladi. Mutaxassislik fanlariga urg'u qaratilgani sababli, umumiy o'quv fanlari nisbatan qisqartirilgan bo'ladi. Dars vaqti, soati, kuni va parasi talaba vaqtiga mos shakllantiriladi.

Kimlar uchun qulay: ishlayotganlar, bola parvarishlayotganlar, sog'lig'ida muammosi borlar, nogironlar yoki boshqa majburiyatlari borlar uchun.

Diplom: to‘liq kunduzgi taʼlimga teng kuchga ega bo‘lgan diplom beriladi. Diplomda ta'lim shakli yozilaydi.

O'zbekistonda bu o'qish qanday tashkil etiladi?

Bu sirtqi o'rniga joriy etilgan yangi ta'lim shakli hisoblanib, avgust oyiga qadar ilg'or xorijiy tajribalar asosida qaror loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.

🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#talaba_qizlariga

⚡️Ayrim toifadagi oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to'lanadi

🔰 Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a'lo” baholarga o'qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to'lanadi.

✔️ 2025-yil 1-sentabrdan umumiy o'rta ta'lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag'al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to'lovidan ozod etiladi.

📝 2026-yil 1-yanvardan kambag'al oilalarning “a'lo” baholarga o'qiydigan farzandlarining O'zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog'lomlashtirilishi xarajatlari to'liq qoplab beriladi.

🏛 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambag'al oilalar reestri va Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko'rsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

🇺🇿 Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.)ga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:

🔹 “El-yurt umidi” stipendiyasi gʻoliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat oʻtkazish orqali aniqlanadi;

🔹 test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

📊 Bakalavriat boʻyicha hamda magistratura va doktorantura boʻyicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga koʻra:

🔸birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) toʻliq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸 birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.


🎓 @Talim_huquqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️O‘zbekistonda o‘qiyotgan xorijlik talabalarning eng ko‘pi qaysi davlatlardan ekani ma'lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy o‘quv yilida O‘zbekistonda 12,5 ming nafar chet ellik talabalar tahsil olmoqda.

Shundan:

🇮🇳 Hindiston – 6502 nafar;
🇹🇲 Turkmaniston – 1430 nafar;
🇵🇰 Pokiston – 1250 nafar;
🇷🇺 Rossiya – 732 nafar;
🇰🇿 Qozog‘iston – 639 nafar;
🇰🇬 Qirg‘iziston – 369 nafar;
🇨🇳 Xitoy – 325 nafar;
🇹🇯 Tojikiston – 322 nafar;
🇰🇷 Janubiy Koreya – 197 nafar;
🇦🇫 Afg‘oniston – 157 nafar;
🇨🇦 Kanada – 126 nafar;
🌏 Boshqalar – 431 nafar.

🎓 @Talim_huquqi
⚡️Mutasaddilar bundan buyon tuman bo'limi rahbarlarini ta'lim bilan bog'liq bo'lmagan birorta yig'ilishga jalb qilib bo'lmasligi haqida qat'iy ogohlantirildi. Batafsil…

🎓 @Talim_huquqi
2025/07/13 21:20:22
Back to Top
HTML Embed Code: