tgoop.com/Tarixaudiokurs/772
Last Update:
Ku-Kluks-Klan - AQSHdagi maxfiy jinoiy tashkilot
Tashkilot sudya T. L. Jonsning tashabbusi bilan 1865 yilda tashkil etilgan bo‘lib, janub qo‘shini askarlari uning a’zolari edi. Ular quyidagilarga qarshi kurashgan
❎ qora tanlilar
❎ qora tanlilarni qo‘llovchi oq tanlilar
❎ yahudiylar
❎ gomoseksualistlar
❎ xitoyliklar
❎ katoliklar
❎ kommunistlar
Tashkilotni 10 "daho" dan iborat kengashga tayangan "buyuk donishmand" boshqargan; shunga o‘xshash tuzilmalar 11 ta davlatda shakllangan bo‘lib, ularning jami soni 2 mln kishiga yetgan.
Ular qo‘rqinchli ta’sir ko‘rsatish uchun maxsus kiyim va niqoblar kiyishgan, maxfiylikning qat’iy qoidalariga bo‘ysungan.
KKK a’zolari qora tanli aholini qo‘rqitib, uning saylovlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qildilar va keyinchalik afroamerikaliklar yig‘ilgan cherkovlar va ibodat uylarini yoqib yuborishni boshlaganlar. AQSH kongressi akti bilan KKK konstitusiyaga qarshi tashkilot sifatida taqiqlangan, uning faol a’zolari hibsga olingan.
@Tarixaudiokurs
BY TARIX АUDIOKURS

Share with your friend now:
tgoop.com/Tarixaudiokurs/772