TARIXDA_BOR Telegram 11285
Tarix va Siyosat
#Maktublar 📜 YILDIRIM BOYAZIDNING AMIR TEMURGA YOZGAN ILK JAVOB MAKTUBI: “Ey qari ko‘ppak! Sen zolim kofirlarning eng ashaddiysisan. Maktubingda bizni qo‘rqitib, hiyla bilan chuv tushirmoqchi bo‘libsan. Usmonli sultonlarini ajamlarning podshohlariga o‘xshata…
#Maktublar

📜 AMIR TEMURNING YILDIRIM BOYAZIDGA YOZGAN IKKINCHI MAKTUBI:

“Sen o‘zingni Alloh yo‘lidagi mujohid, bizlarni esa nohaqdan qon to‘kuvchi kofir hamda meni munkillab qolgan bir jangchi deb o‘ylaysan, chog‘i?! Bilki, men o‘tgan umrimning qirq yilini Xudo uchun jihod qilishga sarflagan odamman. Faoliyatim davomida qanchadan-qancha qal'alar va o‘lkalarni fath qilib, yer yuzini chirkinlik va iflosliklardan tozalash bilan mashg‘ulman. Ammo shu onda o‘tgan kunlarimdan ko‘ra yanada qat'iyatli, yanada jiddiyroqman. Olib borilgan kurashlar asnosida qanchadan qanchasini itoat qildirganmiz, ko‘pchilik bu yo‘lda biz uchun jonlarini fido qildilar. Shunday ekan, nega sizlar bizga itoat qilishdan, bo‘ysunishdan bosh tortmoqdasiz? Ustiga-ustak mening yoshim senikidan ko‘ra ulug‘roq.
Bugunga qadar qayerga yurish qilmayin, juda ham qisqa muddatda o‘sha yerni qo‘lga olganman. Sivasni ham qisqa muddatda bosib oldim. Sen esa Malatiyani qurshab olding, to‘rt oylab qamal qilding va lekin baribir bosib ololmasdan chekinishga majbur bo‘lding. Ayni damda ham Sinop qal'asiga hujum qilib, hamon bosib ololmayapsan.
Ilk maktubingdagi kabi tahdid va g‘ururga berilma, aql olmas so‘zlarni ishlatishga jasorat qila ko‘rma. Vaholanki, Sivasda asir olgan odamlaring orqali hozirgi ahvolingdan xabardorman. Qolaversa, musulmon musulmonni ranjitishi, xon va mollarini xarob qilishi joiz bo‘lmagan ishdir. Shunday ekan, to‘g‘ri javob yozishni fazilat bilib, o‘zingni va xalqingni xarob bo‘lishdan qutqarib qol.
Biz bilan sulh tuzib, ma'zuringni ifoda qilgan javob maktubi yozsang, sen bilan oramizda do‘stu birodarlik rishtalari bog‘lanadi. Natijada kofir Frankka qulay fursat bermagan bo‘lasan, biz ham Sivasni tark etib, orqaga qaytamiz. Bizning niyatimiz sizlarni kuchsiz holga solib, o‘zingiz bilan o‘zingizni ovora qilib, kofirning diniga yordam berish emas! Bizni ham, askarlarimizni ham kofir, dinsiz, buzuq e'tiqodli mazhab egalari va xunuk odatli insonlar deb xomtama bo‘lma! Askarlarimizning ota-bobolari musulmon bo‘lishgan, ular musulmonlarning farzandlaridir. Qanday qilib ular hidoyatda bo‘lmasliklari mumkin? Qolaversa, Usmonli askarlarining aksari kofirlardan tashkil topgani hech kimga sir emas.
Oliy maqsadimiz: Jahonni fath qilishdir. Saltanatimiz nomiga xutbalar o‘qilib, tangalar bosilayotir. Musulmonlarning eng buyuklari – Ulul-Amr ekanligimizga zarracha shak-shubha yo‘qdir! Bizning nasl-nasabimiz El Xoni Oli sha'nga (el xonlarining shonli oilasi) borib taqaladi. Agar samimiy salomingiz va go‘zal ifodalar aks etgan maktub yuborsangiz har ikki tomonda ham biroz iliqlik va hurmat paydo bo‘ladi. Aks holda, qalamlar o‘z ishini qilichga topshiradi. Vassalom!”.
══════════════
Biz
bilan qoling 👉👉👉

👉@Tarixda_bor

📍Siyosiy va tarixiy malumotlarni biz bilan kuzatib boring...

tgoop.com/Tarixda_bor/11285
Create:
Last Update:

BY Tarix va Siyosat

Share with your friend now:
tgoop.com/Tarixda_bor/11285

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

How to create a business channel on Telegram? (Tutorial) Avoid compound hashtags that consist of several words. If you have a hashtag like #marketingnewsinusa, split it into smaller hashtags: “#marketing, #news, #usa. Public channels are public to the internet, regardless of whether or not they are subscribed. A public channel is displayed in search results and has a short address (link). Step-by-step tutorial on desktop: There have been several contributions to the group with members posting voice notes of screaming, yelling, groaning, and wailing in different rhythms and pitches. Calling out the “degenerate” community or the crypto obsessives that engage in high-risk trading, Co-founder of NFT renting protocol Rentable World emiliano.eth shared this group on his Twitter. He wrote: “hey degen, are you stressed? Just let it out all out. Voice only tg channel for screaming”.
from us

Telegram Tarix va Siyosat
FROM American