JINSINI O‘ZGARTIRGAN DINSIZNING ISLOMNI QABUL QILGANDAN KEYINGI HUKMI
#aqida
❓1060-SAVOL: Islomni qabul qilmagan odam, ateist, o‘z jinsini o‘zgartirdi. Keyin Alloh hidoyat berib Islomni qabul qildi. Shu muslim yoki muslima Islomdan avvalgi jinsiga qaytishi kerakmi yoki Islomdagi jinsida qolgani ma’qulmi?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ma’lumki, islom o‘zidan oldingi barcha gunohlarni kechirilishi va mag‘firat qilinishiga sabab bo‘ladi. Bu borada judayam ko‘p oyati karima va hadisi shariflarda bayon etilgan bo‘lib, jumladan: Alloh taolo Anfol surasining 38-oyatida shunday marhamat qiladi:
قُلْ لِلَّذِينَ كَفَرُوا إِنْ يَنْتَهُوا يُغْفَرْ لَهُمْ مَا قَدْ سَلَفَ وَإِنْ يَعُودُوا فَقَدْ مَضَتْ سُنَّةُ الْأَوَّلِينَ (38)
“Kofir bo‘lganlarga ayting, agar (kufrdan) to‘xtasalar, o‘tmish (gunoh)lari kechirilur bordiyu (kufrga) qaytsalar, (unda) oldingilarning yo‘li (ibrat sifatida) o‘tgan”. Anfol 38-oyat.
Shuningdek Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida bu borada shunday bayon qilganlar:
قد ثبت في الصحيح عن عمرو بن العاص أن النبي صلى الله عليه و سلم قال له "يا عمرو أما علمت أن الإسلام يهدم ما كان قبله و أن التوبة تهدم ما كان قبلها"
Amr ibn Osdan rivoyat qilingan sahih hadisda Payg‘ambar alayhissalom unga dedilar: “Ey, Amr, Islom o‘zidan oldingi barcha gunohlarni yo‘q qilib yuborishi va tavba ham o‘zidan oldingi barcha gunohlarni yo‘q qilishini bilmasmiding?” Ahmad va Muslim rivoyati.
Mazkur oyati karima va hadisi shariflarga ko‘ra, yuqoridagi ateist yoki dahriy bo‘lgan kimsa islomni qabul qilishi bilan uning barcha gunohlari, jumladan o‘z jinsini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan katta gunohi ham insha Alloh mag‘firat qilinadi va mazkur shaxsga bundan keyin agar imkoni bo‘lsa, yana o‘zining asl Alloh yaratgan jinsiga tibbiy jarrohlik yo‘li bilan qaytishi lozim bo‘ladi. Chunki birinchidan bugungi rivojlangan tibbiyotda bu ish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ikkinchidan esa, islom dini ta’limotlariga ko‘ra, Alloh taoloning xilqatini o‘zgartib bo‘lmaydi va bu dinimizda katta gunohi kabiralardan biri hisoblanadi. Bu borada Alloh taolo o‘z kalomida shunday degan:
فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًا فِطْرَةَ اللَّهِ الَّتِي فَطَرَ النَّاسَ عَلَيْهَا لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ اللَّهِ ذَلِكَ الدِّينُ الْقَيِّمُ وَلَكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ (30)
"Bas, (Ey, Muhammad,) yuzingiz (o‘zingiz)ni doimo to‘g‘ri bo‘lgan dinda (islomda) tuting! Insonlarni o‘sha asosda yaratgan Allohning yaratuvchiligini (anglangiz!) Allohning yaratishiga o‘zgartirish yo‘q. Eng to‘g‘ri din shudir, lekin ko‘p odamlar bilmaslar". Rum 30-oyat.
Shuning uchun ham mazkur shaxsga agar o‘zining asl holatiga qaytishni imkoni bo‘lsa va bu ish uning salomatligiga jiddiy zarar keltirmasa, yana asl holiga qaytishi lozim bo‘ladi. Ammo, agar mazkur holatda, uning yana asliga qaytish imkoni bo‘lmasa, yoki salomatligiga jiddiy zarar keltiradigan bo‘lsa, u holda o‘z jinsini o‘zgartirmasada, aslida qaysi jins vakili bo‘lgan bo‘lsa, unga mazkur jins vakillariga tegishli ahkomlar joriy qilinadi. Ya’ni masalan: aslida u inson erkak bo‘lgan bo‘lsa va o‘z jinsini o‘zgartirib ayolga aylangan bo‘lsa ham uning ayollar bilan muloqot qilishi nojoiz sanaladi va ayollar bilan namozda bir safda tura olmaydi zero u erkak hisoblanadi. Yoki aksincha, asli ayol qilib yaratilgan bo‘lsayu, o‘z jinsini erkak jinsiga o‘zgartirgan bo‘lsa ham mazkur shaxs ayolligicha qolaveradi va unga erkaklar bilan muloqot qilishi joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
Manba @fatvouzlotin
👉@Tasadduq_yo_rosululloh

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Кўзингиздан бир томчи ёш оқмасин ё РАСУЛУЛЛОҲ
❤️ Шайх Саййид Раҳматуллоҳ Термизий
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
❤️ Шайх Саййид Раҳматуллоҳ Термизий
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Audio
Manba: @Faxriddin_Shamsematov
http://www.tgoop.com/ilmnuriMediaBot siz izlagan maskan

KECHASI BEDOR BO'LISHNING FAZILATLARI
Alloh taolo marhamat qiladi: «Ularning yonboshlari o'rin-to'shakka yetmaydi» (Sajda surasi, 16-oyat).
* * *
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Kechalari qoim bo'lingiz! Zero, kechasi turish sizlardan oldingi solihlarning odatlari edi. Kechalari bedor bo'lish Parvardigoringizga yaqinlashtiradi. Gunohlarning mag'firatiga sabab bo'ladi va yomonliklardan qaytaradi» (Imom Termiziy rivoyati).
* * *
Hasan Basriy rahimahulloh aytadi: «"Tungi namozdan ham go'zal nafl ibodatni bilmayman". Undan so'rashdi: "Nima uchun tahajjud namozini o'quvchi kishilarning yuzlari go'zal bo'ladi?" U zot javob berdi: "Ular tunda Rahmon bilan yolg'iz qolishadi va Alloh taolo ularga O'z nuridan in'om etadi"».

G‘USLDA OG‘IZ BURUN YUVISHNI UNUTSA
#g‘usl
❓1875-SAVOL: G‘usl vojib bo‘lganda og‘iz va burun yuvishni unutib, 15-20 minutdan keyin yodimga tushdi. Bu holatda qayta g‘usl qilishim kerakmi yoki og‘iz va burunni chayish kifoyami?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu holatda g‘uslni qayta qilish talab etilmaydi. Unutib qoldirilgan a’zolarni yuvib qo‘yish kifoya qiladi. Lekin agar shu orada namoz o‘qib qo‘ygan bo‘lsa, qayta o‘qiydi. Chunki mukammal pok bo‘lmasdan turib namozga kirishgan va shu sababli namoz ham ado etilmagan hisoblanadi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
Manba @diniysavollar

Ulovga minishdagi duo
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
Manba @islomuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
Manba @islomuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
❤1👍1
Audio
Manba: @Faxriddin_Shamsematov
http://www.tgoop.com/ilmnuriMediaBot siz izlagan maskan
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
http://www.tgoop.com/ilmnuriMediaBot siz izlagan maskan
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#iqtibos
Savob va azobni to'g'ri tartib qil! Axir Allohni yaxshi ko'rib ibodat qilgan inson undan qo'rqib ibodat qiladigan kishidan afzal emasmi?! Sen uning misolini o'z hayotingda ham topishing mumkin: Seni yaxshi ko'rganidan so'zingga quloq solgan kishi bilan sendan qo'rqqani uchungina itoat qiladigan kimsa o'rtasida farq bor-ku!
✅YAqinlaringizga ulashing

❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shayx Alijon qoridan Shayx Abdurahmon al-Huzayfi ohangida go‘zal qiroat
Shayx Alijon qori
Manba: @Alquranuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Shayx Alijon qori
Manba: @Alquranuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
SA’Y SANOG‘IDA SHAK QILSA NIMA QILADI?
#Haj_umra
❓1064-SAVOL: Safo-Marva orasida sa’y qilishda sanoqda adashib ketsa, nima qilish kerak?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Sa’y asnosida qancha aylana qilganini bilmay qolsa, gumonidagi ozini oladi va shunga qarab qolganlarini bajaradi. Masalan, beshinchimi, oltinchimi deb, shak qilib qolsa, ozini, ya’ni beshinchi aylanani bajaribman deydi va oltinchini bajaradi.
ولو شك في عدد أشواط السعي أخذ بالأقل
“Agar sa’yning aylanasidagi sanoqda shak qilsa, ozini oladi”. (G‘unyatun nosik). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
Manba @fatvouzlotin
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Haj_umra
❓1064-SAVOL: Safo-Marva orasida sa’y qilishda sanoqda adashib ketsa, nima qilish kerak?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Sa’y asnosida qancha aylana qilganini bilmay qolsa, gumonidagi ozini oladi va shunga qarab qolganlarini bajaradi. Masalan, beshinchimi, oltinchimi deb, shak qilib qolsa, ozini, ya’ni beshinchi aylanani bajaribman deydi va oltinchini bajaradi.
ولو شك في عدد أشواط السعي أخذ بالأقل
“Agar sa’yning aylanasidagi sanoqda shak qilsa, ozini oladi”. (G‘unyatun nosik). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
Manba @fatvouzlotin
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Musibatni ko‘rganda aytiladigan zikr
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
Manba @islomuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
Manba @islomuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Audio
Manba: @Faxriddin_Shamsematov
http://www.tgoop.com/ilmnuriMediaBot siz izlagan maskan
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
http://www.tgoop.com/ilmnuriMediaBot siz izlagan maskan
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Hikmat
YONG'OQ QURTI
YOng'oq qurti o'zi sig'adigan teshik ochib, yong'oqning ichiga kirib olib, mag'zini yeydi. Yegan sari semiradi. YOng'oq ichida hech narsa qolmaganidan so'ng, tashqariga chiqishga intiladi. Teshik kichik bo'lgani uchun tashqariga chiqolmaydi. Undan ham yomoni yong'oqning ichi quriy boshlaydi, endi teshikni kengaytirishni imkoni qolmaydi. Birgina chora – ozish. YOng'oq ichida majburlikdan ozib, eski zaif holiga qaytib, tashqariga chiqadi. Qarasaki, uning uchun mavsum tugab, ortda qurigan yong'oqdan boshqa hech narsa qolmagan bo'ladi.
Alqissa: Ayrim insonlarning yashash tarzi ham xuddi yong'oq qurtiniki kabidir. Mol-dunyo dardida umrini behuda o'tkazib yuboradi. Endi munosib buyurilaganiday yashay deganida umri poyoniga yetib qoladi.

🔥1