Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
8992 - Telegram Web
Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eng katta zikrlar

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 ҲАЖ ХУЛҚИМИЗНИ ЎЗГАРТИРСИН
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QO'SHIMCHA HOVLISI BOR KISHINING QURBONLIGI

27-MASALA: Bir kishini o'zi yashab turgan uyidan tashqari qo'shimcha hovlisi bo'lsa va u yerda yashamaydigan bo'lsa, ushbu hovlining qiymati zakot nisobiga yetsa, unga qurbonlik vojib bo'ladi (“Qunya” kitobi).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Abu Muso al-Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar biror qavmdan qo'rqsalar, «Allohumma, innaa naj'aluka fiy nuhuurihim, va na'uuzu bika min shuruurihim» («Allohim, biz ularga Seni ro'baro' qo'yamiz va ularning yomonligidan O'zingdan panoh tilaymiz») der edilar.

Abu Dovud va boshqalar rivoyati.

Manba @Rahimberdidomlaofficial

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QO'LIDA PULI YO'Q HAQDORNING QURBONLIGI

28-MASALA: Bir kishi qo'lida puli yo'q bo'lib, boshqasida zakot nisobicha haqqi bo'lsa, lekin qarzdor kambag'al bo'lib, ushbu pulni to'lay olmayotgan bo'lsa, biroq qarzdorligiga iqror bo'lsa, haqdor zakot ololmaydi. Ushbu haqdor to haqqini olmagunicha, unga qurbonlik vojib bo'lmay turadi (“Tatarxoniyya” kitobi). Bir kishini qo'lida puli yo'q bo'lib, boshqasida haqqi bo'lsa va mazkur qarzdor boy bo'lsa, haqdor qurbonlikka yetarli miqdordagi pulni qarzdordan so'rab olishi va ushbu pulga qurbonlik qilishi vojib bo'ladi. Agar qarzdor unga pul bermasa, birovdan qarz olib qurbonlik qilmaydi. SHuningdek, hayit kunlaridan keyin haqqini olsa ham, unga qurbonlikni qiymatini sadaqa qilish vojib bo'lmaydi (“Olamgiriyya”).

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
😁1
#Qurbonlikka_oid_masalalar
QURBONLIK SO'YISH PAYTIDA O'QILADIGAN DUO

29-MASALA: Qurbonlik so'yish paytida quyidagi duo o'qiladi:
إِنَّ صَلَاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ لَا شَرِيكَ لَهُ وَبِذَلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا مِنَ الْمُسْلِمِينَ
O'qilishi: “Inna solaatiy va nusukiy va mahyaaya va mamaatiy lillaahi robbil aalamiyn, laa shariyka lah. Va bizaalika umirtu va ana minal muslimiyn”.
Ma'nosi: “Albatta, namozim, ibodatlarim, hayotim va mamotim olamlar Parvardigori Alloh uchundir. Uning sherigi yo'q. Men ana shunga buyurilganman. Men musulmonlardanman”.

Manba @diniysavollar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj_buyuk_ibodatdir
#audio_kitob

😎 ҲАЖ БУЮК ИБОДАТДИР

✍️ Муаллиф: Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
🤲 Asmoul husna — Alloh taoloning go'zal ism-sifatlari.

Biz bilan har kuni Alloh taoloning 99 ta ism-sifatlarini o'rganing.

20. Al-Aliym

Ma'nosi:
Aliym – har bir narsani, bo'lgan va bo'ladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi Zotdir.

Alloh taolo bo'lib o'tgan, bo'layotgan, endi bo'ladigan narsalarni ham, hali bo'lmagan narsa sodir bo'lsa, uning qanday bo'lishini ham biladigan Zotdir. U Zotning ilmi azaliy va abadiydir. Yeru osmondagi biror narsa U Zotdan maxfiy qolmaydi. U Zotning ilmi barcha maxluqotlarni o'rab, qamrab, ihota qilib olgan. U Zotning ilmi har bir narsaning zohirini ham, botinini ham, kattayu kichigini ham qamrab olgan.

Alloh taolo koinot va borliqdagi barcha narsani biluvchidir. Bu olamlardagi maxluqotlar esa Alloh ilmining nishonalaridan bir belgidir, xolos.

Manba @Zufar_Domla

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat etgan hadisda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamdan shunday naql etiladi: “Darhaqiqat, Alloh taolo hoji bilan maloikalar huzurida faxrlanib: “Mening bandalarimga qaranglar! Dunyoning hamma yeridan chang-to'zonga belanib Mening huzurimga kelishdi. Sizlarning guvohligingizda ayturmanki, Men ularning gunohlaridan o'tdim”, deydi”.

Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat etganlar.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
SABR VA SHUKR

Imron ibn Hatton ismli bir shoir bo'lib, uning zehnu zakovati, balog'at va fasohati haqidagi gap- so'zlar odamlar orasida mashhur edi. Alloma Zamaxshariy rahimahullohning naql qilishicha bu shoir qop-qora, juda xunuk kishi edi. Buning aksicha uning ayoli juda xushro'y va go'zal edi. Bir kuni ayol erining yuziga uzoq vaqt tikilib turib, nogahon “Alhamdulillah” dedi. Imron ajablanib: “Sen nima uchun “Alhamdulillax” deding?” deb so'radi. Ayoli dedi: “Men ikkalamiz ham jannatiy ekanligimiz uchun Alloh taologa hamd aytdim”. Imron dedi: “Qanaqasiga?”. Ayoli dedi: “CHunki sizga mendek ayol uchradi. Buning uchun shukr qildingiz. Menga sizdek er uchradi. Men bunga sabr qilib yashayapman. Zero Alloh taolo sabr va shukr qilguvchi bandalari uchun jannatni va'da qilgan” (Kashshof).

“Solihlar hayotidan sara hikoyalar”dan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Hoji kimning gunohi kechirilishini so'rasa, uning gunohi ham kechiriladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohim, hojining gunohini va U mag'firat so'ragan kishining gunohini kechirgin», deb duo qildilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Mujohiddan rivoyat qilinadi: «Umar roziyallohu anhu shunday dedi: «Hojining gunohi ham, u mag'firat so'ragan kishining gunohi ham kechiriladi. Bu zulhijjaning qolgan kunlari, muharram, safar va rabi'ul avval oyining ilk o'n kunida bo'lishi kerak» (Imom Ibn Abu SHayba rivoyati).

SHuning uchun Ibn Umar roziyallohu anhu: «Hojini ko'rsang, unga salom bergin, u bilan quchoqlab ko'rishgin, uyiga kirishidan oldin gunohlaring kechirilishini so'rab duo qilishini iltimos qilgin», der edi (Imom Ibn Hibbon va Imom Ahmad rivoyati).

SHuning uchun odamlar hojilarni ko'rishsa, ularning duosidan bahramand bo'lib qolishga harakat qiladilar.

Alloh taolo hojilarni ko'rsatib, farishtalariga — osmon farishtalariga maqtanadi (Imom Ibn Hibbon va Imom Ahmad rivoyati).

“Eng sharafli ummat” kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onaga yaxshi so'z aytish

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi, ustoz Muhammad Ayyub Homidov

Manba: @MuhammadAyyub_KASANIY

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 ДУОЛАР ИЖОБАТ ЗАМИН
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Yaxshi ko'rgan insonlaringizni juda mahkam tuting! Ularga yaxshi ko'rishingizni ayting! Xatolarini kechiring! Bir kuni kelib yo siz yoki ular rihlat qiladilar. Qalbda esa, ularga aytilmay qolgan gaplar, sog'inchlar qoladi. Siz bilan tortishgan, o'zlarini oqlagan, tushuntirgan, e'tirof etgan, urishishlaridan yetgan jarohatingiz ichidan tuzalmasidan oldin, tashqarisini tikib qo'ymang! Hayot gina - kudrat, hasad, g'azab saqlash, rishtalarni uzishga arzimaydigan darajada qisqa. Ertaga faqat xotiralarga aylanamiz. O'lim ruxsat so'rab o'tirmaydi. YOmon insonlarga xam tabassum qiling, marhamatli bo'ling! CHunki ular qalbini faqat YAratgan bilguvchidir.

SHayx Ali Tantoviy

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Kim Alloh uchun Haj qilsa, fahsh so'z aytmasa va fisqu fasod qilmasa, xuddi onasi tuqqan kunidek qaytadi», dedilar».

SHarh: YA'ni Haj davrida uyat so'zlarni aytmay, fisqu fasod ishlarni qilmay yurgan kishilar xuddi onadan tug'ilgandek begunoh holga qaytadilar. Bu haqiqatni hajga boruvchi har bir kishi eng zarur narsalar qatori qalbiga singdirib olmog'i lozim. Haj, odatda, kishiga umrida bir marta beriladigan fursat. Undan har bir hoji unumli foydalanishi lozim. Buning uchun hajga jo'nashdan oldin Haj safarida o'ziga lozim bo'lgan narsalarni yaxshilab o'rganib olmog'i kerak. Bandaga o'rganishi lozim bo'lgan narsalarning eng muhimlaridan biri ushbu hadisda zikr qilinmoqda. Hajni niyat qilganidan boshlab gunohlardan onadan tug'ilgan paytdagidek pok bo'lish harakatiga tushish kerak. Tayyorgarlik ko'rib olib, Haj davomida biror og'iz fahsh so'zlarni aytmay, fisqu fasod qilmay yursa, o'sha banda, inshaalloh, murodiga yetadi.

Haj qilish niyati ila ehrom bog'lagan kishi o'sha ondan boshlab to Haj amallarini ado etib bo'lgunicha ibodatda bo'ladi. Har bir hoji ushbu haqiqatni bir lahza ham unutmasligi lozim. Buyuk sahobiy Anas ibn Molik roziyallohu anhu ehrom bog'laganlaridan boshlab, to Haj amallarini bajarib bo'lgunlaricha biror og'iz behuda so'z aytmas edilar. U kishi bu borada hammaga o'rnak bo'lishlari kerak.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haj2025

😎 ДУОДА БАХИЛЛИК ҚИЛМАНГ
🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари

Manba:@shayx_nuriddinxoliqnazar

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
1
2025/07/13 18:04:29
Back to Top
HTML Embed Code: