DASTUR ORQALI PUL TOPISH
#halol_harom
❓1051-SAVOL: Men Moskvada ishlayman. Bu yerda o‘rtoqlarim YouTubeda pul topishni tavsiya qilishdi. Men bir dasturga kirib 100 dollar pul tiksam bir yillik vaqt berar ekan va har kuni video jo‘natadi. Men o‘sha videoga layk bosib, a’zo bo‘lib, skrinshot qilib ularga jo‘natsam har bir video uchun 1 dollar pul beradi. Har kuni 5 ta videoga shunday qilishim kerak ekan. Shunga o‘xshash dastur orqali pul topish haqida nima deysiz? Bu yerda juda ko‘p musofirlar shu narsadan pul topishyapti.
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu ish shariatimizga ko‘ra to‘g‘ri emas. Chunki bunda ishni boshlashdan avval berilgan pul (savoldagi 100 AQSH dollari) oldindan berilgan pul yo pora yoki qarz hukmida bo‘ladi. Ya’ni, agar pul to‘lagan odamga qaytarilsa, o‘sha pul qarz sifatida berilgan hukmda bo‘ladi. Bunda uzoq muddat evaziga pulni aylantirib, undan kelgan va YouTube tarmog‘idagi reklamalardan kelgan puldan qarz bergan odamga, ya’ni sizga berib turiladi. Boshqacha qilib aytganda bergan qarzingiz evaziga haq olib turasiz. Shariatimizga ko‘ra, esa har qanday qarz foyda keltirsa, ribo – sudxo‘rlik sanaladi. Bunga Payg‘ambarimiz alayhissalomdan naql qilingan quyidagi rivoyat ham dalolat qiladi:
"كلُّ قرض جرَّ منفعة فهو ربا" (رواه البيهقي)
“Har qanday manfaat keltirgan qarz – ribodir” (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Shunga ko‘ra, YouTube tarmog‘idagi bu moliyaviy amaliyotga kirishmaslik tavsiya etiladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
Manba @fatvouzlotin
👉@Tasadduq_yo_rosululloh

❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namozga dangasalik qilayabsizmi?
Bu suhbat siz uchun!
Shayx Alijon qori
Manba: @Alquranuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Bu suhbat siz uchun!
Shayx Alijon qori
Manba: @Alquranuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
❤1👍1
Abu Bakr ibn Ayyosh aytadi: Agar bir dirham pulingizni tushirib kuysangiz, kun bo'yi «Inna lillahi va inna ilayhi roji'un. Bir dirhamimni yo'qotdim», deb yurasiz. Biroq hech biringiz «Bir kunimni behuda yo'qotdim, xayrli amal qilmadim», deb afsus chekmaysiz.
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ДУОНИНГ ТЕЗ ҚАБУЛ БЎЛИШИ
❤️ Шайх Саййид Раҳматуллоҳ Термизий
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
❤️ Шайх Саййид Раҳматуллоҳ Термизий
Manba @mehrob_uz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
❤1👍1
TOIF VA JIDDA SHAHARLARI MIYQOT ICHIDAMI?
#Haj_umra
❓1052-SAVOL: Toif va Jidda shaharlari miyqot ichidami yoki tashqarisida?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Toif shahri Makkai mukarramadan taqriban 75 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u joyga borgan odam Haram hududidan chiqib, miyqotdan ham o‘tib ketgan bo‘ladi. Bu kishi yana Makka shahriga qaytib kirmoqchi bo‘lsa, albatta “Qornul-manozil” (“Saylul-kabir” deb ham nomlanadi) miyqotidan umra uchun ehrom bog‘lab kirishi vojib bo‘ladi va aks holda bir qo‘y so‘yishi vojib bo‘ladi.
Bu borada “G‘unyatun nosik” kitobida shunday deyilgan:
المكي إذا خرج إلى الحل لحاجة له أن يدخل مكة بغير إحرام بشرط أن لا يكون جاوز الميقات
الأفاقي، فإن جاوزه فليس له أن يدخل مكة بغير إحرام؛ لأنه صار آفاقيا (بحر)
Ya’ni: “Makkalik kishi (jumladan, Makkada turgan hojilar) haramning tashqarisi lekin miyqotning ichidagi hududga biror bir hojati uchun chiqadigan bo‘lsa va modomiki, ofoqiylarning (tashqaridan keluvchilar) miyqotini chegarasidan o‘tib ketmasa, unga Makka shahriga ehromsiz qaytib kirishi joizdir. Agar, miyqotdan o‘tib ketsa, u holda Makkaga ehromsiz qaytib kirishi joiz emas” ("Bahrur-royiq". 2/559-560 b.) ("G‘unyatun-nosik"/110-bet).
Bu borada “Anvorul-manosik” kitobida quyidagicha bayon qilingan: “Jidda shahri Makkadan taxminan 79 km masofada joylashgan bo‘lib, uning miyqot ichidaligi haqida esa, ulamolarimizning ikki xil so‘zlari mavjud.
Birinchi fikrga ko‘ra, Jidda shahri miyqotning ichida joylashgan.
Ikkinchi fikrga ko‘ra esa, Jidda shahrining o‘zi miyqot hisoblanadi. Zero, u ikki miyqot ya’ni “Yalamlam” va “Juhfa” miyqotlarining orasida joylashgan bo‘lib, hazrati Umar roziyallohu anhuning chiqargan hukmlariga ko‘ra, ikki miyqot oralig‘ida joylashgan makonlar ham miyqot hisoblanadi. Shunga ko‘ra, Jiddaga dengiz yo‘li orqali keluvchilar hamda g‘arb mamlakatlaridan samolyotlar bilan keluvchilar uchun Jiddadan ehrom bog‘lash hech bir karohatsiz joizdir. Chunki, bular biror-bir miyqotga kirmay, to‘g‘ri Jiddaga boradilar. Lekin shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy mamlakatlardan, masalan O‘rta Osiyodan samolyot bilan Jiddaga boruvchi hojilar avvalroqdan ehrom bog‘lashlari lozim bo‘ladi. Chunki ular “Qornul-manozil” yoki “Zoti Irq” yoki “Zul-Hulayfa” miyqotlari tepasidan uchib o‘tib, so‘ng Jidda aeroportiga qo‘nadilar” ("Anvorul-manosik", 118-bet).
Demak, har ikki fatvoga ko‘ra ham Jidda shahrining o‘zi miyqot yoki miyqotning ichida bo‘lib, miyqotning tashqarisida hisoblanmaydi va u joyga Makkadan borgan kishilarga yana qaytib Makka shahriga kirishlarida ehromga kirishlari shart emas. Zero, ular miyqot hududidan tashqariga chiqqan bo‘lmaydilar. Vallohu a’lam.

Sayyidul-istig‘for
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
Manba @islomuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
Manba @islomuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Audio
👍1
"Eshik", albatta, ochiladi
Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh hikoya qiladi:
«Duo qiluvchi kishi duosi ijobat bo'lgunga qadar sabr qilishi kerak. Men sabrni bir go'dakdan o'rgandim. Kunlarning birida masjidga ketayotgandim, hovlida bolasini urayotgan bir ayolni ko'rdim. Bola chinqirib yig'lardi. Bir vaqt eshik ochilib, u qochib chiqdi va ortidan eshik tambalandi.
Masjiddan qaytayotib qarasam, bola biroz yig'laganidan keyin uy ostonasiga boshini qo'yib uxlab qolibdi. Onasining rahmi kelib, ko'ngli erib ketdi va eshikni ochdi”.
SHu gaplarni ayta turib Fuzayl ibn Iyoz rahimahulloh yig'ladilar. Ko'zyoshlaridan soqollari ho'l bo'lib ketdi. Va: “Subhanalloh! Banda Alloh taoloning eshigi oldida sabr qilsa, albatta, Alloh unga eshikni ocharkan!” dedilar.

Insonlarni masxara qilish, naqqoshni masxara qilishdir
Ustoz Salohiddin domla
Manba @islohuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Ustoz Salohiddin domla
Manba @islohuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
QIZIL DENGIZGA BORGAN ODAMGA EHROM LOZIM BO‘LADIMI?
#Haj_umra
❓1053-SAVOL: Qizil dengizga Makka shahridan borgan odamga Makkaga qaytishda ehrom bilan kirishi lozimmi?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Qizil dengizning hududi katta bo‘lib, Jidda shahri qirg‘oqlariga tutashgan qismi ikki miyqot — Juhfa (Robig‘ shahri yaqinidagi joy, Makkadan 183 km) va Yalamlam (Sa’diya yaqinidagi joy, Makkadan 85 km) miyqotlari orasida joylashgan. Qizil dengizning bir qismi miyqot ichida bo‘lsa, qolgan katta qismi esa, miyqot tashqarisida joylashgan. Shunga ko‘ra, modomiki, Makkalik yoki u yerga borgan hoji qizil dengizga sayohat qilgan vaqtida mazkur ikki miyqot hududidan o‘tib ketib qolmagan bo‘lsa, unga Makka shahriga qaytib kirishda ehromli bo‘lishi shart emas. Chunki u miyqot hududidan chiqib ketgan bo‘lmaydi. Ammo, dengizda kemaga minib, mazkur ikki miyqot hududlaridan tashqariga chiqib ketib qolgan bo‘lsa, u kishi Makkkaga qaytib kirishida albatta ehromli bo‘lishi vojib bo‘ladi.
Ushbu maslala borasida “G‘unyatun-nosik” kitobida keltirilishicha:
"وإن لم يعلم المحاذاة فعلى مرحلتين عرفيتين من مكة كجدة من طرف البحر؛ فإنها على مرحلتين عرفيتين من مكة، وثلاث مراحل شرعية"
"Agar miyqotga barobar joyni qayerligini bilmasa, masalan: (Jidda shahriga dengizdan kelgan kishi kabi), u holda Makkadan ikki “Urfiy marhala” va uch “Shar’iy marhala” uzoqlikdagi joy miyqot hisoblanadi" (95 bet).
Demak, bir marhala 43 km 352 m bo‘lib, ikki urfiy marhala (43 km 352*2=) 86 km 704 m atrofida bo‘ladi. Makkadan Jidda shahriga borgan kishi 86 km atrofida masofani bosib o‘tmagani uchun miyqotdan chiqib ketmaydi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda Jidda shahri ichida joylashgan va ziyoratchi hamda sayyohlar borib, qayiqlarga minib, yoki cho‘milib kelayotgan joylar qizil dengiz emas balki uning bir bo‘g‘ozi hisoblanib, u joylar miyqot ichkarisida joylashgan. Shu sababli ham u joylarga borib Makkaga qaytgan kishilar uchun ehromda bo‘lishlari shart qilinmaydi. Vallohu a’lam.

Qiyomat kuni sizni faqat solih amallaringiz qutqaradi.
Shayx Alijon qori
Manba: @Alquranuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Shayx Alijon qori
Manba: @Alquranuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
#Duo
Go'zal duo
Sarvari Koinot alayhissalom vasallam Oysha roziyallohu anhoga bunday dedilar: «“Allohim, men Sendan yaxshilikning hammasini – dunyodagisiyu oxiratdagisini, bilganimu bilmaganimni so'rayman. Sendan yomonliklarning hammasidan – bilganimu bilmaganimdan panoh so'rayman. Sendan jannatni va unga yaqinlashtiruvchi so'z yoki amalni so'rayman. Sendan do'zaxdan va unga yaqinlashtiruvchi so'z yoki amaldan panoh so'rayman. Sendan bandang va rasuling Muhammad sollallohu alayhi vasallam so'ragan yaxshilikni so'rayman. Sendan bandang va rasuling Muhammad sollallohu alayhi vasallam panoh so'ragan yomonlikdan panoh so'rayman. Men Sendan menga taqdir etilgan ishingning oqibatini men uchun yaxshilik qilishingni so'rayman”, – deb duo qilgin».
Imom Ahmad va Imom Ibn Moja rivoyati.

❤1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ислом – мукаммал дин
🕌 Бухоро вилояти Чор Бакр жоме масжиди имом хатиби — Азизхўжа домла Иноятов
Manba: @bayyinauz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🕌 Бухоро вилояти Чор Бакр жоме масжиди имом хатиби — Азизхўжа домла Иноятов
Manba: @bayyinauz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo va oxirat yaxshiligini so‘rash
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
Manba @islomuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
Manba @islomuz
👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
MINO VA ARAFOTDA NAMOZ TO‘LIQ O‘QILADIMI YOKI QASR QILINADIMI?
#Haj_umra #namoz
❓1054-SAVOL: Hojilar haj amallarini bajarish jarayonida Mino va Arafotga ham chiqib keladilar. Ular ushbu joylarda to‘rt rakatli namozlarni to‘liq o‘qiydilarmi yoki qasr qiladilarmi?
💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bizning mazhabimiz so‘ziga ko‘ra, Mino va Arafotga chiqishning namozni qasr qilishiga ta’siri yo‘q. Ya’ni u yerga chiqqan hoji muqim bo‘lsa namozlarni to‘liq o‘qiydi. Agar musofir bo‘lsa qasr o‘qiydi.
Alloma Badruddin Ayniy “Umdatul qoriy” da quyidagilarni aytadilar:
وقال أكثر أهل العلم، منهم عطاء والزهري والثوري والكوفيون وأبو حنيفة وأصحابه والشافعي وأحمد وأبو ثور: لا يقصر الصلاة أهل مكة بمنى وعرفات لانتفاء مسافة القصر. وقال الطحاوي: وليس الحج موجبا للقصر لأن أهل منى وعرفات إذا كانوا حجاجا أتموا، وليس هو متعلقا بالموضع، وإنما هو متعلق بالسفر، وأهل مكة مقيمون هناك لا يقصرون، ولما كان المقيم لا يقصر لو خرج إلى منى كذلك الحاج
“Ahli ilmlarning aksari, jumladan Ato, Zuhriy, Savriy, Ko‘fa ulamolari, Abu Hanifa va shogirdlari, Shofeiy, Ahmad va Abu Savrlar Makka ahlining Mino va Arafotda qasr qilmasliklarini aytganlar. Chunki Makka va bu joylar orasida qasr masofasi topilmaydi. Tahoviy “Haj qasrni vojib qilmaydi. Zero, Mino va Arafot ahli haj qilsa namozni to‘liq o‘qiydi. Chunki, qasr qilishning joyga aloqasi yo‘q. Albatta, u safarga aloqador narsadir. Makka aholisi u joyda muqim hisoblanadilar. Muqim Minoga chiqqanda qasr qilmagani kabi hoji ham agar muqim bo‘lsa (Mino va Arafotga chiqqanda to‘liq o‘qiydi)”.
"Muhiyti Burhoniy" kitobida mazkur masala batafsil bayon qilingan. Bu xususda "Fatavoi Tatarxoniya" kitobida ham mazhabimizning katta imomlaridan naql va jiddiy tanbehlar keltirilgan. "Raddul muhtor" kitobida ham ushbu so‘zlar aytib o‘tilgan.
Yuqoridagi iboralardan kelib chiqib quyidagilarni aytishimiz mumkin. Agar hoji Makkaga borganda 15 kun turgandan keyin Mino va Arafotga chiqsa, Makkada ham, Mino va Arafotda ham, u yerdan qaytgandan keyin ham to‘rt rakatli namozlarni to‘liq o‘qiydi. Chunki u Makkada muqim hisoblanadi.
Agar hoji Minoga chiqishdan oldin Makkada 15 kundan kamroq tursa, u Makkada ham, Mino va Arafotga chiqqanda ham qasr o‘qiydi. Chunki u musofir hisoblanadi. Makkaga qaytgandan keyin u ushbu shaharda 15 kun turishni qasd qilsa to‘liq o‘qiydi. Agar 15 kundan kamroq turishni qasd qilsa qasr o‘qiydi.
Shu o‘rinda yana bir mulohazani aytib o‘tamiz: Mino va Arafotda jamoatga imom bo‘layotgan kishilar Makkada 15 kun turgandan keyin chiqqan bo‘lsalar to‘liq o‘qiydilar. Ularga iqtido qilgan hojilar, xoh muqim bo‘lsin, xoh musofir bo‘lsin, to‘rt rakat o‘qiyveradilar. Agar imom 15 kun turmasdan chiqqan bo‘lsa qasr o‘qiydi. Unga iqtido qilgan kishi 15 kundan oldin chiqqan bo‘lsa ya’ni musofir bo‘lsa qasr qiladi. 15 kun va undan ko‘proq muddat turib chiqqan bo‘lsa imom ikki rakat o‘qigandan keyin turib qolgan ikki rakatni o‘zi o‘qib tugatadi. Vallohu a’lam.