Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Imom Rabboniy rahmatullohi alayh aytadi:
«Odamlar riyozat chekish deganda och qolib, nafl ro'za tutishni tushuna boshladilar. Holbuki, dinimiz buyurgan miqdorda taom yeyish foydaliroq va kuchliroqdir. Bir odamning oldiga lazzatli taomlar qo'yilib, ishtaha bilan hammasini yegisi kelib turganida, dinimiz buyurgan miqdorda yeyish kuchli riyozatdir».

“Manoqibi Ahmadiyya”.

Manba @mehrob_uz
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Синовли кунларда чекиниш
Бухоро вилояти Чор Бакр жоме масжиди имом хатиби

Manba: @bayyinauz
👍1
​​IKKI HARAMDA ASR NAMOZINI ERTA O‘QISH MASALASI
#Haj_umra  #namoz

1055-SAVOL: Ikki haramda asr namozi ertaroq o‘qilar ekan. Biz ham shu vaqtda o‘qisak bo‘ladimi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Saudiya arabistonida, xususan, Masjidul harom va Masjidun Nabaviyda asr namozi ertaroq, ya’ni soya bir barobar bo‘lgan vaqtda o‘qiladi. Chunki ular hanbaliy mazhabi bo‘yicha amal qiladilar.
Hanafiy mazhabi bo‘yicha asr namozining vaqti borasida ikki xil qarash bor:
1. Asr vaqti Quyosh zavoldan og‘gandan keyin soya ikki barobar bo‘lganda kiradi. Ushbu qarashga mazhabimizdagi fatvo berilgan bo‘lib, ko‘pchilik mashoyixlar ixtiyor qilishgan.
2. Asr vaqti Quyosh zavoldan og‘gandan keyin soya bir barobar bo‘lganda kiradi. Buni Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadlar aytishgan. Imom Abu Hanifa ham ushbu gapni aytganlari rivoyat qilingan. Imom Tahoviy "Muxtasar"da, Taroblusiy "Burhon"da, Shurunbuloliy "Durrul muxtor"ning hoshiyasida ushbu fatvoni ixtiyor qilishgan.
Boshqa mazhab ulamolari ham soya bir barobar bo‘lganda asr vaqti kiradi, deydilar. Bu haqda Alloma Haskafiy shunday deydilar: Shuning uchun ikki haramda mazkur so‘zlarga amal qilgan holda asr namozini jamoat bilan o‘qish mumkin.
( وَوَقْتُ الظُّهْرِ مِنْ زَوَالِهِ إلَى بُلُوغِ الظِّلِّ مِثْلَيْهِ ) وَعَنْهُ مِثْلَهُ ، وَهُوَ قَوْلُهُمَا وَزُفَرَ وَالْأَئِمَّةِ الثَّلَاثَةِ
"Peshinning vaqti quyosh og‘gandan boshlab, har narsaning soyasi asliy soyasidan boshqa o‘zining ikki barobari bo‘lgunichadir. Imom Abu Hanifa rahimahulloh bir soya barobar bo‘lgunicha degan rivoyat ham bor. Imomayn, Imom Zufar va uch mazhab sohiblari ham bir barobar bo‘lguncha deganlar" (Raddul muhtor).
Hadisi shariflarda ikki haramda o‘qilgan namozlarning fazilati ko‘plab kelgani va ushbu muborak joylarda ixtilof qilmaslik zarurati sababli yurtdoshlarimiz asr namozini jamoatga iqtido qilgan holda o‘qishlari mumkin. Bu bilan Imom Abu Yusuf va Imom Muhammad raimahullohlarning fatvo bergan hamda ayrim mashoyixlarimiz ixtiyor qilgan fatvoga amal qilgan hisoblanadilar.
Shuni yodda tutish lozimki, ushbu fatvoga amal qilish uchun u yerdagi musulmonlarga xilof qilmaslik zarurati bo‘lgani sababli hamda mazhabimizdagi ayrim ulamolar ixtiyor qilgani uchun ruxsat etilmoqda. Ammo boshqa yurtlarda, xususan, bizning yurtimizda asr namozi ikki soya vaqtida o‘qiladi. Bu vaqtgacha peshin vaqti turgan hisoblanadi. Chunki ikki soya degan gap hanafiy mazhabining fatvosi o‘laroq qabul qilingan (“Anvorul-manosik” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin
👍1
Bu kiyimni ehtiyot qil!

Ibn Sam'oniy aytadi: «Bir kampir Naysabur masjidini qurayotgan rais Abu Ali Mani'iyning huzuriga yarim dinor turadigan kiyim ko'tarib keldi. «Masjid qurayotganingni eshitib, men ham ozgina nafaqa qilib, hissa qo'shgim keldi», dedi kampir raisga qarab. Rais xazinabonni chaqirib, ming dinor keltirishini buyurdi. Kampir olib kelgan kiyimni ming dinorga sotib oldi. Xazinabon kiyimni olgach, rais unga qarab: «Mana bu ming dinor – kampirning nomidan masjid qurilishi uchun ehson. Bu kiyimni esa mening kafanligim uchun saqlab qo'y, Alloh taologa shu kiyimda yo'liqaman», dedi».

“Solihlar gulshani”dan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ҚИЁМАТ КУНИ ШАФОАТ ҚИЛАДИГАН УЧ ТОИФА ИНСОН

❤️ Шайх Саййид Раҳматуллоҳ Термизий

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
​​METAGO ORQALI PUL TOPISH HALOLMI?
#halol_harom

1056-SAVOL: MetaGO platformasi orqali daromad ko‘rish halolmi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. MetaGO dasturi aslida tarmoqli marketingning bir ko‘rinishidir. Unda dasturga kriptovalyuta orqali pul kiritiladi. Kiritgan pulni sun’iy intellekt – robotga pul ishlash uchun ruxsat beriladi. Robot tikilgan pulga bir birjadan ixtiyoriy kriptovalyutani sotib olib, ikkinchi birjaga qimmatroqqa sotadi. Ko‘rilgan daromad oldindan aniq va’da qilingan bo‘ladi va formula asosida taqsimlanadi. Mana shu jarayon atigi 1-2 daqiqa atrofida bajariladi. Dastur ro‘yxatidan o‘tish paytida kriptovalyuta bilan birinchi 100$ hisobni to‘ldirganingiz uchun 6$ pul beradi. Bu bilan ushbu amaliyotda sudxo‘rlikka oid amaliyot borligi ma’lum bo‘lmoqda.
Undan tashqari MetaGO dasturida VIP-1, VIP-2, VIP-3 kabi qator paketlar bo‘lib, ishtirokchi o‘z daromadini ko‘paytirishi uchun muayyan muddat ichida ma’lum sondagi odamlarni dasturga jalb etishi talab etiladi. Aks holda, ishtirokchining daromadi bir xil miqdorda turaveradi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu qimordir. Chunki, odatda o‘sha jalb qilingan odamlar tikkan mablag‘larning ma’lum bir foizi birinchi ishtirokchiga daromad sifatida beriladi, qolgan qismi esa dastur ixtirochilariga ketadi.
MetaGO dasturi orqali pul topish shariatimizga ko‘ra harom sanaladi. Chunki unda ham ribaviy amaliyot, ham qimor bor. Har ikkisi ham dinimizda qat’iyan harom qilingan bo‘lib, botil yo‘l bilan pul topish sanaladi. Alloh taolo O‘zining Kalomida shunday marhamat qilgan:
"يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لَا تَأْكُلُوا أَمْوَالَكُمْ بَيْنَكُمْ بِالْبَاطِلِ إِلَّا أَنْ تَكُونَ تِجَارَةً عَنْ تَرَاضٍ مِنْكُمْ وَلَا تَقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ إِنَّ اللَّهَ كَانَ بِكُمْ رَحِيمًا"
ya’ni: “Ey, mo‘minlar! Mol-mulklaringizni o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemangizlar! O‘zaro rozilik asosidagi tijorat bundan mustasno. Shuningdek, o‘zlaringizni (bir-biringizni) o‘ldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga rahm shafqatlidir” (Niso surasi, 29-oyat).
Barcha Islom ulamolariga ko‘ra, mazkur oyati karimadagi mol-mulklarni o‘rtada nohaq yo‘llar bilan yeyishdan murod – qimor, ribo, tovlamachilik, o‘g‘rilik va yolg‘on gapirib savdo qilish kabi barcha noshar’iy ko‘rinishdagi bitimlar kiradi. MetaGo shunday botil bitimlardan sanaladi.
Bundan tashqari dastur daromadining bir qismi bo‘lmish kriptovalyutalar savdosi ham shar’an joiz emas. Uning joiz emasligiga Xalqaro Islom fiqhi akademiyasi, Misr Arab Respublikasidagi “Dorul-ifto” kabi fatvo tashkilotlari tomonidan ham fatvo berilgan. Bu fatvoni Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh ham tasdiqlaganlar. Chunki kriptovalyutalar haqiqiy “pul birligi” hisoblanmaydi. Zero, bitkoin manbasi noma’lum, kafolati yo‘q, aldov va firib amaliyotlariga nishondir.
Shulardan kelib chiqib MetaGO dasturiga pul tikish va undan daromad olish shar’an harom sanaladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Attahiyat” duosini to‘g’ri talaffuz
qilish va duoning tarixi.

Shayx Alijon qori

Manba: @Alquranuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2👍1
Rizqlar taqsimlanadigan soat

Oysha roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi. Nabiy alayhissalom: “Barvaqt turib rizqlaringizni talab qilinglar. Kunning avvali baraka va najot vaqtidir”, deganlar (Imom Bazzor va Imom Tabaroniy rivoyati).
Fotima binti Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilinadi: “Men subh vaqtida uxlab yotgan edim. SHunda Rasululloh mening oldimdan o'tib qoldilar va uyg'otib: "Ey qizim, tur Rabbingning rizq (taqsimlashiga) shohid bo'l va zinhor g'ofillardan bo'lma!”
Darhaqiqat, Alloh tong otgandan quyosh chiqqungacha bo'lgan vaqt mobaynida odamlarning rizqlarini taqsimlaydi (Imom Bayhaqiy).
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam barchalarimizni barvaqt turib, rizq talab qilishga undab, tong paytida g'aflat holidan chiqarish maqsadida haqqimizga xayr va baraka so'rab duo qilganlar.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
​​EHROMDA VAZELIN ISHLATISH
#Haj_umra

1057-SAVOL: Issiq havoda ko‘p yurish natijasida ayrim odamlarda ikki oyog‘i orasi qizarib, achishadi. Ehromda shunday holatda malham, vazelin kabi narsalar surtsa bo‘ladimi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Ehromdagi kishi siz aytgandek holatga tushib qolganda yoki tovoni yorilganda xushbo‘y bo‘lmagan malhamlardan foydalanishi mumkin. Bunda hech qanday jarima lozim bo‘lmaydi. Agar xushbo‘y malham yoki vazelindan foydalansa, bunda sadaqa qilishi lozim bo‘ladi. Agar ko‘p marta surtsa, jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Shuning uchun bunday kasallikka duchor bo‘lgan inson imkon qadar xushbo‘y bo‘lmagan malhamlardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu haqida fuqaholarimiz shunday deydilar:
وَلَوْ دَاوَى بِهِ جُرْحَهُ أَوْ شُقُوقَ رِجْلَيْهِ فَلَا كَفَّارَةَ عَلَيْهِ ؛ لِأَنَّهُ لَيْسَ بِطِيبٍ فِي نَفْسِهِ إنَّمَا هُوَ أَصْلُ الطِّيبِ أَوْ طِيبٌ مِنْ وَجْهِ فَيُشْتَرَطُ اسْتِعْمَالُهُ عَلَى وَجْهِ التَّطَيُّبِ
“Ehromdagi kishi jarohat, oyoq yoriqlarini zaytun yog‘i bilan yog‘lasa, zimmasiga hech narsa vojib bo‘lmaydi. Chunki u xushbo‘ylik emas, balki xushbo‘ylik olinadigan narsa yoki bir jihatdangina xushbo‘ylik xolos. Kafforat vojib bo‘lishligi uchun uni xushbo‘ylanish uchun iste’mol qilgan bo‘lishi shart” ("Hidoya" kitobi).
Alloma Kamol Ibn Humom rahimahulloh aytadilar:
“Ehromdagi inson yog‘ yoki sirkani yesa, jarohati yoki tovonidagi yoriqlariga surtsa yo qulog‘iga tomizsa, unga hech qanday jarima lozim bo‘lmaydi” ("Fathul Qodir" kitobi).
Mulla Ali al-Qoriy rahimahulloh aytadilar:
ولو تداوى بالطيب او بدواء فيه طيب غالب ولم يكن مطبوخا فألزقه بجراحته يلزمه صدقة اذا كان موضع الجراحة لم يستوعب عضوا
“Agar xushbo‘y narsa bilan yoki xushbo‘ylik g‘olib bo‘lgan narsa bilan davolansa va ular olovda pishirilgan bo‘lmasa, so‘ng uni jarohatiga yopishtirsa va jarohat bir to‘liq a’zoni tashkil qilmagan bo‘lsa, sadaqa lozim bo‘ladi”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Зинода айблаш

🕌 Бухоро вилояти Чор Бакр жоме масжиди имом хатиби — Азизхўжа домла Иноятов

Manba: @bayyinauz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🌙 SALAVOT AYTISHDAN HOSIL BO'LADIGAN FOYDALAR

Salavotning foydalarini ko'pgina ulamolar aytib o'tishgan. Masalan, Hofiz ibn Hajar Asqaloniy kabi buyuk olimlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salavotu salom aytishning quyidagicha foydalarini bayon qilishgan:

1. Salavot aytish – Alloh subhanahu taoloning buyrug'iga bo'ysunishdir.
2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish – Alloh taologa muvofiqlikdir. To'g'ri, Allohning salavoti boshqa, bizning salavotimiz boshqa. Lekin bizning salavotimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga duo bo'lsa, Allohniki u zotni maqtash va ulug'lashdir.
3. Salavot aytish farishtalarning salavotiga ham muvofiqlikdir.
4. Bir marta salavot aytgan kishiga Alloh taolodan o'nta salavot bo'ladi.
5. Salavot aytgan kishining darajasi o'n baravar ko'tariladi.
6. Salavot aytgan kishiga o'nta yaxshilik yoziladi.
7. Salavot aytgan kishining o'nta yomonligi o'chiriladi.
8. Duodan oldin salavot aytilsa, duoning ijobat bo'lishidan umid ko'proq bo'ladi, chunki salavot duoni Allohning huzuriga olib chiqadi. Salavot bo'lmasa, duo yer bilan osmon o'rtasida to'xtab qolishi mumkin.
9. Salavot aytish sababidan biron narsa vasila qilingan bo'lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shafoat qiladilar.
10. Salavot aytish gunohlarning kechirilishiga sababdir.
11. Salavot aytish sababli Alloh taolo bandaning muammolarini hal qiladi.
12. Salavot aytgan banda Qiyomat kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqin bo'ladi.
13. Salavot aytish kambag'al kishi uchun sadaqa o'rnida bo'ladi.
14. Salavot aytish ehtiyojlarning qondirilishiga sababdir.
15. Banda salavot aytsa, Alloh va farishtalar ham unga salavot yo'llaydi.
16. Salavot aytish bandani poklaydi.
17. Ko'p salavot aytish bandaga o'limidan oldin jannat xushxabari berilishga sabab bo'ladi.
18. Salavot Qiyomat kunidagi dahshatlardan qutulishga sababdir.
19. Mo'min odam salavot aytsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga javob qaytaradilar.
20. Odam salavot aytsa, esidan chiqargan narsalari yodiga tushadi.
21. Salavot aytish majlisning chiroyli o'tishiga sababdir. Salavot aytilgan majlis ahli Qiyomat kuni afsus-nadomat qilmaydi.
22. Salavot aytish faqirlikni ketkazadi.
23. Salavot aytish bandadan baxillikni ketkazadi. Baxillik qila boshlagan kishi salavot aytsa, saxiy odamga aylanadi.
24. Salavot aytib yuradigan odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Huzurida mening nomim aytilganida menga salavot aytmagan kishining burni yerga ishqalansin», degan duoyi badlaridan qutulib qoladi.
25. Salavot aytish kishini jannat tomonga boshlaydi. Salavotni tark qilgan odam jannat yo'lidan adashadi.
26. Salavot aytish Alloh va Rasuli zikr qilinmagan, hamd aytilmagan va ulug'lanmagan, salavot aytilmagan yig'ilishning yomon oqibatlaridan saqlaydi.
27. Hamd va salavot bilan boshlangan so'zlar mukammal bo'ladi.
28. Salavot aytib yurgan banda Sirot ko'prigida to'liq nurga ega bo'ladi.
29. Salavot sababli banda zulmkorlikdan saqlanadi.
30. Alloh taolo salavot aytgan bandaga osmonu yer ahli orasida chiroyli maqtovlar aytadi, chunki salavot aytgan odam Rasululloh sollalohu alayhi va sallamni maqtagan bo'ladi, Alloh taolodan u zotni ulug'lashni so'ragan bo'ladi va shu so'roviga yarasha o'ziga ham go'zal maqtovlar qaytariladi.

“Eng sharafli ummat” kitobidan.

Manba @mehrob_uz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
“Uzr-a? Rozi bo'l!” deyish bilan masala hal bo'lib qolmaydi. So'kasan, haqorat qilasan, qo'rqitasan, tahqirlaysan-da keyin “rozi bo'l” deysan.
To'xta, ko'raylikchi, rozi-rizochilik shunchalik oson ekanmi?!

Yo'q! Yetkazgan ozoring qadar ozor chekasan!
Yig'latganing qadar yig'laysan!
G'amga botirganing qadar g'am chekasan!
Nima ekkan bo'lsang, o'shani o'rasan!
(Keyin rozichilik bo'ladi!)

Aytishadiki: Bo'ri qishdan chiqadi ammo totgan sovuqlarni unutmaydi!

Seni deb necha tunlar o'yqusiz o'tdi!
Seni deb qancha ko'zyoshlar to'kildi!
Ishtahalar bo'g'ildi!
Halovati yo'qoldi!
Bularning javobi nima bo'ladi?!

Sen Allohni g'ofil deb o'ylayapsanmi?!
Qaqshatganing jonlarni, unsiz yig'latganing insonlar ohini Alloh eshitmaydi deb o'ylaysanmi?!

Aslo. Hech kimning qilmishi javobsiz qolmaydi!

Manba @IkromSharif

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birovning haqqini yeyish uning qonini to‘kish bilan teng

Ismoil Muhammad Sodiq

Manba @islomuz

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
​​MUSOFIRNING RO‘ZASI
#ro‘za

1058-SAVOL: 1) Musofirda yurgan kishi ro‘za tutmasa bir kun tutmagani uchun bir kun turib beradimi?
2) Agar musofirlikda yursayu ro‘zani tutsa iftorgacha ro‘zasini buzib qo‘ysachi?

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. 1. Avvalo ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan musofir kimligini bilib olishimiz kerak. Ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan musofir deb safar masofasiga (taqriban 90 km) 15 kundan kam muddatga borgan odamga aytiladi. Urfimizda chet davlatlarga 15 kundan uzoq muddatga biror ish yuzasidan borgan odamlarni ham musofir deyiladi. Ammo bunday kishilar shar’iy e’tibordan musofir hisoblanmaydi. Ular namozni qasr qilish va ro‘zani keyinroq tutib berish kabi hukmlar joriy qilinadigan musofir hisoblanmaydi.
Dinimizda haqiqiy ma’nodagi musofir kishilarga safarda yurgan paytlarida ularga ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan. Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan:
أَيَّامًا مَعْدُودَاتٍ فَمَنْ كَانَ مِنْكُمْ مَرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِنْ أَيَّامٍ أُخَرَ وَعَلَى الَّذِينَ يُطِيقُونَهُ فِدْيَةٌ طَعَامُ مِسْكِينٍ .... (184)
“Sanoqli kunlar. Bas, sizlardan kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, sanog‘i boshqa kunlardandir. Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir...” (Baqara surasi, 184-oyat).
Safardagi kishiga ro‘zasi zarar qilmasa, ro‘za tutgani afzal. Lekin ro‘za tutmasa ham uzrli hisoblanadi, gunohkor bo‘lmaydi. Ramazondan keyin imkon bo‘lishi bilan qolib ketgan kunlarning ro‘zasini bir kuniga bir kun qazosini tutib beradi.
2. Musofir kishi subh vaqtida ro‘zani niyat qilib so‘ng biror sabab bilan yoki sababsiz ro‘zasini ochib yuborsa, qazosini tutishi shart bo‘ladi ammo kafforat vojib bo‘lmaydi.
Bu haqda mazhabimizdagi mashhur fatvo kitoblaridan biri “Fatavoi hindiya” kitobida shunday deyilgan.
فَالْأَصْلُ عِنْدَنَا أَنَّهُ إذَا صَارَ فِي آخِرِ النَّهَارِ عَلَى صِفَةٍ لَوْ كَانَ عَلَيْهَا فِي أَوَّلِ الْيَوْمِ يُبَاحُ لَهُ الْفِطْرُ تَسْقُطُ عَنْهُ الْكَفَّارَةُ كَذَا فِي فَتَاوَى قَاضِي خَانْ
"Bu borada bizning nazdimizdagi asl qoida shuki, (ro‘zador) kishi kunning oxirga qismida ro‘za tutmaslikni muboh qiladigan holatda bo‘lsa, undan kafforat soqit bo‘ladi". Ya’ni, ro‘zador kishi kunning oxirgi qismida ro‘za tutmaslikni muboh qiladigan musofirlik yoki bemorlik holatida bo‘lsa va shu holatda ro‘zasini ochib yuborsa, unga kafforat vojib bo‘lmaydi.
Shunday ekan musofir kishi ro‘za tutib so‘ng biror uzr bilan yoki uzrsiz ro‘zasini ochib yuborsa, qazosi vojib bo‘ladi, kafforat vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Manba @fatvouzlotin

👉@Tasadduq_yo_rosululloh
2025/10/17 18:31:33
Back to Top
HTML Embed Code: