TILLANISOEN Telegram 2422
QALBLAR BOR

Otam telefon qilishini
hech istamaganman.
Va telefon qilganda
doim — „sog'mi“, „ shukr“,
doim — qochib qolish.
Uyga borganda, gaplashganda,
o'tirganda — shu.
Go'yo otamning har telefon qilishi mash'um xabarday.
Otam bizga umrini berdi,
borini berdi otam.
Va rozi o'z hayotidan.
Men roziligi uchun baxtiyorman,
Ammo otam doim haq —
Qachon telefon qilsa haq,
Qachon gapirsa haq!
Otamning bu haqligi
masofalar
soldi o'rtamizga:
Qo'rquv masofalari
Qochish masofalari.
Va yolg'on masofalari.
Va mening jimligim
masofalari.
Va mening zulmim
masofalari:
Onamga va o'zimga.
Doim otamga aytolmagan gapimni
Onamga aytdim va jerkdim.
Jimligim yolg'onlarining rostlarini
Onamga aytdim va qo'rqitdim.
Yig'ladi onam —
Onam bilan
qachon gaplashsak
ko'zda yosh bo'ldi.
„Erkinlik — yolg'on gapirmaslik huquqi“.
Birinchi kurs
talaba edim.
Kursdoshlarimdan eshitdim bu so'zni.
Va hayratda edim.
Nahot dunyoda bor shunday
huquq?
Rost bo'laman dedim.
Bu onamni, singlim, atrofdagilar
Va oxir-oqibat qalbimni
qo'rqitdi.
Hamon savol beraman:
Nahot shunday huquq bor?
Onam hayotdan rozi emasdi.
Otamdan farqli —
Men uni ko'p jerkdim.
Bir kun aytdiki:
Men oddiy ayolman,
Qishloqda tug'ildim, o'sdim.
Bilmayman — yolg'on nima,
rost nima.
Onam iloha emas edi —
Oddiy bir ayol.
Keyin ilohalik
idealini yulib
otdim qalbimdan.
Va hamon onamga achinar edim.
Onam o'qishimni istagandi.
Va otam undan ham ko'p.
Onam aytardi:
O'qisang, qo'lingda
bo'lsa to'rt-besh so'm pul.
Eringni qo'liga
qolmaysan qarab.
Hech bo'lmasa ich kiyimingni
o'zing olasan.
Otam aytardiki:
Divanlarda o'tirasan, shaharda
yashaysan -
Va kazo-kazo bo'ladi
tanishlaring ham.
Boy bo'lasan va baxtli.
O'qidim
Jimligim haqqi har narsadan ko'proq sevdim o'qishni.
Va otam va onam aytgan go'zal hayot tasavvurlarin.
Lekin ota-onam aytgandek bo'lmadim.
Biroz farqli bo'ldim —
Biroz ongliroq.
Rejada bu ko'zda tutilmagandi:
Na er va qo'liga qarash,
Na kazo-kazolar ,
Va na divanlar qiziqmas
edi menga.
Ko'rsam yalang'och qalb
ko'ray dedim.
Bersam, beray dedim
qalb rostlarini.
Va baxt ham, rostlik ham
ko'ringandan
dedim boshqaga.
Yolg'on orasidan topmoq kerak, dedim uni.
Va bu jang edi.
Lekin jangchi bo'lishim
rejada ko'zda tutilmagandi.
Sevsam, sevgidan to'xtasin
damim dedim —
Ichimga tushsin,
Yonib sevsin, yonib sevay,
To'lsin ruhim va ichim.
Bahridan kechay barining bu sevgi haqqi -
Lekin rejada ko'zda tutilmagandi.
Onamning xavotiri - dunyo yomon erkakka to'la,
Ko'chaga chiqma ular bor mahal,
Uzoqqa ketma
Yovuz ruh kabi
Yovuz erkaklar bor,
Va atrif xavotiri -
G'iybatlar, pichir-pichirlar -
Ko'chaga chiqma,
Yovuz ruh kabi
Yovuz erkaklar bor.
Men chiqdim - axir menga dunyo kerak edi
Va toza havo.
Axir dunyoda
Qalblar
Hislar va
Buyuk g'oyalar bor.
Men chiqdim —
Hamon ketmoqdaman,
Hamon yo'ldaman.
Faqat otam bilmaydi —
Yolg'on shaklidagi butun
erksizliklar bor.
Men chiqdim —
Onam xavotirdan
o'lib qolishi haqida
qo'rquv yo'llaydi.
Men chiqdim —
Atrof to'la pichir-pichirlar,
shivir-shivirlar.
Men chiqdim axir
dunyoda
Qalblar
Hislar
Va buyuk g'oyalar bor.
Boshqa hech narsa—
Na Tangri, Xudo,
Na shayton, o'lim
Na qo'rquv va vaqt,
Qalblar bor!



tgoop.com/TillanisoEN/2422
Create:
Last Update:

QALBLAR BOR

Otam telefon qilishini
hech istamaganman.
Va telefon qilganda
doim — „sog'mi“, „ shukr“,
doim — qochib qolish.
Uyga borganda, gaplashganda,
o'tirganda — shu.
Go'yo otamning har telefon qilishi mash'um xabarday.
Otam bizga umrini berdi,
borini berdi otam.
Va rozi o'z hayotidan.
Men roziligi uchun baxtiyorman,
Ammo otam doim haq —
Qachon telefon qilsa haq,
Qachon gapirsa haq!
Otamning bu haqligi
masofalar
soldi o'rtamizga:
Qo'rquv masofalari
Qochish masofalari.
Va yolg'on masofalari.
Va mening jimligim
masofalari.
Va mening zulmim
masofalari:
Onamga va o'zimga.
Doim otamga aytolmagan gapimni
Onamga aytdim va jerkdim.
Jimligim yolg'onlarining rostlarini
Onamga aytdim va qo'rqitdim.
Yig'ladi onam —
Onam bilan
qachon gaplashsak
ko'zda yosh bo'ldi.
„Erkinlik — yolg'on gapirmaslik huquqi“.
Birinchi kurs
talaba edim.
Kursdoshlarimdan eshitdim bu so'zni.
Va hayratda edim.
Nahot dunyoda bor shunday
huquq?
Rost bo'laman dedim.
Bu onamni, singlim, atrofdagilar
Va oxir-oqibat qalbimni
qo'rqitdi.
Hamon savol beraman:
Nahot shunday huquq bor?
Onam hayotdan rozi emasdi.
Otamdan farqli —
Men uni ko'p jerkdim.
Bir kun aytdiki:
Men oddiy ayolman,
Qishloqda tug'ildim, o'sdim.
Bilmayman — yolg'on nima,
rost nima.
Onam iloha emas edi —
Oddiy bir ayol.
Keyin ilohalik
idealini yulib
otdim qalbimdan.
Va hamon onamga achinar edim.
Onam o'qishimni istagandi.
Va otam undan ham ko'p.
Onam aytardi:
O'qisang, qo'lingda
bo'lsa to'rt-besh so'm pul.
Eringni qo'liga
qolmaysan qarab.
Hech bo'lmasa ich kiyimingni
o'zing olasan.
Otam aytardiki:
Divanlarda o'tirasan, shaharda
yashaysan -
Va kazo-kazo bo'ladi
tanishlaring ham.
Boy bo'lasan va baxtli.
O'qidim
Jimligim haqqi har narsadan ko'proq sevdim o'qishni.
Va otam va onam aytgan go'zal hayot tasavvurlarin.
Lekin ota-onam aytgandek bo'lmadim.
Biroz farqli bo'ldim —
Biroz ongliroq.
Rejada bu ko'zda tutilmagandi:
Na er va qo'liga qarash,
Na kazo-kazolar ,
Va na divanlar qiziqmas
edi menga.
Ko'rsam yalang'och qalb
ko'ray dedim.
Bersam, beray dedim
qalb rostlarini.
Va baxt ham, rostlik ham
ko'ringandan
dedim boshqaga.
Yolg'on orasidan topmoq kerak, dedim uni.
Va bu jang edi.
Lekin jangchi bo'lishim
rejada ko'zda tutilmagandi.
Sevsam, sevgidan to'xtasin
damim dedim —
Ichimga tushsin,
Yonib sevsin, yonib sevay,
To'lsin ruhim va ichim.
Bahridan kechay barining bu sevgi haqqi -
Lekin rejada ko'zda tutilmagandi.
Onamning xavotiri - dunyo yomon erkakka to'la,
Ko'chaga chiqma ular bor mahal,
Uzoqqa ketma
Yovuz ruh kabi
Yovuz erkaklar bor,
Va atrif xavotiri -
G'iybatlar, pichir-pichirlar -
Ko'chaga chiqma,
Yovuz ruh kabi
Yovuz erkaklar bor.
Men chiqdim - axir menga dunyo kerak edi
Va toza havo.
Axir dunyoda
Qalblar
Hislar va
Buyuk g'oyalar bor.
Men chiqdim —
Hamon ketmoqdaman,
Hamon yo'ldaman.
Faqat otam bilmaydi —
Yolg'on shaklidagi butun
erksizliklar bor.
Men chiqdim —
Onam xavotirdan
o'lib qolishi haqida
qo'rquv yo'llaydi.
Men chiqdim —
Atrof to'la pichir-pichirlar,
shivir-shivirlar.
Men chiqdim axir
dunyoda
Qalblar
Hislar
Va buyuk g'oyalar bor.
Boshqa hech narsa—
Na Tangri, Xudo,
Na shayton, o'lim
Na qo'rquv va vaqt,
Qalblar bor!

BY Hid Gallyutsinatsiyasi


Share with your friend now:
tgoop.com/TillanisoEN/2422

View MORE
Open in Telegram


Telegram News

Date: |

There have been several contributions to the group with members posting voice notes of screaming, yelling, groaning, and wailing in different rhythms and pitches. Calling out the “degenerate” community or the crypto obsessives that engage in high-risk trading, Co-founder of NFT renting protocol Rentable World emiliano.eth shared this group on his Twitter. He wrote: “hey degen, are you stressed? Just let it out all out. Voice only tg channel for screaming”. Matt Hussey, editorial director at NEAR Protocol also responded to this news with “#meIRL”. Just as you search “Bear Market Screaming” in Telegram, you will see a Pepe frog yelling as the group’s featured image. So far, more than a dozen different members have contributed to the group, posting voice notes of themselves screaming, yelling, groaning, and wailing in various pitches and rhythms. As the broader market downturn continues, yelling online has become the crypto trader’s latest coping mechanism after the rise of Goblintown Ethereum NFTs at the end of May and beginning of June, where holders made incoherent groaning sounds and role-played as urine-loving goblin creatures in late-night Twitter Spaces. Among the requests, the Brazilian electoral Court wanted to know if they could obtain data on the origins of malicious content posted on the platform. According to the TSE, this would enable the authorities to track false content and identify the user responsible for publishing it in the first place.
from us


Telegram Hid Gallyutsinatsiyasi
FROM American