tgoop.com/TopikZone/990
Last Update:
Nobel mukofotini olgan birinchi osiyolik ayol.
Hozir siz bilan o’zbek vikipediasida nomi kiritilmagan lekin butun dunyo tomonidan tan olingan ayol haqida gaplashamiz. Yaqin orada Xan Gan(한강) ismiga ko’zingiz tushgani aniq. Chunki bu ayol haqida ma’lumotlar kam bo’lsa-da, uning kutilmaganda erishgan yutug’i hammaning e’tiboriga tushdi.
Xan Gan 1970-yil 27-noyabrda Janubiy Koreyaning Gvangju shahrida tug’ilib, Seulga kelgan. Oilasida otasi va akasi yozuvchi bo’lgani uchun bolalikdan adabiyotga qiziqqan. Adiba Yonse universitetining koreys adabiyoti yo’nalishida o’qigan. 1990-yilda birinchi hikoyalar to’plamini chop etilgan.
Uning o’zbek tiliga faqatgina “Vegetarian” asari tarjima qilingan. Yozuvchi ko’p xalqaro mukofotlarni qo’lga kiritgan lekin Nobel mukofotiga erishish orqali nafaqat o’zi uchun, balki Koreya madaniyati uchun ham tarix yaratib berdi.
(Xan Ganning o’zbek tiliga faqatgina bitta asari tarjima qilinganini hisobga olganda qolgan asarlarini tarjima qilish imkoniyati sizda mavjud😊)
BY TOPIK ZONE korean school
Share with your friend now:
tgoop.com/TopikZone/990