🇺🇿 🇺🇿#Registrator_ofisi
🔵TATU Urganch filialida "Registrator ofisi" faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.
🔺Hurmatli talabalar, “Registrator ofisi” quyidagi kabi vazifalarni bajaradi hamda hamisha murojaatchilarga yordam berishga tayyor:
➡️Grantlar va tanlovlar haqida ma'lumot berish;
➡️Ilmiy konferensiyalar haqida ma'lumot berish;
➡️ Innovatsion g‘oya va startaplarni ro‘yxatdan o‘tkazishga yordam berish;
➡️Talabalarga nomdor stipendiyalar haqida ma'lumot berish;
➡️ Turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etish;
➡️ Oʻqishga qabul qilingan xorijiy talabalarni elektron tizimda ro‘yxatga olish va fanlarga biriktirish;
➡️Dars jadvallari haqida ma'lumot taqdim etish;
➡️ Qayta o‘qish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
➡️Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar to‘g‘risida talabalarga ma'lumot taqdim etish;
➡️Sirtqi va masofaviy ta'lim shaklida o‘qiyotgan talabalar uchun chaqiruv qog‘ozini shakllantirish;
➡️Akademik ma'lumotnoma va transkript berish;
➡️Imtihonlar ro‘yxatini taqdim etish;
➡️O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
➡️Talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
➡️ Talabaga o‘zining GPA ko‘rsatkichi haqida ma'lumotnoma taqdim etish;
➡️Talabalarning parolini tiklash;
➡️ Talabalarga tibbiy sug‘urta olish uchun yordam berish;
➡️ O‘qishga qabul va o‘qishni ko‘chirish yuzasidan konsultatsiya berish;
➡️ Oliy ta'lim muassasasida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida ma'lumot berish;
➡️ Akademik qarzdor talabalarni aniqlash hamda ular bilan ishlash;
➡️Talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga yordam berish;
➡️Ishga joylashgan bitiruvchilar haqida ma'lumot kiritish va olish;
➡️To‘lov-shartnoma summasini belgilash, hisoblash va taqdim etish;
➡️ Akademik qarzdor talabalar uchun qayta o‘zlashtirish miqdorlarini belgilash va tasdiqlash.
TATU Urganch filiali matbuot xizmati
🌐Instagram/
📹Youtube/
✅Facebook/
🌐Website