tgoop.com/Urolik/651
Last Update:
#архив 📌
#фойдали_маслаҳатлар 🏥
Nega pornografiya ularda bir-biriga bo‘lgan jinsiy mayllikni zaif qiladi?
Shunday qilib, pornografiya tomosha qilish er-xotinning jinsiy xirsini oshirishga xizmat qilishi mumkinligi, lekin bu shahvat aslo bir-birlariga nisbatan emas balki filmdagi qahramonlarga ekani kundak ravshan. Bir tomonda er va boshqa tomondan xotin aslida umuman begona bir inson bilan jinsiy aloqada bo‘ladilar. Bular hali muammoning bir qismigina holos.
Ikkinchi qismi esa – pornografik xayolotga o‘rganib qolishlik. Kuyovga bir nazar soling. Agar u aloqa asnosida kelinning o‘rnida boshqa ayolni tasavvur qilsa, u o‘z xayolotlariga tobora bog‘lanib boradi va kelin unda shahvat uyg‘otmay qo‘yadi. Bundan tashqari uning xayoloti tezda o‘z kuchini yo‘qota boshlaydi. Uning shahvati qayta qo‘zishi uchun unga yana yangi xayolot kerak bo‘ladi bu degani yangi ayollarni xohlashlik. Avvalida boshqa bir ayolni o‘ylashi kifoya qiladi. Biroq bu xayolot juda qisqa vaqt ichida o‘z kuchini yo‘qotadi. Chunki xayol jonli odamning ta’siriga ega emasligi ma’lum fakt. Shuning uchun ham kuyovning xayoloti tez buzila boshlaydi.
Endi bu sho‘rpeshona nafaqat boshqa ayolni tasavvur qilishi kerak, balki boshqa xil ayolning boshqacha jinsiy aloqalarda ekanligini tasavvurida jonlantirishga majbur. Aks holda unda jinsiy shahvat uyg‘onmaydi. U nafaqat jinsiy aloqadan oldin, balki jinsiy aloqa vaqtida ham pornografiya ko‘rishni xohlashi mumkin. Bu yerda faqat xayolotlar bilan ish bitmasligi tayin. Endi u porno-xayolotlarini voqelikka olib o‘tishiga harakat qila boshlaydi.
Pornografiya qanday qilib lazzatni oshirishi mumkin bo‘lgan narsaga putur yetkaza oladi?
Ba’zan er va ayol o‘zlarining jinsiy munosabatlaridan qoniqmasligi oqibatida pornografiyaga murojaat qilishlari hayotda juda ko’p uchraydi. Ular pornografiya tomosha qilish orqali muammolaridan xalos bo’lishni o’ylashadi. Ko‘rganimizdek, pornografiyaday illat er-xotin aloqalaridagi muammolarni yechishlari uchun lozim bo‘lgan va lazzatni oshiruvchi omillarga putur yetkazadi.
Kinodagi jarayonlarni hayotda tadbiq qilishlik orqali lazzatlanishni ortirish mumkin deb o’ylashishadi va ba’zi holatlarda o’z juftlaridan bularni talab qilishadi. Qabul qilmagan juftlar ortasida nizo kelib chiqadi.
Qabul qilsa ham ma’lum vaqtdan keyin bu lazzat ham yetmay qolib, yangi sarguzashtlar ortidan quva boshlashadi.
Jinsiy dilsiyohlik juda ko‘p sabablarning oqibatidir. Ehtimol, er-xotin jufti jinsiy aloqaga egoizm (o’zini o’ylash) ruhida yondashayotgandir va berish o‘rniga faqat olishni xohlayotgandir. Ehtimol, ular pornografiyada ko‘rgan aloqalarni jinsiy hayotda ham kutgan yoki tasavvur qilgandirlar. Ehtimol, ularning biri kasaldir, xafadir yoki qarishdan qo‘rqayotgandir. Biroq aksar hollarda jinsiy dilsiyohlikka sabab ikki tarafning bir-biri ila sog‘lom aloqalar qura olmasligi bo‘lishi mumkin. Masalan, hayotiy tajribasi oz bo‘lganlar mudom janjal va xiyonat qilishlari yoki shunchaki o‘tirib gaplashib olish uchun vaqtlari bo‘lmasligi mumkin.
Hayotda to’g’ri tushunchaga ega bo’lganlar juftlar bunday muammolar domiga tushmaydi, tushishsa ham osonlik bilan yenga oladilar. Pornografiya esa bu muammolarni yecha olmaydi, balki yanada qiyinlashtirib yuboradi.
Har kim jinsiy hayot lazzatini o’zning qonuniy, halol juftidan topishi kerak.
@urolik
BY 💡UROLIK MASLAXAT ➰
Share with your friend now:
tgoop.com/Urolik/651