tgoop.com/UstozMarkaz/25
Last Update:
O'quvchini hech qachon kamsitmang!
Deyarli hamma o'quv markazlarda o'zlashtirish darajasi past bo'lgan o'quvchilar bo'ladi. Ko'pincha shu kabi o'quvchilarga o'qituvchilarimiz yaxshi munosabatda bo'lishmaydi.
"Oddiy narsani ham tushunmaysiz", "Yana vazifani bajara olmadingizmi? Oddiy narsaku axir", "Sizda ingliz tilini o'rganishga qobiliyat yo'q" va shunga o'xshagan gaplar bilan o'z "iste'dodlarini" ko'rsatadi.
☝️Hurmatli o'qituvchi! Ingliz tili yoki boshqa tillarni o'rganishga iqtidoringiz yo'q deb hech qachon aytmang. Ingliz tilini va boshqa tillarni o'rganishga iqtidor talab qilinmaydi. Shunchaki eshitish va eshitib-yozish ko'nikmalarini to'g'ri ketma-ketlikda doimiy ravishda amalga oshirib borish kerak. Agar iqtidor talab qilinganda, siz hozir o'zbek tilida ham gaplasha olmayotgan bo'lar edingiz.
Ustozlar
BY Ustoz Markaz

Share with your friend now:
tgoop.com/UstozMarkaz/25