tgoop.com/VITA_info_uz/1924
Last Update:
🤵♂ HYU LORI... Kim u.?
Hech kim tanimaydimi bu insonni🤷♂
💁♂ Marhamat oʻylab koʻring: u ham shifokorlar oilasida tug'ilgan, sportchi, olimpiya chempion, musiqachi va aktyor.
Demak bu insonn...
Oʻsha mashhur "Doktor XAUS" janoblari.
Bu inson ushbu roli uchun xatto "Ginneslar rekordi" kitobiga kiritilgan va xozirda oʻz mamlakatida Britaniya Qirolichasidan ham badavlat inson hisoblanadi.
💵 SHu paytgacha topgan boyligini "Forbes" erinmasdan hisoblab chiqibdi: yiliga 40 million$ dollar atrofida topishini hisobga olsak 2011-yildan beri to'plagan puliga bizda Sardoba suv omborini qurib bera olarkan.
(360 million dollar biz ham erinmadik hisoblashga).
Bu kinoserialda shifokorlar qanday bo'lishini emas ularni vazifasini qanday uddalashiga eʼtibor qaratilgan.
Ko'plab shifokorlar asabiy yoki kam gapirishi yoki boʻlmasa o'zini sogʼligiga eʼtibor bermasligi ham mumkin aslida. Kasalliklar ham boshida eʼtibor berilmasa ham bo'ladigan, hayot tarziga taʼsir qilmaydiganday tuyilishi va keyinchalik o'lim bilan tugashiga sabab bo'lishini...
Doktor Xaus filmida juda chiroyli ko'rsatib berilgan.
☝️ Bularga esa ko'plab kasb kasalliklari ham sabab bo'ladi. Yaqinda biz ishlaydigan dorixonaga bemor keldi: shifokor ko'rigiga borgan ekan yoshi taxminan 20-22 atrofida.
Qurilishda bo'yoqchi bo'lib ishlashini va oxirgi paytlarda "жидкий обой" orqali xonadonlarni tamirlaganini aytdi va oxirida jim bo'lib qoldi.
Kuchli bronxial astma kasalligi va jigar kasalligini orttirib olibdi. Chang va bo'yoqdagi toksinlar jigar va nafas yo'liga tasir qilgan oqibat shu azamat hali 25 ga kirmasdan nafasim qisib qolmasmikin degan havotir bilan kuni o'tadi.
🤷♂ Hammada ham bu hol bo'lishi mumkin va har qaysi kasbda shu kabi xolat bo'lishi mumkin aslida. Eng muhim organlarimizdan biri jigarni extiyot qilishimiz kerak ekan.
Shu sabab jigarni tiklovchi dorilar bilan bir tanishib oling:
➖ Essensial forte - jigar hujayralarini tiklaydi,
➖ Gepa merts - qon tomirlar va jigarda to'planadigan zahar "ammiakdan" tozalaydi,
➖ Antral - bolalar va kattalar uchun jigar kasalliklarida qo'shimcha himoya preparati,
Biz esa sog'ligingizga eʼtibor berishingizni soʻraymiz...😊
VITAinfo.uz sogʻligʻingizga befarq boʻlmang...
P.s: oʻziga qaramasdan tinimsiz ishlaydiganlarga joʻnatib qoʻyamiz...😉
BY Dorilar haqida malumot VITAinfo.uz 🌐

Share with your friend now:
tgoop.com/VITA_info_uz/1924