YAQINOZBEK Telegram 4279
#mulohazam
Assalomu alaykum va rohmatullohi...
Kech bo‘lganda yozmoqlikni istadi bu qalb, aytib yurmaysiz...
Bugun Ona madrasadir kursimizdagi nazariy darsdan so‘ng shu fikrlar kelib qoldi...

Aksarimiz, mehmondo‘stmiz, dasturxon yoyish, keldi ketdilarga " Ustasi farang" bo‘lib ketganmiz: qanday dasturxon yozilishidan tortib, yostiq, ko‘rpachalar bir xilligi, idish tovoq, sanchqi qoshiqlarning qaysi tarafda turishiyu, qo‘yiq, suyuq, ovqatidan tirtib, shirinlik mevaga qadar hech narsani nazardan qochirmaymiz..
Guli guliga mos va hamma narsa bekamu ko‘st bo‘lmog‘i zarur...

Mehmonxonalarimiz bir emas, ikki uchtalab bezatiladi vaqti kelsa...
Unga ajratilgan vaqt, moddiy harajatlar, asti qo‘yaverasiz...

‼️Natija, baribir kimdir nimadandir norozi bo‘lib chiqib ketadi. Kim uchun shuncha yelib yugurish, to‘qlarni to‘ydiradigan ehsonlar, maraka, qirq, yil, o‘lik oshi, gap gashtak, uruflar, hoji oshi yana nimalardir...

Maqsadimiz nima?

To‘g‘ri ehson qilmoq dinimizda buyurilgan, ammo qanday, qay tartibda, kimlarga qilinishi kerak!
Hech shular haqida ham o‘ylab, o‘qib izlanganmizmi!?

Masalaning yana bir  og‘riqli tomoni bor,  mexmonxonalarga aylangan uyumizda farzandimiz uchun ajratilgan xona, yoki bur burchak bormi?!
Bolamuzning qiziqish, xohishlari  inobatga olingan, o‘zi istagandek, bola bo‘lib yayrashi uchun zaruriy choralar ko‘rilganmi?!

Bolalar xonasi, yoki lux mebellar bilan bezatilgan xonalarni nazarda tutmayapman:(chizma,archima, yirtma, qimmatga olganmiz,ushlama sakrama,sindirpsan, buni falon pulga sen uchun olganmiz,degan minnatli so‘zlar)
O‘z xonasida, o‘ziga erkinlik berilmagan soxta, ko‘rgazma uchun qurilgan, ortiqcha" komfort" sharoitli bola xonalari emas...

Bolalarimiz, kirsa ko‘zi yashnaydigan, ular uchun oddiy lekin qulay bo‘lgan miiti farishtalarimiz uchun kichik beg‘ubor dunyochani nazarda tutdim, ajratilgan xonaning o‘zigina emas, bolalar tarbiyasiga, ta'limiga, rivojlanishiga qaratilgan e'tiborimiz, dunyo bezaklarga o‘chligimiz, odamlarni rozi qilishga bo‘lgan intilishimizchalik bormi?!

Axir, farzandlar omonat, Oxiratda har birimuz so‘ralamiz, bu omonatlardan...
Bu bilan hech kimni yashash tarziga, sharoitiga e'tiroz bildirib, tanqid qilmoqchi emasman. Faqatgina, nima qilayotganimizni, qanday yo‘ldan ketayotganimizni ongli ravishda tafakkur qilib, joy- joyiga tushurib olaylik deyman...
Farzandimizga bizdan ko‘ra kerakliroq, muhimroq, jon kuydiradigan hech kim yo‘q!

Biz ayni damda ularga namuna, o‘rnak o‘laroq kerakmiz, ular bizga haqiqatda muhtoj...

Farzand tarbiyasini, ta'limini e'tiqidini bir chetga surib qo‘yib, dunyo uchun, o‘zining moddiy manfaati uchun ishlashga oshiqayotgan Ayollarni, Uhud g‘azotida, o‘z joyini tashlab, himoyani qo‘yib o‘lja uchun yugurib tushib ketgan kamonchilarga o‘xshataman...

SHaxsiy fikrim...
Dunyo bilan o‘ralashib qoldik...
Maqsadni qo‘yib...
Bor  imkoniyatdan foydalanib, qo‘ldan kelgan zaruriy choralarni ko‘raylik, izlagan imkon topadi, har qanday vaziyatning go‘zal yechimi bor...

Rahimova Barno

@UmmuAbubakrBilol

https://www.tgoop.com/YaqinOzbek

tgoop.com/YaqinOzbek/4279
Create:
Last Update:

BY YAQIN

Share with your friend now:
tgoop.com/YaqinOzbek/4279

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

The best encrypted messaging apps Although some crypto traders have moved toward screaming as a coping mechanism, several mental health experts call this therapy a pseudoscience. The crypto community finds its way to engage in one or the other way and share its feelings with other fellow members. A new window will come up. Enter your channel name and bio. (See the character limits above.) Click “Create.” Telegram users themselves will be able to flag and report potentially false content. How to create a business channel on Telegram? (Tutorial)
from us

Telegram YAQIN
FROM American