tgoop.com/abbosova_mehrinoz/1556
Create:
Last Update:
Last Update:
***
Osmon oq gul sochar, vaʼdalar sochar
sodda daraxtlarning ko‘nglini xushlab.
Zamin ko‘rayotgan oppoq tushlarning
taʼbirin topmoqqa shoshilar qushlar.
Xazina otamning, olim otamning
chiroqsiz tunlarda qalami nishlar.
Shaharning yaltiroq davralarida
jarang sochaverar bo'm-bo'sh "idish"lar.
Hech yo‘q bo‘lsa edim bir o‘tin, bir has,
Yodim zulmatida onam qunishar.
Qishloqda ayollar tug‘ib charchamas,
O‘ylar tugamaydi, bitmas yumushlar.
Oqarib ko‘rinar maysalar nurday–
yorib chiqqan misol yerni sut tishlar.
Garchi qor ustiga qor yog‘ar bunda,
Yuragimda pinhon bir bahor qishlar.
✍️MehrNoz
@abbosova_mehrinoz
BY MehrNoz
Share with your friend now:
tgoop.com/abbosova_mehrinoz/1556