Telegram Web
#eski_post

Unashtiriluvimiz arafasidagi ushbu yozishmani topib oldim🙈 Aynan dekabr bilan bog'liq bo'lgani uchun ulashyapman.

U paytlar sal-pal tanish edik. Xullas, feysbukda quyidagi sakkiz qator she'rchani e'lon qilganman. She'r faqat dekabrga atalgan edi.
Bir vaqt Xushnudbek otlig' janob shaxsiyimga javob she'r yuborganlar. Hayratdan qotib qolganman.
Bu odam tuppa-tuzuk shoir aslida. Shunchaki, bizga o'xshagan shig'irchilarning nonini yarimta qilmay, deb bildirmay yuradilar:)) Mana shu javob she'rdan keyin to'yga rozilik bervorgan bo'lsam keragov😅🙈

Har dekabr kelganida esa shu qadrdon hisni tuyaman.

M:
Bilasanmi, sen kelgan zahot,
Yosh boladek bo'laman xursand.
Dekabr, sen - men eng ishongan,
Yaxshi ko'rgan ertagimdursan.

Hayot berar qaysi bir ilinj,
Senga tutdim har pok onimni.
Lek sevimli ertagimdan hech,
Topolmadim qahramonimni...

X:
Kimga yoqmas, shodlanmaydi kim,
Kutajakmiz, aylabon sabr.
Aytib bo'ldim men o'z ertagim,
Endi navbat senga, dekabr.

Sirdoshim bo'l, so’zlab ber, qani,
Orzularin bilgim keladi.
Senga ertak aytgan qizchaning,
Qahramoni bo'lgim keladi.

26.12.2015

P/s: Xush kelding, dekabr! Unutilmas, yorug' xotiralaring uchun rahmat🥰

@abbosova_mehrinoz
#ayqash_uyqash_fikrlar
#shuncha_ish_ichida_sevgiga_nima_bor

Nega sevib qolishdan qo’rqamiz?

Chunki sevgi bu – niqobsizlik. Sevgilingiz huzurida istaysizmi-yo’qmi, asl yuzingiz ochiladi, undan hech nimani yashirolmaysiz.

Sevgi bu –ojizlik. Sevgilingiz kuch-qudratga to’lib boradi, siz kunba-kun zaiflanib.

Sevgi bu – kasallik. Qachon bu dard boshingizga tushishini bilmaysiz, sog’ayishning, boshqa odamlar qatori bo’lishning esa ming xohlab, harakat qilsangiz ham endi iloji yo’q.

Sevgi iste’dodga o’xshaydi – unga erishilmaydi, bu ne’mat kimgadir beriladi yoki yo’q.

Sevgi ko’pincha erkinlik
qiyofasida kelib, sizdan hamma erkingizni tortib oladi.

Sevgi tufayli ismingiz, kibringiz, ishongan barcha haqiqatlaringiz qum zarralari kabi sochilib, parchalanib ketadi.

Siz tugagan joyingizda sevgi boshlanadi.

@abbosova_mehrinoz
Xayrli yakshanba!

Kanalimizdagi “Yashil mikrofon” loyihasi keyingi haftadan davom etadi endi.

Bugun Oyina.uz sayti 21:00 da quyidagi manzilda “Yoshlar uchun ming kitob” Qarori bo’yicha ovozli chat qilyapti. Tvitter sahifasi borlar, qo’shilsangiz bo’ladi:

https://x.com/oyinauz?s=21&t=7bF5JuXOxTxKuFObVtJnww

@abbosova_mehrinoz
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
Bugundan hammaga bir oylik Tahrirchi Premium sovg‘a!

Nega? Tahrirchiga yordamingiz kerak! Biz o‘zbek tilini raqamlashtirish va xalqimiz orasida savod darajasini oshirishga bel bog‘lagan ijtimoiy loyihamiz. Shu sabab u doimiy moliyaviy ko‘makka muhtoj. Tanlovda yutsak, Prezidentimiz tomonidan bizga 100 000 dollar grant beriladi!

Qo‘llanma:

1. MyID ilovasini o‘rnating: Android | iOS
2. Avtorizatsiyadan o‘ting.
3. Keyin awards.gov.uz saytiga kirib, “Ovoz berish” tugmasini bosing.
4. “Sun’iy intellekt texnologiyalar” yo‘nalishida “Tahrirchi” loyihasini tanlang.
5. Mezonlar bo‘yicha baholab, ovoz bering.
6. Bo‘ldi!

Videoqo‘llanma | Yana qo‘llanma

Ikki daqiqa vaqtingiz ketadi. Ammo bergan ovozingiz juda muhim!

O‘zbek tilining yorqin raqamli kelajagiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Jamol Kamol
O‘zbekiston xalq shoiri

EY FALASTINLIK BOLAM...
(“Anvarmirzo hikoyatlari” kitobidan)

Ey falastinlik bolam, ey sen yuraklar nolasi,
Ey G‘azo tuprog‘ining qonlarga botgan lolasi,
O‘t-olovlar ichrasen, yurting jahon vayronasi,
Har tarafdin yer-u osmoningga tashlandi juhud,
Bir quturgan it kabi joningga tashlandi juhud.

Ko‘ylaging qon, ko‘kraging qon, manglaying qondir bu dam,
Mushtipar, sho‘rlik onang boshingda giryondir bu dam,
Yer-u ko‘k ham chorasiz, holingga hayrondir bu dam,
Chun ilon erdi, yovuz ajdarga aylandi juhud,
Sen go‘dakni bir yo‘la yutmoqqa shaylandi juhud...

Yoqdi jonimni o‘shal ma’yus yuzingda iltijo,
Mo‘ltirab, yoshlarga to‘lguvchi ko‘zingda iltijo,
Titraguvchi lablaring, unsiz so‘zingda iltijo,
Gar yiroqdin bo‘lsa ham bag‘rimga bosgaymen seni,
Qahramonim deb ko‘zim oqiga yozgaymen seni.

Jim turar qavming, agarchi necha milyondir ular,
Sen bani Odam dema, olifta hayvondir ular,
Garchi muslimdir og‘izda, nomusulmondir ular,
Ko‘rmagaylarmu yovuzlarning jafo-yu jabrini,
Necha yuzlab yosh go‘daklarning G‘azoda qabrini?

Qolmadi senga, bolam, jabr-u jafodin o‘zgasi,
Erta-kech ohu fig‘on-u iltijodin o‘zgasi,
Yo‘q magar, bo‘lmas panoh yolg‘iz Xudodin o‘zgasi,
Sen Xudoyim de, najotingni yuborgaydir Xudo,
Ul kasofat xaylini kulfatga qorgaydir Xudo!

Ey jahon ahli, bu ishning chorasin qilmoq kerak,
Haq jazosin ahli zolim bo‘yniga ilmoq kerak,
Lek juhud boshqa, yahudiy boshqadir, bilmoq kerak,
Qavmi Musodir yahudiy, or-nomus qavmidir,
Qavmi iblisdir juhud, makr-u tajovuz qavmidir...


02.09.2014-yil

@abbosova_mehrinoz
Men o‘zimni senda suyarman,
goho topib, goho topmayin.
Seni topganimdan kuyarman,
kuyadirman topmagan sayin...


Adabiyot maydonida eng inja hislar va kechinmalarni izlab, haqiqiy sheʼriyat muhiblariga ulashib kelayotgan zabardast shoir va tarjimon— Faxriyorning “Izlam” toʻplami endi lotincha harflarda oʻquvchilarini kutmoqda!

Ertaga. Ushbu kitob taqdimotida kutamiz!

Manzil: Yoshlar ishlari agentligi
Vaqt: 7-dekabr soat 15:00

@abbosova_mehrinoz
Kecha kutilmaganda xabar yuborishdi. Bir she’rim ikki qardosh tilga chevirilibdi. Turkchaga o’girgan Alp Asli, ozarchalashtirgan Rehmen Ergenchga ko’pdan ko’p tashakkurlarim. O’zbekchasini izohda qoldiraman. Deyarli farq sezmadim men. Siz-chi?

Bakü sokaklarında

bitmiyordur bu yollar kadim
yüreğimde yetişir türkü
ilk kez gördüm, ebedi sevdim.
aradığım, bulduğum Bakü.

Hazar deniz, gir gözlerime,
şimdi bizi özlem ağlatır.
beşiğimiz ulu Turan'da,
Türkistan'ı büyüten derttir.

devam etsem, gitsem her nefes,
gezilere hazırdır çantam.
aşıkların şehiri olmaz
aşıklara her yerdir vatan.

ancak Bakü… başka hikaye,
ondan gönül kesilmiyor hiç.
benim sevgim bulmaz nihaye
bir kez geldim, gitmek imkansız…

————————————

BAKI KÜÇƏLƏRINDƏ

Köhnə yollar heç vaxt bitməyib,
Ürəyimdən cücərtir türkü.
Birdə görüb - əbədi sevdim
Axtardığım, tapdığım - Bakı.

Xəzər dəniz gəl gözlərimə
İndi bizi həsrət ağladır.
Beşiyimiz böyük Turanda
Böyüdəcək Türküstan dərdi.

Addımlayıb, getsəm hər nəfəs,
Səfər üçün hazırdır çantam.
Aşiqlərin şəhəri olmaz,
Aşiqlərə hər addım vətən.

Ancaq Bakı... digər hekayə,
Ondan ürək heç vaxt darıxmır.
Məhəbbətimin yoxdur sonu,
Min də gəldi, heç də getməzdir.

© Mehrinoz

Ozarbayjon tiliga Rehman Ergench oʻgirmasi.

@abbosova_mehrinoz
Betakror kitob taqdimoti bo’ldi.

07.12.2023-yil

@abbosova_mehrinoz
Men ham referendumdan keyin Konstitutsiya kitobimizga qaramadim, nimalar yozilganini bilmayman.

Yangi Konstitutsiyada nechta modda borligini bilmoqchi bo’lganlar uchun maxsus podkast:

https://youtu.be/Q9nai5oTyZA?si=6EuOqrMK70UHc2oC

P/s:Xushnudbek Xudoyberdiyevni avval “Zakovat”da ko’p ko’rardim, “Lolazor” podkastida ham ko’rayotganimdan xursandman. Hayotda ham uchrashib, suhbatlashish nasib qilsin.

@abbosova_mehrinoz
Serdar Ortaç - İstemem mi
<unknown>
#musiqali_yakshanba

…Tesadüf gibi her gün yollarıma çıksaydın…

@abbosova_mehrinoz
Manuş Baba - Bu Havada G...
netd müzik
#musiqali_yakshanba

Qo’llarni keeeng yozib, qanotga aylantirib, osmonga qarab aytiladigan sharqi….

Bu havaada gidilmez
Güneşli günde gidilmez
Aslında hiç gidilmez
Gidilmez

Son günüme kadar
Kalp durana kadar
Aşk mezara kadar

Beni unutma
Unutama inşallah
Unutursan kahrolurum
Dilerim öyle olmaz

Bu baharda gidilmez
Yağmurlarda gidilmez
Aslında hiç gidilmez


@abbosova_mehrinoz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
***

O'zi ko'ksim to'lib turuvdi
Yomg'ir yog'di ustiga-ustak.

MehrNoz

P/s: Videoni yuborgan Venerega rahmat! Shunaqa she’rim borligi umuman esimda yo’q edi, ochig’i.

@abbosova_mehrinoz
🌎 Birlashgan millatlar taraqqiyot dasturi bilan birgalikda yangi minimarafon tashkil etyapmiz.

Endi o’zbekcha Vikipediyada ayollar va ularning haq-huquqlari haqida ko’proq ma’lumot bo’ladi. Muhimi, bunga siz ham hissa qo’sha olasiz.

🌎 Marafon shartlari oddiy — siz 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar oʻzbekcha Vikipediyadagi ayollarga oid maqolalar joylashingiz yetarli!

Oʻz bilimlaringizni barchaga ulashishga shoshiling! Batafsil ma’lumot bilan loyiha sahifasida tanishing.

#bilganingni_ulash
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

@abbosova_mehrinoz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
***
Osmon oq gul sochar, vaʼdalar sochar
sodda daraxtlarning ko‘nglini xushlab.
Zamin ko‘rayotgan oppoq tushlarning
taʼbirin topmoqqa shoshilar qushlar.

Xazina otamning, olim otamning
chiroqsiz tunlarda qalami nishlar.
Shaharning yaltiroq davralarida
jarang sochaverar bo'm-bo'sh "idish"lar.

Hech yo‘q bo‘lsa edim bir o‘tin, bir has,
Yodim zulmatida onam qunishar.
Qishloqda ayollar tug‘ib charchamas,
O‘ylar tugamaydi, bitmas yumushlar.

Oqarib ko‘rinar maysalar nurday–
yorib chiqqan misol yerni sut tishlar.
Garchi qor ustiga qor yog‘ar bunda,
Yuragimda pinhon bir bahor qishlar.

✍️MehrNoz

@abbosova_mehrinoz
2024/09/21 12:31:45
Back to Top
HTML Embed Code: