ABDUSATTOR Telegram 80
To‘g‘ri ovqatlanish

Oxirgi chiqqan videoda, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha post joylayman degan edim. Bu mahsulotlar ro‘yxatidan voz kechsangiz, siz to‘g‘ri ovqatlanish asosini bajargan bo‘lasiz. Buni har qanday bilimli diyetolog tasdiqlaydi.

Voz kechish kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati:

Albatta, birinchi o‘rinda shakar. Klubimizda shakar chellenji bo‘yicha post bergan edim, o‘sha postni shu yerda qaytarib yuboraman. 

1. Har qanday tarkibida shakari bor mahsulotlar. Supermarketdan tayyor qadoqlangan mahsulot olib turganingizda, doim tekshirib, o‘qib keyin xarid qiling.

2. Shakarli ichimliklar. Energetiklar, tarkibida shakari bor soklar va gazli ichimliklar.

3. Turli xil souslar, ketchup, mayonez va hokazo.

4. Shakari bor tayyor go‘sht (aslida 70% go‘shti yo‘q) mahsulotlari. Bunga kolbasalarning barcha turi kiradi.

5. Shirinliklarning barcha turi.

6. Tarkibida shakari bor nonlar. Ba’zi bir qadoqlangan nonlar tarkibida shakar bo‘lishi mumkin.

Novvot mumkinmi deydiganlarga, novvot — bu shakar! “Novvot nima?” deb googleda qidiring. 1 yil davomida shu savolni so‘rab keladiganlar bor.

🍯Asalni faqatgina tabiiy, shakar bilan boqilmagan asalarilar asalidan iste’mol qilishingiz mumkin. Shunda ham, me’yori bilan.

Keyingi 30 kun ichida qo‘shilgan sun’iy shakar deyarli 80% mahsulotlarda borligini anglab, hayron qolasiz. Bu sizning sog‘lig‘ingizni va pulingizni asraydi. Ongli ovqat iste’mol madaniyati shundan boshlanadi.

Oziq-ovqatda 80/20 Pareto qonuni aynan shu. Men bu chellenjni yakunlab, 8 oydan keyin YouTubeda video chiqarganman. Va aniq ayta olamanki, shakardan voz kechish bu shunchaki vazn tashlash emas, bu ongli hayot boshlash uchun zarur bo‘lgan qadam.

Keyingilari:

1. Xamir mahsulotlari 

Xamir mahsulotlari ko‘pincha yuqori kaloriyali, oson hazm bo‘ladigan uglevodlarga boy bo‘lib, insulinni tez ko‘taradi va foydali moddalar kam bo‘ladi. Bu esa semirish, qandli diabet va boshqa sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin.

2. Uzoq qovurilgan mahsulotlar 

Qovurilgan mahsulotlar ham ko‘pincha yuqori kaloriyali va trans yog‘larga boy bo‘ladi. Bu esa yurak kasalliklari va yallig‘lanishlar xavfini oshiradi.

3. Yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlar. 

Buning ichiga, qadoqlangan ovqatlarning asosiy qismi kiradi. Kolbasalar, chipslar, tayyor ovqatlar, konservalar. Bu turdagi mahsulotlar ko‘pincha sun’iy qo‘shimchalar, konservantlar va ortiqcha tuz bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.

Ovqatning asosiy ma’nosi bizga ozuqaviy qiymat berish, kayfiyatimizni ko‘tarish emas.

@abdusattor

tgoop.com/abdusattor/80
Create:
Last Update:

BY Abdusattor

Share with your friend now:
tgoop.com/abdusattor/80

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

‘Ban’ on Telegram The SUCK Channel on Telegram, with a message saying some content has been removed by the police. Photo: Telegram screenshot. Hashtags are a fast way to find the correct information on social media. To put your content out there, be sure to add hashtags to each post. We have two intelligent tips to give you: Telegram channels enable users to broadcast messages to multiple users simultaneously. Like on social media, users need to subscribe to your channel to get access to your content published by one or more administrators. Your posting frequency depends on the topic of your channel. If you have a news channel, it’s OK to publish new content every day (or even every hour). For other industries, stick with 2-3 large posts a week.
from us

Telegram Abdusattor
FROM American