ACDFUZ Telegram 5772
Londondagi Britaniya muzeyida milodiy 500–1000-yillar mobaynidagi asosiy savdo yoʻli boʻylab kishilar va sanʼat ashyolari hijratini yaqqol namoyish etuvchi Oʻzbekiston sara to‘plamlariga mansub 14 ta eksponat taqdim etilgan “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

XII-XV asrlarda Yevropa va Yaqin Sharqda istiqomat qilgan aslzoda zodagonlar xonadonlarida Markaziy Osiyoga oid o‘zgacha nozik did va nafosat bilan to‘qilgan gazlamalar yuksak qadrlana boshlaydi. Ayrim matolar shahar saroylariga mansub ixtisoslashtirilgan xos ustaxonalarda zarda qavilgan ipak tolalari yordamida tayyorlangan. To‘qimachilik mahsulotlaridan pirovardida kundalik va bayram marosimlari uchun yoxud alohida vaziyat taqozosi bilan bejirim liboslar yuqori martabali mehmonlarga hadya sifatida tikilgan. Gazlamalar handasaviy shakllar, gulli naqshlar hamda jonivor, qush va hatto afsonaviy mavjudotlar tasvirlaridan foydalangan holda turfa xil bezaklar tusida bo‘lgan.

“Silk Roads” ko‘rgazmasi 23-fevralga qadar Britaniya muzeyining “Sainsbery” galereyasida sanʼat ixlosmandlari uchun muntazir.

tgoop.com/acdfuz/5772
Create:
Last Update:

BY Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi

Share with your friend now:
tgoop.com/acdfuz/5772

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

As five out of seven counts were serious, Hui sentenced Ng to six years and six months in jail. How to create a business channel on Telegram? (Tutorial) bank east asia october 20 kowloon How to build a private or public channel on Telegram? Hui said the messages, which included urging the disruption of airport operations, were attempts to incite followers to make use of poisonous, corrosive or flammable substances to vandalize police vehicles, and also called on others to make weapons to harm police.
from us

Telegram Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
FROM American