tgoop.com/adliyangiliklari/17719
Last Update:
#Adliyada_bayram_shukuhi
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir jamiyatimizning tayanchi, mehr-oqibat va sadoqat timsoli bo‘lgan opa-singillarimizga hurmat-ehtirom ifodasi sifatida o‘tkazildi.
Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev ayollarni mazkur go‘zal ayyom bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, bahoriy kayfiyat hamroh bo‘lishini tiladilar.
Tadbirda ayollarning mehnatkashligi, oqilaligi, mehribonligi, jamiyatga fayz va nafosat baxsh etuvchi ezgu fazilatlari alohida ta’kidlandi hamda boshqarma tomonidan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.