tgoop.com/adu_uz/43195
Last Update:
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 542 yilligi munosabati bilan xodimlarga vatanparvarlik g‘oyalarini singdirish va badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida ma’rifat soati o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda Andijon davlat universiteti O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri, dotsent Zokirjon Mamajonov "Badiiy adabiyotlarning vatanparvarlik g'oyalarini shakllantirishda tutgan o'rni" mavzusidagi ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Ma'ruzada ishtirokchilarga badiiy adabiyotlar o‘zining ma'rifiy roli bilan jamiyatda muhim o‘rin tutishi hamda uning milliy ifodalarni yaratish va vatanparvarlikni rivojlantirishdagi muhim roli haqida so'z yuritib, Bobur asarlari, xususan "Boburnoma" kabi memuar asarning nafaqat adabiyot, balki har qanday soha uchun qimmatga ega ekanligini ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunida universitet dotsenti Zokirjon Mamajonovga yoshlar siyosatini rivojlantirishdagi samarali mehnati hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yuksaltirishdagi jonbozligi uchun Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Veb-sayt