tgoop.com/adu_uz/44817
Last Update:
Talabalar turar joylarida yoshlarning bo'sh vaqtlari tizimli va mazmunli tashkil etilmoqda
Bugun, 4-mart kuni Andijon davlat universiteti talabalar turar joyida Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti mas’ullari boshchiligida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishini ta’minlash hamda ularni ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etildi.
Dastlab, talabalar turar joylarida Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuv davomida mas’ullar tomonidan ichki tartib-qoidalar, oshxona va yuvinish xonalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, universitet rahbariyati talabalarning qiziqishlarini inobatga olgan holda ularni sport to‘garaklari va musobaqalariga faol jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, sport bilan muntazam shug‘ullanishning salomatlikka ijobiy ta’siri hamda jismoniy faollikni oshirishning ahamiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Shundan so'ng, universitet sport majmualarida talaba-yoshlarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini oshirish hamda jismoniy faolligini mustahkamlash maqsadida voleybol hamda stol tennisi musobaqalari tashkil etildi. Ushbu bellashuvlarda talabalar o‘z jismoniy mahoratlarini namoyish etib, sportga bo‘lgan qiziqishlari va intilishlarini yana bir bor isbotladilar.
Veb-sayt