This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥2
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 23-iyunga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
✅ Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
✅ “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.
Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤🔥1
Keksalarning boy hayotiy tajribasi va ezgu yo‘li – yosh avlod uchun ibrat maktabi va tarbiya manbaidir
Bugun, 14-iyun kuni Andijon davlat universitetida 1971–1975-yillarda Fizika va matematika yo‘nalishida tahsil olgan, umrining ko‘p qismini ta’lim va tarbiya sohasiga bag‘ishlagan sobiq talabalar ishtirokida "80 yoshga yetgan ustozlar – hayot maktabining tirik darsligi" mavzusida “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda uch avlod vakillari – mazkur oliygohning Fizika va matematika yo‘nalishida 1971-1975 yillarda tahsil olgan, uzoq yillar turli jabhalarda samarali mehnat qilgan sobiq talabalar, otaxon-onaxonlar, universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish qismida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev va boshqa ishtirokchilar tomonidan keksa avlod vakillarining mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida olib borgan ibratli faoliyati, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish borasidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda otaxon va onaxonlar hayoti hamda mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari, hayotdagi turli qiyinchiliklarni yengib o‘tish, ilm olish yo‘lidagi mashaqqatlar, jamiyatda munosib o‘rin topish, yutuqlarga qanday erishish, bugungi kunda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida so‘zlab, o‘zlarining fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘z ishining yetuk mutaxassisi bo‘lib, vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish muhim ekanligini ta’kidlab, maslahatlar berdi.
Mazmunli va katta tarbiyaviy ahamiyatga ega mazkur tadbir ishtirokchilar, ayniqsa, talaba yoshlar xotirasida unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥3❤2🔥2
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3❤🔥1
Madridda yangi bilimlar, Andijonda amaliyot: DEBSEUz doirasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda
Erasmus+ dasturining “Oliy ta’lim sohasida salohiyatni oshirish” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan DEBSEUz (Development of Bachelor Study Programs in Renewable Energy in Uzbekistan) loyihasi doirasidagi navbatdagi xalqaro o‘quv mashg‘ulotlari Ispaniyaning Universidad Politécnica de Madrid (UPM) universitetida tashkil etildi.
Mazkur bosqich doirasida Universidad Politécnica de Madrid (UPM) universitetining zamonaviy texnik bazasi bilan tanishish, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar, muqobil energiyaga asoslangan texnik yechimlar, ekologik barqarorlik masalalari hamda quyosh panellarini takomillashtirishga oid seminar va amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.
Ushbu tajriba almashinuvi jarayonida Italiyaning Politecnico di Torino, Portugaliyaning UEVORA, Ispaniyaning UPM kabi Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, O‘zbekistonning nufuzli muhandislik oliygohlari qatorida Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida yangi bakalavriat yo‘nalishlarini ishlab chiqish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish, quyosh energiyasi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish, zamonaviy laboratoriyalar va trening markazlarini yaratish, loyiha boshqaruvi, sifat monitoringi va natijalarni jamoatchilikka yetkazish yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, Andijon davlat universiteti vakillari loyiha doirasida xarid qilinishi rejalashtirilgan qurilmalarining funksional imkoniyatlari va amaliy ahamiyatiga oid taqdimot bilan ishtirok etdilar. ADU tajribasi asosida taklif etilgan mazkur texnik vositalar Italiyaning Turin politexnika universiteti professorlari tomonidan ijobiy baholanib, barcha hamkor oliy ta’lim muassasalariga tavsiya etildi. Hozirda ushbu qurilmalarning katta qismi universitetimizga yetkazilgan bo‘lib, yangi o‘quv yilidan boshlab laboratoriya mashg‘ulotlarida samarali foydalanilishi rejalashtirilgan.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2❤🔥1
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
“Dolzarb 90 kun” doirasida Andijon davlat universiteti tomonidan mahallalarda yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda
Bugun, 14-iyun kuni Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarni foydali va mazmunli faoliyatlarga keng jalb etish maqsadida belgilangan reja-grafik asosida Xonobod, Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida bo‘lishdi.
Mazkur tashabbus doirasida universitetimiz vakillari Chorvador, Bo’ston, Yangi chek MFYlari hududidagi umumta'lim maktablari va ta’lim muassasalarida bo‘lib, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan fan va sport to‘garaklari faoliyati bilan tanishdilar hamda yoshlar o‘rtasida musobaqa va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar.
✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 YouTube
“Dolzarb 90 kun” doirasida Andijon davlat universiteti tomonidan mahallalarda yoshlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda
Bugun, 14-iyun kuni Andijon davlat universiteti professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarni foydali va mazmunli faoliyatlarga keng jalb etish maqsadida belgilangan reja-grafik asosida Xonobod, Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida bo‘lishdi.
Mazkur tashabbus doirasida universitetimiz vakillari Chorvador, Bo’ston, Yangi chek MFYlari hududidagi umumta'lim maktablari va ta’lim muassasalarida bo‘lib, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan fan va sport to‘garaklari faoliyati bilan tanishdilar hamda yoshlar o‘rtasida musobaqa va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar.
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥2❤2