Telegram Web
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Xonobod yozgi oromgohining ikkinchi kuni: seminar-treninglar va interaktiv mashg’ulotlar

Xonobod shahridagi talabalar yozgi oromgohining ikkinchi kuni sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi tonggi mashg‘ulotlar bilan boshlandi. Kun davomida ishtirokchilar uchun maxsus seminar-treninglar tashkil etilib, unda yoshlarning shaxsiy va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mavzular muhokama qilindi.

Trening doirasida yetakchilik qobiliyatlari, jamoaviy ishlay olish va o‘ziga ishonch kabi muhim ko‘nikmalar rivojlantirildi. Mutaxassislar tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarga nafaqat yangi bilimlar, balki amaliy tajriba va o‘zaro hamkorlik ruhini ham taqdim etdi.

Shuningdek, kun davomida yoshlar o‘z salohiyatlarini kashf etish va yangi aloqalar o’rnatish va o’zlarining kelajakdagi maqsadlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥31👍1🔥1
🟦🟦🟦🟦

📆Bugun 30-iyun, dushanba.

🌎Butunjahon ijtimoiy tarmoqlar kuni
🇺🇿O‘zbekiston - Yoshlar kuni.
🇩🇴Dominikan - O'qituvchilar kuni.
🇳🇮Salvador - Bank xodimlari kuni.

Tarixiy voqealar:

1859-yil
- Charlz Blonden Niagara sharsharasidan dorda oʻtdi.
1894-yil - Butun dunyoga mashhur London ko‘prigi - ''Tauer Bridj'' ochildi.
1964-yil - Oyning yaqin masofadan birinchi fotosurati olindi.
2017-yil - O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil topdi.

🎊Tavallud ayyomlar:

1926-yil 30-iyun
- amerikalik bioximik, Nobel mukofoti sohibi Pol Berg.
1941-yil 30-iyun
- taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti O'lmas Alixo'jayev.
1966-yil 30-iyun
- bokschi, sobiq jahon chempioni Mayk Tayson.
1982-yil 30-iyun
- oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi Sevinch Mo'minova.

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍21❤‍🔥1🔥1😁1🏆1
🟦🟦🟦 🟦🟦

👩 Andijon davlat universitetining ijodkor talabalari diqqatiga!

Andijon davlat universitetida iqtidorli talabalarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning adabiy-estetik qarashlarini shakllantirish hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish maqsadida “Ziyo sari bir qadam” nomli ijodiy to‘plam tayyorlanmoqda. Mazkur to‘plamga ta’lim muassasamiz talabalarining ijodiy izlanish mahsuli bo‘lgan she’rlar, publitsistik maqolalar, esse hamda badiiy-publitsistik parchalardan iborat eng sara namunalari jamlanmoqda.

📝 “Ziyo sari bir qadam” ijodiy to‘plami uchun qabul qilinadigan materiallar quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

➡️ Universitet faoliyati, tarixi va yutuqlari haqida publitsistik maqolalar;
➡️ Ijodiy she’rlar;
➡️ Esse yoki publitsistik matnlar;
➡️ Badiiy parcha va hikoyalar.

Ishtirok etish shartlari:
- Asar Word formatida, o‘zbek tilida (lotin yozuvida) taqdim etilishi shart.
- Muallif haqida ma’lumot: ism, familiya, yo‘nalish, kurs, erishgan yutuqlari, faoliyati va telefon raqami ilova qilinishi lozim.
- Asar hajmi va mavzusida cheklov yo‘q, ammo ijodiy yondashuv va sifat muhim!

📆 Topshirish muddati: 20.07.2025

📨 Yuborish manzili:
Telegram: @savollaringiz_uchun
Telefon: +998946367050

📚 Yig‘ilgan asarlar universitet kutubxonasiga topshiriladi va mualliflarga tarqatiladi.

✏️ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ijodingiz bilan iz qoldiring, so‘zingiz Andijon davlat universiteti tarixida muhrlansin!

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥32👍2🔥21🎉1
🟦🟦🟦

Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazmoqda: sport mashg‘ulotlari davom etmoqda

Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish maqsadida turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur tashabbus doirasida tashkil etilgan boks, yengil atletika, futbol kabi sport to‘garaklari nafaqat universitet talabalari, balki uyushmagan yoshlar uchun ham ochiq bo‘lib, bu yo‘nalishlar bo‘yicha tajribali murabbiylar ishtirokida muntazam mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Bugun, 30-iyun kuni tashkil etilgan navbatdagi sport mashg‘ulotlarida 50 nafarga yaqin yoshlar faol ishtirok etdi. Ular orasida universitet talabalari bilan bir qatorda uyushmagan yoshlar ham bor bo‘lib, boks, futbol va yengil atletika yo‘nalishlarida jismoniy tayyorgarliklarini oshirishdi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥32👍2🏆21🔥1
🟦🟦🟦

SIMO-2025 xalqaro olimpiadasida Andijon davlat universiteti talabalari yuqori natijalarga erishdi

Poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti hamda TIFT universiteti hamkorligida o‘tkazilgan SIMO-2025 (Sadullayev International Mathematics Olympiad) xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ushbu nufuzli ilmiy bellashuvda iqtidorli yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Quvonarlisi, mazkur xalqaro miqyosdagi olimpiadada Andijon davlat universiteti Matematika va mexanika fakulteti o‘qituvchisi Xolmurodjon Qo‘shaqov rahbarligidagi 6 nafar talabamiz munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdi. Jumladan, jamoamiz a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan taqdirlandi.

🎗G‘olib talaba-yoshlarimizni hamda ularning ustozlarini samimiy muborakbod etamiz va ularga kelgusi ilmiy izlanishlarida, yirik xalqaro musobaqalarda yangi zafarlarga erishishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

#Dolzarb90kunlik #Yoshlaroyligi

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥44👍2
2025/07/13 19:29:47
Back to Top
HTML Embed Code: