tgoop.com/ajva_uzb/4054
Last Update:
🌰 Yong’oqlar: yurak sog’ligi, bo’g’imlar va miyaning kalitidir!
Bugungi kunda yong’oqlarning inson salomatligi uchun foydalari ko’p ekanligi hech kimga sir emas. Oziqlanish qiymati yuqori bo’lgan bu tabiiy mahsulotlar oqsillar, yog’lar va uglevodlarga boy bo’lib, qon lipid profiliga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
🧔🏻♂️👩🏻 Erkaklar va ayollar uchun:
Yong’oqni muntazam iste'mol qilish asab tizimini mustahkamlaydi, suyak sog’lig’ini saqlaydi, depressiya xavfini kamaytiradi, qalqonsimon bez faoliyatini yaxshilaydi, qarish jarayonini sekinlashtiradi, teri, soch va tirnoqlarning holatiga ijobiy ta'sir qiladi.
👴🏻👩🏻🦳 50 yoshdan kattalar uchun:
Yong'oq tarkibidagi antioksidantlar surunkali yallig’lanish bilan kurashishga yordam beradi, yoshga bog’liq kasalliklarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi va qarish jarayonlarini sekinlashtiradi.
🧒🏻👦🏻 Bolalar uchun:
Yong’oqlar o’sib borayotgan tanani muhim yog’lar, oqsillar va mikroelementlar bilan ta'minlaydi va ulardagi uglevodlar shirinlikka bo’lgan ehtiyojni qondira oladi.
Agar foydali bo’lgan bo’lsa - ❤️ qo’ying.
Buyurtma berish uchun:
@ajva_uzb