tgoop.com/antikor_society/1611
Last Update:
🌐Xalqaro yangiliklar daydjesti
🗓2024-yil, yanvar
🔸3-yanvar
🇱🇻Latviyada saylovoldi tashviqoti qoidalarni buzganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi
➖2024-yil 1-yanvardan “Saylovoldi tashviqoti to‘g‘risida”gi Qonunga bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritildi.
🔸12-yanvar
🇺🇸Qo'shma Shtatlar chet ellik amaldorlar uchun pora olganlik javobgarligini o'rnatdi
➖AQShda korrupsiyaga qarshi qonunlar xorijiy amaldorlarga ham tatbiq etiladigan normativ-huquqiy hujjat kuchga kirdi.
🔸17-yanvar
🇰🇿Korrupsiya yo'li bilan topilgan daromadlar ijtimoiy muammolarni hal qilishga yo'nalitirildi
➖Poraxo'r amaldorlardan olingan aktivlar evaziga 43 ta yangi maktablar qurildi.
🔸23-yanvar
💫Korrupsiya qurbonlariga tovon to'lash bo'yicha hisobot e'lon qilindi
➖Oʻgʻirlangan aktivlarni qayta tiklash tashabbusi (StAR) "Victims of Corruption: Back for Payback" tahliliy nashrini taqdim etdi.
🔸29-yanvar
🇱🇻Latviyada aholi va tadbirkorlar korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda
➖Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi (KNAB) tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining 80% va tadbirkorlarning 78% o'z manfaatlari yo'lida mansabdor shaxsga pora taklif qilishni o‘ylamaydi. KNAB tomonidan so‘nggi uch yil davomida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, aholi va tadbirkorlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat yildan yilga yaxshilanmoqda.
🔸30-yanvar
🌐Transparency International Korrupsiyani qabul qilish indeksi (CPI) 2023-yil natijalari e'lon qilindi
➖180 ta davlat orasida top yuqori uchtalikni Daniya (90-ball), Finlandiya (87-ball), Yangi Zelandiya (85-ball) egalladi. Janubiy Sudan, Suriya, Venesuela va Somali 13 va 11 ballar bilan butun dunyo bo'ylab ko'rsatkichlari eng yomon davlatlar sifatida qayd etildi.
👉https://www.tgoop.com/antikor_society
BY Korrupsiyasiz jamiyat
Share with your friend now:
tgoop.com/antikor_society/1611