tgoop.com/antikor_society/1619
Last Update:
#oylik_dayjest
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining "Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar" yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar dayjesti
🗓(Yanvar oyi)
✅Anjuman, davra suhbatlari seminar va treninglar tashkil etildi:
▫️14-yanvar
📌"Yoshlar" oromgohida vazirlik, idora va tashkilotlardagi yoshlar masalasiga mas'ullar uchun tashkil etilgan o'quv-seminarida Agentlik direktori o'rinbosari U.Tuxtasheva ma'ruza bilan ishtirok etdi.
▫️17-yanvar
📌 Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasi muhokama qilindi.
▫️17-yanvar
📌 Ekspertlar guruhi a’zolari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasi muhokama qilindi.
▫️18-yanvar
📌 Yuksalish Harakati tomonidan "Search for Common Ground" tashkiloti bilan hamkorlikda Yoshlar korrupsiyaga qarshi dasturiga start berishga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etildi.
✅Davlat dastulari ijrosi, huquqiy tartibotga oid faoliyat:
▫️24-yanvar
📌“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasiga taklif va fikr-mulohazalar ishlab chiqildi.
▫️26-yanvar
📌O‘zbekison Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 12-sonli qarori imzolandi.
📑Unda quyidagilar tasdiqlandi:
➖Kengashning 2024-yil birinchi yarim yilligiga mo'ljallangan ish rejasi;
➖GRACE dasturi doirasini O'zbekistonda keng joriy etish bo'yicha "Yo'l xaritasi";
➖Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, tanqidiy va ekspert salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha “Chora-tadbirlar rejasi”.
✅O'tkazilgan uchrashuvlar va hamkorlikka oid faoliyat:
▫️22-yanvar
➖BMT GJBning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi vakillari bilan;
▫️26-yanvar
➖Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi vakillari bilan;
▫️29-yanvar
➖ Jahon banki ekspertlari bilan onlayn uchrashuvlar tashkil etildi.
✅Xalqaro hamkorlar bilan imzolangan Memorandumlar va boshqa xalqaro hujjatlar:
▫️24-yanvar
🇺🇿🤝🇶🇦 Qatar Davlati Ma'muriy nazorat va shaffoflik idorasi bilan qo‘shma tadbirlar va aniq tajriba almashish mexanizmlari aks etgan 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar dasturi imzolandi.
✈️Xizmat safarlari:
▪️22-27-yanvar kunlari
📌Agentlik vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining Qatar davlatiga tashrifi amalga oshirildi.
👉https://www.tgoop.com/antikor_society
BY Korrupsiyasiz jamiyat
Share with your friend now:
tgoop.com/antikor_society/1619