tgoop.com/antikor_society/1625
Last Update:
Yig'ilishda davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.
🔷Sohada kadrlar yetishmasligining sababi aslida tizim shaffof bo‘lmagani oqibatida ko‘plab mutaxassislar ishga kira olmayotgani ekani qayd etildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga sohadagi barcha vakansiyalarni onlayn platformaga joylashtirib, kadrlarni ishga olish bo‘yicha shaffof tizim yaratish topshirildi.
🔷Birlamchi tibbiyot tizimini aholimiz talabiga moslashtirish ishlarini davom ettirish muhimligi qayd etildi. Tibbiyot brigadalarini shifokorlar bilan to‘liq to‘ldirish, to‘liq stavkada ishlaydigan hamshiralarni ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
🔷Yangi o‘quv yilidan tibbiyot oliygohlari bitiruvchi kurs talabalari uchun ko‘p tarmoqli shifoxonalarda ish haqi to‘lanadigan internatura yo‘lga qo‘yiladi
👉https://www.tgoop.com/antikor_society
BY Korrupsiyasiz jamiyat
Share with your friend now:
tgoop.com/antikor_society/1625