Telegram Web
#live

Korrupsiyaga qarshi kurashishda ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni daqiqalarda Huquqni muhoafa qilish akademiyasida Sardor Mamanovning "Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida "komplaens-nazorat" tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish" mavzusida yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasiya himoyasi boʻlib oʻtmoqda.

Tadqiqot ochiqlik talabidan kelib chiqqan holda ijtimoiy tarmoq orqali toʻgʻridan-toʻgʻri translatsiya qilinmoqda.

📌Havola!!!

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
#xalqaro_hamkorlik

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va INL o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


Joriy yilning 5-fevral kuni Agentlik va AQSH Davlat departamentining Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish ishlari byurosi (INL) rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar aksilkorrupsiya siyosati hujjatlarini ishlab chiqish, xalqaro shartnomalarga O‘zbekiston a’zoligi masalasida ekspert hamkorlik qilish hamda turli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qildilar.

Shu bilan bir qatorda, uchrashuvda Agentlik faoliyati hamda sohada elektron dastur va platformalar joriy etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
#tavsiya

Korrupsiya, pora uning tarixi qayerdan boshlanadi?

Poraxo'rlik va mansabni suiste'mol qilish jinoyatini birinchi bor kim qilgan?

Avraam Linkoln qaysi jarayonda korrupsiyaning ijobiy jihatini ko'rsatib bergan?

Sharq va g'arbdagi korrupsiyaning o'zaro farqlari?

📹"Ibtido" ko'rsatuvida tarixchilar bilan ushbu savollarga javob berilgan.

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
⚡️⚡️Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturini
O‘zbekistonda keng joriy etish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”
tasdiqlandi!⚡️⚡️

📌"Yo'l xarita" doirasida quyidagi choralar amalga oshiriladi:

❇️Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida:
“Profilaktika kunlari” va “Sinf soat”lari doirasida “Halollik qadriyatlari”, “To‘g‘rilik, mehnatsevarlik xotirjam hayot asosi”, “Korrupsiya – davlatni yemiruvchi, insonni tubanlashtiruvchi illat” mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etiladi.
“O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori” 10 kunligi va “Halollik” to‘garaklari tizimli ravishda yo'lga qo'yiladi.
❇️Kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarida:
“OTM–viloyat–respublika” tizimi asosida bilimlar bellashuvi tashkil etiladi.
“Aksilkorrupsiya kovorking” markazlari faoliyati yo‘lga qo'yiladi.

Bundan tashqari, hududlar va mahallalar kesimida ham tizimli tadbirlarni tashkil etish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bularni bilarmidingiz?

🇰🇷 Janubiy Koreyada hukumat korrupsiyasi haqida xabar berganingiz uchun 1,7 million dollargacha pul topishingiz mumkin.

🇺🇸1860-yillarda Nyu-Yorkdagi sud binosini qurish uchun sarflangan xarajatlar Alyaskani olish uchun mo‘ljallangan xarajatdan ikki barobar ko‘p bo‘lgan. Duradgor binoni qurish uchun bir oylik ish haqi 4,9 million dollarga teng bo‘lgan, aslida pullar Nyu-York meri cho‘ntagiga ketgan.

🇮🇳Hindiston fuqarolari 50 rupiylik kupyuralarga o‘xshagan 0 rupiy pullar bilan pora berib, korrupsiyaga qarshi kurashishgan.

🇺🇸Uotergeyt mojarosidan oldin Teapot Dome mojarosi AQSh siyosati tarixidagi yuqori darajadagi korrupsiyaning eng shov-shuvli namunasi sifatida baholangan.

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

Korrupsiya haqida 4 ta mif

1-Mif. Maishiy korrupsiyaning ta'siri kichik bo‘ladi.

2-Mif. Korrupsiya faqat qashshoq mamlakatlarda sodir bo‘ladi.

3-Mif. Siz korrupsiyaga qarshi hech narsa qila olmaysiz.

4-Mif. Korrupsiya tengsizlikka ta'sir qilmaydi.

➡️Manba

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
🎉🎁Sovg‘amiz qoraqalpog‘istonlik egasiga yetib bordi

Xabaringiz bor kanalimizda 30-yanvar kuni Korrupsiyani qabul qilish indeksida Oʻzbekiston joylashadigan oʻrinni toʻgʻri va birinchi boʻlib topish bo‘yicha mini tanlov tashkil etilgan edi.

🥇Tanlovda qoraqalpog‘istonlik o‘quvchimiz Xurshida Asanova g‘olib bo‘lgandi.

📬Kuni kecha g‘olibimizga atalgan sovgʻamiz Li Kuan Yuning "Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga. Singapur tarixi" kitobi ularning qo‘liga yetib bordi.

🎊O‘quvchimizni juda ham foydali kitob egasi bo‘lganliklari bilan tabriklaymiz.

📌Siz aziz o‘quvchilarimizning takliflarini inobatga olgan holda bu kabi tanlovlarni o‘tkazishda davom etamiz.

"Korrupsiyasiz jamiyat"da qoling!

👉https://www.tgoop.com/antikor_society
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GENERALISSIMUS
Юртдошларимизнинг жаҳон шоҳсупаларига чиқиши, ватанимиз байроғининг баланд кўтарилиши ва мадҳиямизнинг жаранглаши бизга ғурур ва ифтихор бағишлайди.

Албатта бунинг негизида энг аввало, Давлатимиз раҳбарининг қатъий сиёсий иродаси, спортчиларимизнинг матонати ва халқимиз жипслиги ётибди.

Коррупция ва адолатсизликка нисбатан муросасизлик муҳитининг шаклланаётгани, соҳаларга ажратилаётган маблағларнинг тўғри ва мақсадли йўналтирилаётгани мана шундай ютуқларнинг бардавом бўлишига хизмат қилади.

Юртимиз янада юксалаверсин!

Antikor rahbari Akmal Burxanov

@generalissimo_marshal
2024/11/30 06:12:42
Back to Top
HTML Embed Code: