ARTACADEMYUZ Telegram 27458
#korgazma

..Yurakka ko‘milar asl shoirlar

Bugun Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, ustoz fotorassom Abdug‘ani Jumaning “..Yurakka ko‘milar asl shoirlar” nomli fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda  sanʼat va madaniyat namoyandalari, shoir sheʼriyatining muxlislari, shogirdlari, talaba va o‘quvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Marosimda so‘z olganlar Muhammad Yusuf sheʼriyati Vatan sevgisini o‘zida mujassam etgani  bilan qadrli,  ohangdorligi, jozibasi o‘zgacha ekani, sheʼriyatida onalar, Vatan, mehnatsevar xalqimiz timsolini tarannum etgani taʼkidlandi.  

Muallif mazkur badiiy fotoko‘rgazmada tomoshabinlarga 70 dan ziyod fotosurat taqdim etdi. Unda anʼanaviy fotosuratlardan farqli o‘laroq, alohida va guruhli portretlar, fotomontaj tarzidagi turkum fotoportretlar hamda shoirning ijodiy hayotidan baʼzi voqeliklarni ko‘rsatuvchi sahnalar namoyish etilayapti. Uni Muhammad Yusuf hayoti haqida kengroq tasavvur hosil qiladigan yangicha fotoko‘rgazma, deyish mumkin.

Ko‘rgazmaning puxta ishlangan konsepsiyasi sinchkov tomoshabinni mulohazaga chorlaydi. Ko‘rgazma zali foyesida bannerga ko‘chirilgan fotoaxborotlar xalqning suyukli farzandi, ijodida Vatan mavzusini baland kuylagan, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasi davlatimiz va xalqimiz tomonidan qanchalar qadrlanayotganligini hikoya qiladi. Zotan shoirning o‘z Vataniga sodiqligi, xalqiga bo‘lgan beg‘araz muhabbati, xalqning kelajagi uchun chin dildan qayg‘urishi uning sheʼrlarida muhrlangan bo‘lib, ular yoshlarni tarbiyalashda hamon xizmat qilib kelmoqda.

Marosimda ko‘rgazma muallifi Abdug‘ani Jumaning "Muhammad Yusufning birinchi va so‘nggi surati" nomli esse-katologi tarqatildi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

tgoop.com/artacademyuz/27458
Create:
Last Update:

BY O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿

Share with your friend now:
tgoop.com/artacademyuz/27458

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Telegram Channels requirements & features Hui said the time period and nature of some offences “overlapped” and thus their prison terms could be served concurrently. The judge ordered Ng to be jailed for a total of six years and six months. How to build a private or public channel on Telegram? Don’t publish new content at nighttime. Since not all users disable notifications for the night, you risk inadvertently disturbing them. How to create a business channel on Telegram? (Tutorial)
from us

Telegram O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿
FROM American