"Markaziy Osiyo yosh Ijodkorlar forumi - 2025" loyihasi ishtirokchilari RIDMda bo‘lishdi 🇺🇿 🇰🇬
✅ Qirg‘iziston Respublikasi
“Compass College” o‘quv yurtining
18 kishidan iborat delegatsiyasi “Markaziy Osiyo yosh ijodkorlar forumi 2025” loyihasi doirasida Badiiy akademiya tasarrufidagi
Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi (RIDM)ga tashrif buyurdi.
😎Delegatsiya
2-5-fevral kunlari loyiha davomida RIDMning o‘quv faoliyati bilan yaqindan tanishib, kreativ biznes g‘oyalarga oid bilim va malaka almashinuvida hamkorlik qilishdi. Uch kunlik tashrif davomida qirg‘iz delegatsiyasiga RIDM direktori va hodimlar - M. Salohidinov, G. Nuriddinova, B. Ashurov, M. Gulmurodova, N. Norova, N. Yo‘ldasheva, R. Kadirov, Sh. Odilov, X. Tojimatov, A. Azimov hamrohlik qilishdi.
😎 Delegatsiya aʼzolari maktab faoliyati bilan tanishish barobarida, dars jarayonlarini kuzatishdi. Maktab o‘quvchilari bilan birga mazmunli va foydali uchrashuvlar o‘tkazildi.
😎Mehmonlar uchun shuningdek, Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, sanʼat, madaniyat maskanlariga sayohat tashkil qilindi.
😎 Delegatsiya tashrifining so‘ngi kunida qatnashuvchi a‘zolarga Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari berildi.
📝Telegram |
📝 Facebook |
💻Instagram |
🟥 YouTube |
🌐 Website