tgoop.com/azonnashriyot/353
Create:
Last Update:
Last Update:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam moturidiy e’tiqodli hanafiy mazhabidagi, naqshbandiy tariqatiga oid odamlarni maqtab bashorat qilganlari e’tiqod va amaliyotdagi ushbu mazhablarning haqligini isbotlaydi.
Zotan, xurofot va botilga berilgan hamda uni qiluvchi shaxslar hech qachon maqtalmasligi o‘z-o‘zidan ma’lum.
Sevimli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: “Qustantiniya, albatta, fath etilajak. Uning amiri qanday ham yaxshi amirdir! Bu qo‘shin qanday ham yaxshi qo‘shindir!” deb maqtaganlari Qustantiniya - Istanbulning fotihi Sulton Muhammad qurdirgan ilk jomening peshtoqiga iftixor bilan yozib qo‘yilgan.
“Ahli sunna val jamoa kimlar?” kitobidan
@Azonnashriyot