Telegram Web
Butun moliya tizimi riboga asoslangan muhitda moliyaviy tashkilotlarni ribodan holi tarzda qayta qurish juda katta mehnat talab qiladi.

Shariat va uning iqtisodiy ta’limotidan bexabar ayrim kishilar foizni bekor qilish tufayli bank va moliyaviy tashkilotlar tijorat faoliyatini yo‘qotib, xayriya tashkilotiga aylanib qoladi, moliyaviy xizmatlar kutiladigan foydadan mahrum bo‘ladi, deb o‘ylashadi.

Bunday tasavvur, albatta, noto‘g‘ri.

“Islom moliyasiga kirish” kitobidan❄️

Keyingi postda shariatda foiz haqida gaplashamiz.

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agar biror kishiga bajarilishi kerak bo‘lgan konkret vazifalar qat’iy buyurilgan bo‘lsa, undan natija talab qilish mumkin emas.
Ammo shunchaki qanday natija talab qilinishi aytilsa, ijrochi qanday harakatlar qilishini o‘zi qaror qilishi kerak.

Agar qobiliyatli xodim haqida gap ketayotgan bo‘lsa, undan (yangi yangi maqomga erishish talab qilish mumkin, oddiy ijrochi esa qanday harakat va jarayonlardan foydalanishini mustaqil ravishda hal qila olishi zarur.
Zotan, mustaqil qarorlar qabul qilish jarayonida — mas’uliyat hissi va faollik shakllangani sababli, ijrochiga o‘zi qaror qilishi uchun ko‘proq imkoniyat berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Vatandoshlik dasturi” kitobidan👑

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
- ..Ahvolimni ko‘rib turibsan. Sen guvohsan, Allohga qasamki, bu yo‘ldan qaytdim. Allohga tavba qildim. O‘zi meni kechirsin. Qilgan xatolarimni endi qaytarmayman, - dedi. Ziyod ham:
- Sen qilar ishni qilib bo‘lding, Endi tavbangni nima foydasi bor? Shuncha ishdan keyin tavbang qabul bo‘larmidi? - deb masxara qildi. Xolid ketdi..

Ziyod hikoya qilib shunday deydi:

“Xolidni shunday keyin ko‘rmadim. Oradan o‘n yildan ko‘p vaqt o‘tdi. Bir kuni Xuroson darvozasining oldida turgandim. U yerdan masjidning atrofida juda odam ko‘p edi. Odamlar masjidga qarab oqib kelardi.
Masjidda katta ilm majlisi tashkil qilinib, bir katta shayx ma’ruza qilardi. Gapirayotgan gaplaridan juda ilmli insonligi bilinib turardi.

Odamlarga tavba qilish haqida, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etishi borasida nasihat qilardi. Bu gaplari meni qattiq ta’sirlantirdi. Ko‘z yoshlarimni tiyib turolmadim. Yig‘ilganlar ham tavba qilib, Allohdan mag‘firat so‘ray boshladilar.

Ma’ruza tugab, odamlar tarqab ketishdi. Haligi olimning yoniga bordim. Yuzidan nur yog‘ilib turardi. Uning oldida o‘zimni gunohga botgan odamday his qilib, ko‘ziga tik qarolmadim. Ko‘zimning qiri bilan qarasam, ne ko‘z bilan ko‘rayki, u do‘stim Xolid edi..


“Bemahal aytilgan azon” kitobidan🕌

Hikoya qisqartirib keltirildi, kitobda to‘liq holda yozilgan.

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizlar xohlagancha ilm o‘rganaveringlar. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha Alloh sizlarga buning uchun ajr-mukofot bermaydi.
Ahmoqlar himmati rivoyat qilish, ulamolar himmati rioya qilishdir.

“Dunyoni tebratgan 7 buyuk” asaridan🚬

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam moturidiy e’tiqodli hanafiy mazhabidagi, naqshbandiy tariqatiga oid odamlarni maqtab bashorat qilganlari e’tiqod va amaliyotdagi ushbu mazhablarning haqligini isbotlaydi.

Zotan, xurofot va botilga berilgan hamda uni qiluvchi shaxslar hech qachon maqtalmasligi o‘z-o‘zidan ma’lum.

Sevimli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: “Qustantiniya, albatta, fath etilajak. Uning amiri qanday ham yaxshi amirdir! Bu qo‘shin qanday ham yaxshi qo‘shindir!” deb maqtaganlari Qustantiniya - Istanbulning fotihi Sulton Muhammad qurdirgan ilk jomening peshtoqiga iftixor bilan yozib qo‘yilgan.

“Ahli sunna val jamoa kimlar?” kitobidan🌼

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu - sabrimga kelgan imtihon edi.. Muhabbat va mehr-shafqat sarchashmalari yuragimdan tosha boshladi.

Ehtimol, bundan keyin ularni qayta ko‘rmasman?
O‘ylagan sari ko‘zimdan yosh quyila boshladi. Biroq, ko‘z yoshlarimni to‘xtatishga urinardim.

Bu paytda onam oltmishdan oshgan bo‘lishlariga qaramay, himmatlari navqiron yigitlardan ham ziyoda edi.

Ushbu jumlalar Azon kitoblari nashriyoti tomonidan nashr etilgan qaysi asardan olingan?💭

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Olim qalamining qirtillashi tasbehdir.
Ilmni yozishi va uni mulohaza etishi ibodatdir.
Siyohlari shahidning qoni bilan teng.

Qabridan tursa hamma unga qaraydi. Mahshargohda payg‘ambarlar bilan birga bo'ladi.

Kechasidan bir vaqt ilm bilan shug‘ullanish, boshqa narsa bilan to‘liq tunni bedor o‘tkazishdan afzaldir. Ilmni dars qilish zikrdan yaxshidir.

“Dunyoni tebratgan 7 buyuk” asaridan📒

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir olimdan so‘radilar: “Oshiq deb kimga aytiladi va uning holi qanday bo‘ladi?”

Olim javob berdi: “Insonlar bilan oz aloqada bo‘ladi. Ko‘proq Parvardigori bilan yuzma-yuz qoladi. Ko‘rinishi sassiz-sadosiz, lekin uzluksiz tafakkur holida bo‘ladi.

Qaraganda ko‘rmaydi, chaqirganda eshitmaydi, suhbat chog‘i hech narsani anglamaydi. Boshiga bir falokat tushsa, ezilmaydi. Och qolsa, ochligini his etmaydi. Allohdan boshqasidan qo‘rqmaydi.

Dunyoni tebratgan 7 buyuk” asaridan🌃

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu kitob insonlar haqida.
U o‘z davlatini asrash va takomillashtirishda faol ishtirok etish zaruratini his etganlar va haqiqiy vatandosh bo‘lishni istaganlar uchun yozilgan.

Hammamiz davlatning qaysi sohalari yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va qaysi unsurlari ehtiyot qilinishi lozimligi, shuningdek nimalari himoyaga muhtoj ekanligi borasida juda sinchkov bo‘lishimiz zarur.

Na qishloq, na shahar bo‘lsin - dunyo o‘zgarmoqda, endi biz hayotimiz yaxshilanishiga xizmat qilayotgan, shu bilan birga uni qiyinlashtirayotgan narsalar haqida jiddiy o‘ylashni boshlashimiz lozim.

“Vatandoshlik dasturi” kitobidan🧠

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Azon kitoblari nashriyoti tomonidan nashr qilingan qaysi kitobni eng ko‘p sevib mutolaa qilgansiz?📚

Har biringizning fikringizni izohlarda kutamiz💭

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Fiqhiy atamalarning izohli lug‘ati” asari umumiy tarzda barcha faqihlar, xususan, hanafiy faqihlari nazdida mo‘tabar va mashhur bo‘lgan fiqhiy kitoblarning ham eng saralaridan hamda ko‘zga ko‘ringan va asos deb e’tibor qilinadigan lug‘at kitoblaridan saralab olingan.
Tafsir va hadis kitoblaridan olingan dalillar esa ushbu asarga yanada ziynat qo‘shgan.

Asarda turli-tuman bir qancha manbalarning kelishi, muallifning shariat va lug‘at ilmi borasida chuqur bilimga ega hamda manbalardan foydalana olish imkoni keng ekanini bildiradi🤎

Siz ushbu asarni mutolaa qilganmisiz?💭

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Imomning maneken qizi” kitobidan👩‍👧

Qayta nashr qilinishiga ko‘plab talablar tushgan ushbu asarni o‘qiganmisiz?💭

@Azonnashriyot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1+1 chegirmalarimiz davom etmoqda!🥳

Azon kitoblari nashriyoti tomonidan nashr qilingan ayrim kitoblar hozir chegirmada.

Manzillarimiz: Xadra filiali | Chilonzor filiali

🚕 Toshkent shahri bo‘ylab yetkazib berish xizmati 15.000 so‘m.

Viloyatlarga esa pochta orqali yetkazamiz📚

📱 Buyurtma berish uchun @Azon_Admin telegram akkauntiga murojaat qiling yoki +998998535550 raqami bilan bog‘laning.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 03:45:47
Back to Top
HTML Embed Code: