tgoop.com/b_bozorov/2873
Last Update:
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBga tegishli bankomatlarda naqd pul yechilganda komissiyalar miqdori oshirilgani toʼgʼrisida feyk xabarlar tarqalmoqda.
Bank Аxborot xizmati shuni maʼlum qiladiki, “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBda mahalliy (UzCard, Humo) kartalaridan naqd pul berish summadan 1 foizni, xalqaro toʼlov kartalaridan (shu jumladan, kobeydjing bank kartalari) naqd pul berish summadan 1,5 foizni tashkil etadi.
Ushbu tariflar “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBning 2023 yil 26 avgustdagi Boshqaruv qarori bilan tasdiqlangan boʼlib, bugungi kunda komissiya miqdorini oshirish boʼyicha hech qanday qaror qabul qilinmagan. (Amaldagi tariflar bilan shu havolada tanishish mumkin)
Аksincha, hozirgi paytda “Oʼzsanoatqurilishbank” АTB tomonidan ish haqi loyihasi doirasida chiqarilgan xalqaro kartalardan bankning oʼz protsessing markaziga ulangan bankomatlar orqali naqd pul yechish summadan 0,4 foizni tashkil qilmoqda.
Bank Axborot xizmati
BY Oʼzsanoatqurilishbank matbuot kotibi | Behzod Bozorov
Share with your friend now:
tgoop.com/b_bozorov/2873