tgoop.com/b_bozorov/3145
Last Update:
O'zsanoatqurilishbank ko'magida: O'zbekiston jahon bozoriga "qizil oltin" yetkazib beruvchi yetakchi davlatga aylanmoqda
2020-yilda Oʻzbekiston “qizil oltin” yetishtiruvchi beshinchi hamda yaxlit hududda joylashgan eng yirik plantatsiyaga ega yetakchi mamlakatga aylangan. Ekin maydoni ayni vaqtda 700 gektarni tashkil etadi. Yaqin kelajakda esa uni 2 ming gektarga yetkazish rejalashtirilgan.
Yetishtiramiz, quritamiz, qayta ishlaymiz va qadoqlaymiz
“Fin Opera" (Italiya) kompaniyasi, BMB Holding va Oʻzsanoatqurilishbank moliyaviy hamkorligida amalga oshirilgan loyihaning umumiy qiymati 120 mln. yevroni tashkil etadi. Joriy yilda plantatsiya hududida yetishtirilgan mahsulotni shu yerning oʻzida quritish, qayta ishlash va qadoqlash korxonasi ishga tushirildi.
Yangi ish o'rinlari
Za’faron yetishtirish jarayonlarida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni agar bir joyga jamlasak bemalol Bunyodkor stadionini to’ldirishi mumkin. Chunki bu yerda 240 nafar doimiy, 40 mingga yaqin mavsumiy ish o'rinlari yaratilgan.
Eksportda yangi mahsulot
Za’faron eksportining 2021-yildagi savdosi 1,2 mln yevroni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilda bu koʻrsatkichni 10 barobarga oshirib, 12 mln yevro bilan yakunlash rejalashtirilgan.
Bu hali hammasi emas. "Qizil oltin"ning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati, yurtimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda tutgan o'rni va kelgusidagi rejalar to'g'risida yuqoridagi maxsus reportajimizda batafsil tanishing.
BY Oʼzsanoatqurilishbank matbuot kotibi | Behzod Bozorov
Share with your friend now:
tgoop.com/b_bozorov/3145