Telegram Web
Forwarded from SQB
📣 Hurmatli Qoraqalpog'iston SQB mijozlari va hududdagi tadbirkorlar!

Sizni, ATB “O'zsanoatqurilishbank” Boshqaruvi bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvga taklif etamiz. Tadbirda tadbirkorlarning murojaatlari va takliflari ko‘rib chiqiladi.

Tadbirning o‘tkazilish joyi va vaqti:
1. 06.01.2025 — Qo'ng'irot BXM (bank binosi), soat 11:00 da
Manzil: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qo'ng'irot tumani, Qo'ng'irot MFY, T.Aybergenov ko'chasi, 48-uy

2. 07.01.2025 — Qoraqalpog'iston BXO (bank binosi), soat 11:00 da
Manzil: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, Do'stlik MFY, A.Do'stnazarov ko'chasi, 71-uy


📞Murojaat uchun raqamlar:
(78) 780-01-01, (91) 379-05-25

———————————
📣 Уважаемые клиенты и предприниматели СКБ Каракалпакстана!

Приглашаем вас на встречу, организуемую с Правлением АКБ «Ўзпромстройбанк».
На мероприятии будут рассмотрены обращения и предложения предпринимателей.
Место и время проведения мероприятия:
1. 06.01.2025 — Кунгиратский ЦБУ, в 11:00
Адрес: Республика Каракалпакстан, Кунгиратский район, Кунгиратский МСГ, улица Т. Айбергенова, дом 48
2. 07.01.2025 — OБУ Каракалпакстана, в 11:00
Адрес: Республика Каракалпакстан, город Нукус, МСГ Дустлик, улица А. Дустназарова, дом 71


📞 Контактные номера для обращений: (78)780-01-01, (91)379-05-25
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Nukus shahri hamda Qo‘ng‘irot va Taxiatosh tumanlari tadbirkorlari uchun uchrashuv tashkil etildi. Unda oltmishga yaqin ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdi.

2024-yilning 16-dekabr kuni Prezidentimiz raisligida banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda banklarning mahallalarda hokimliklar bilan muvofiq ishlash tizimi ko‘rsatib o‘tilib, har bir mahalla bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi.

Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zsanoatqurilishbankka 711 ta, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri hamda Qo‘ng‘irot va Taxiatosh tumanlarida 30 ta mahalla biriktirildi.

Uchrashuvlarda dastlab aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda bank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu maqsadda tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda taklif etilayotgan xizmat va mahsulotlar haqida batafsil tushuncha berildi.

Qayd etish joiz, bank tomonidan 2025-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik va o‘rta biznesga 292,7 mlrd. so‘m, turli iqtisodiy dasturlar doirasida esa, 121,8 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratish rejalashtirilgan. Natijada 6200dan ziyod aholi qatlami doimiy ish va tadbirkorlikka jalb qilinishi hisobiga daromadli mehnat bilan ta’minlanadi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tkazilgan tadbirda mahallalarning biznes imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbirkorlarning g‘oya va rejalari, ularni tadbiq etishda to‘sqinlik qilayotgan masalalar tinglanib, yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
👍5🔥1🤝1
📣 Hurmatli Toshkent shahri SQB mijozlari va Mirzo Ulug’bek hamda Uchtepa tumanlardagi tadbirkorlar!
 
Sizni, ATB “O'zsanoatqurilishbank” Boshqaruvi bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvga taklif etamiz. Tadbirda tadbirkorlarning murojaatlari va takliflari ko‘rib chiqiladi.
 
Tadbirning o‘tkazilish joyi va vaqti:
1. 09.01.2025 — Toshkent shahar BXO (bank binosi), soat 10:00 da.
📍Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug’bek tumani, Mustaqillik ko’chasi 5-uy.
 
📞Murojaat uchun raqamlar: (97) 872-32-01
 
2. 09.01.2025 — Uchtepa BXM hamda Al-Xorazmiy BXM (Uchtepa tumani hokimiyat binosi), soat 15:00 da.
📍Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Farhod ko’chasi 21-uy.
 
📞Murojaat uchun raqamlar: (94) 711-77-74
———————————
📣 Уважаемые клиенты SQB города Ташкента, предприниматели Мирзо-Улугбекского и Учтепинского районов!
 
Приглашаем вас на встречу, организуемую с Правлением АКБ «Узпромстройбанк». На мероприятии будут рассмотрены обращения и предложения предпринимателей.
 
Место и время проведения мероприятия:
1. 09.01.2025 г. – Ташкентский OБУ (здание банка), в 10:00 часов.
📍Адрес: г. Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, ул. Мустакиллик, 5.
 
📞 Контактные номера для обращений: (97) 872-32-01
 
2. 09.01.2025 г. - Учтепинский БХМ и Аль-Хорезмийский БХМ (здание хокимията Учтепинского района), в 15:00 часов
📍Адрес: г. Ташкент, Учтепинский район, ул. Фархад, 21.
 
📞 Контактные номера для обращений: (94) 711-77-74
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatida tashkil etilgan uchrashuvlarda ellikka yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab Prezidentimiz boshchiligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.

Aholini ish bilan ta’minlash va daromadli qilishda bank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda taklif etilayotgan xizmat va mahsulotlar haqida batafsil tushuncha berildi.

Aytish joiz, shu maqsadda bankka viloyatning Forish va Sharof Rashidov nomli tumanlarida 16 ta mahalla biriktirilgan. U yerda aniqlangan 5500 dan ziyod aholi qatlamini doimiy ish va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bu borada rejalashtirilgan qariyb 938 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘larini samarali yo‘naltirish choralari ko‘rilmoqda.

Uchrashuvda tadbirkorlar o‘z takliflari bilan murojaat qilib, yechimini kutayotgan savollariga javob oldi.
O`zsanoatqurilishbank Axborot xizmati bayonoti

Joriy yilning 8 yanvar kuni “Bankir kundaligi” telegram kanalida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.S.M.ning O`zsanoatqurilishbankda ochgan plastik kartasidan 2024 yil 31 dekabrda 4 million so`m pul mablag`i noma’lum tashkilot tomonidan echib olingani yuzasidan murojaati bank rahbariyati tomonidan o`rganib chiqildi.

Haqiqatan ham, 2024 yilning 31 dekabr kuni fuqaro N.S.M.ga tegishli karta orqali pul mablag`lari bilan bog`liq amaliyot bevosita mijoz xatti-harakatlariga ko`ra, biroq O`zsanoatqurilishbankka tegishli bo`lmagan to`lov tizimi orqali amalga oshirilgan.

Bu o`rinda bank plastik kartasi O`zsanoatqurilishbank tomonidan emissiya qilinganiga qaramay pul mablag`lari bilan bog`liq amaliyot boshqa to`lov tizimi orqali amalga oshirilgani sababli ushbu amaliyot bilan bog`liq harakatlar mijoz va to`lov tizimi o`rtasidagi munosabatlar hisoblanadi.

Shu o`rinda, bank kartalari bilan bog`liq firibgarlik holatlari ortib borayotganini hisobga olib, O`zsanoatqurilishbank Axborot xizmati, aholi, shu jumladan, o`z mijozlarini shubhali ilovalardan foydalanmaslikka chaqiradi.
👍3💯2
Forwarded from Rasul Kusherbayev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda SA Group holdingi tarkibidagi Thermo Plus kompaniyasida bo‘ldim. Ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdim. Bu korxona bazalt asosida issiqlik izolyatsion plitalarini ishlab chiqaradi.

Ushbu mahsulot ekologik toza, sog‘liq va atrof-muhitga zarar keltirmaydi, korxona chiqindilari qayta ishlanadi. Material suv va shovqin o‘tkazmaydi, olovda umuman yonmaydi. Yonmaslik xususiyatini shaxsan o‘zim tekshirib ko‘rdim.

Kompaniyada asosan migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz mehnat qiladi. Ular uchun yaratilgan yaxshi sharoitlarni ko‘rib hursand bo‘ldim.

Shuningdek, SA Group tarkibidagi GeoTex Production kompaniyasida ham bo‘ldim. Bu yerda geotekstil mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bu material yo‘l qurilishi, gidrotexnik inshootlar, drenaj tizimlari va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.

Toʻliq video mana bu yerda.

👉 @r_kusherbayev
4🤗3🙏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Zoʻr TV bilan hamkorlikda Bolalar gemotologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolajonlar uchun koʻngilochar tadbir oʻtkazildi.

Telekanal tomosha zalida “Sehrli sandiqcha” teatri hamda yosh ijodkorlar ishtirokida tayyorlangan Yangi yil shousi namoyish etildi.

Bayramona dastur bemor bolalar yuziga kulgu, qalbiga quvonch olib kirdi💕
5👍4
“SQB faktoring” kompaniyasi hamda “SQB mikromoliyalashtirish tashkiloti” faoliyati yo‘lga qo‘yildi

“SQB faktoring” kompaniyasi tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlarda faktoring xizmatlari ko‘rsatadi, ular mablag‘larini samarali boshqarishga yordam beradi.

“SQB mikromoliyalashtirish tashkiloti” aholi va tadbirkorlarga moslashuvchan moliyaviy resurslar taqdim etib, qisqa muddatda zarur mablag‘lar bilan ta’minlaydi.
O‘zsanoatqurilishbank rahbariyatining tadbirkorlar bilan uchrashuvi Sirdaryo viloyatida ham sermahsul kechdi.

Hududda bankka biriktirilgan 13 ta mahallaning biznes imkoniyatlarini o‘rganib, yangidan-yangi tadbirkorlik faoliyatlarini ishga tushirishga har tomonlama ko‘maklashish sa’y-harakatlari davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

Maqsad – davlatimiz rahbari ko‘rsatmasiga muvofiq, odamlarning g‘oyalari va qobiliyatini loyihalarga aylantirish, dedi bank mutasaddilari.

Qayd etish lozimki, joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Sirdaryo viloyatida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlanga qaratilgan turli dasturlar doirasida 8800dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.

Uchrashuvda 30ga yaqin tadbirkorlar qatnashib, ularning aksariyati o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammo va to‘siqlarni bartaraf etishga erishdi.
👍6
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan 200ga yaqin mahalla bankirlari hamda 700dan ziyod yordamchi-agentlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda bankka biriktirilgan 711 ta mahallada aniqlangan 400 ming nafar aholini doimiy ish va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Rejalashtirilgan qariyb 12 trln. so‘mlik kredit mablag‘larini samarali yo‘naltirish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, bankning hududiy tarmoqlarida “mahallabay ishlash” bo‘limlari tashkil etildi. 200ga yaqin mahalla bankirlari hamda 711 nafar yordamchi-agent ish boshladi.

Ayni paytda ular hududlarning biznes imkoniyatlarini o‘rganish, har bir fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot qilib, g‘oyalarini loyihalarga aylantirish, yaratilgan biznes loyihalarini esa samarali boshqarishga ko‘maklashmoqda.

Aholiga biznes yuritish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarini sotish, kredit, depozit, faktoring kabi bank xizmatlari haqida tushunchalar berib, ularning moliyaviy-huquqiy savodxonligini oshirishga yaqindan yordam bermoqda.
👍2🤔1
Ўзсаноатқурилишбанк ҳақида
нотўғри маълумотлар тарқатилмоқда
 
Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқлар ва айрим оммавий ахборот воситалари орқали “Ўзсаноатқурилишбанк” АТБ томонидан эълон қилинган давлат хариди ҳақида турли талқинлар тарқалмоқда. Шу муносабат билан, банк мазкур масала юзасидан расмий муносабатини билдиришни зарур деб ҳисоблайди.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 12 майдаги ПФ-5992-сон Фармони билан тасдиқланган "2020–2025 йилларга мўлжалланган Ўзбекистон Республикасининг банк тизимини ислоҳ қилиш стратегияси" доирасида банк тизими олдида қатор вазифалар белгиланган.

Хусусан, “Ўзсаноатқурилишбанк” АТБдаги давлат улушларини босқичма-босқич хусусийлаштириш, дастлабки босқичда эса банк фаолиятини рақамлаштириш ва трансформация қилиш бўйича аниқ чора-тадбирлар амалга оширилмоқда. Ушбу жараёнлар Ҳалқаро молия корпорацияси (IFC), Европа тикланиш ва тараққиёт банки (EBRD), Осиё тараққиёт банки (ADB) ҳамда KPMG каби нуфузли хорижий банклар ва консультантларнинг халқаро корпоратив бошқарув стандартларига (corporate governance best practices) мувофиқ равишда берилган тавсиялари асосида олиб борилмоқда.

Афсуски, айрим блогерлар мазкур ҳолатни бир томонлама ва нотўғри талқин қилмоқда. Хусусан, уларнинг “SQB банки раиси шахсий пиар учун давлат банки маблағларини сарфламоқда” деган мазмундаги сарлавҳалари жамоатчиликни чалғитмоқда ва ахборот манипуляциясига олиб келмоқда.
Ҳақиқатда эса, ушбу давлат хариди электрон тендер асосида, шаффоф ва қонунчилик нормаларига тўлиқ мувофиқ ҳолда амалга оширилган бўлиб, банкнинг рақамли платформалардаги фаолиятини кенгайтириш, ижтимоий тармоқлар орқали сифатли маҳсулотлар ҳақида маълумот тақдим этиш ва янги мижозларни жалб қилиш мақсад қилиб қўйилган. Бу эса банкнинг маркетинг ва реклама фаолиятини самарали ташкил этишнинг ажралмас қисми ҳисобланади. Харид натижасида имзоланган шартномада айнан ушбу вазифалар акс этган ва порталга бириктирилган.

Шахсий брендни оммалаштириш эса мазкур лойиҳанинг бир қисми бўлиб, асосий мақсад эмас. Ушбу ташаббус халқаро корпоратив бошқарув тажрибаларидан келиб чиқиб, мана шу йўналишда етакчи компаниялар амал қиладиган корпоратив шаффофлик ва стейкхолдерлар билан самарали алоқаларни ривожлантириш тамойилларига асосланган.

Асосий маблағлар банк маҳсулотларини тарғиб қилишга қаратилган бозор тамойиллари асосидаги маркетинг ва реклама кампанияларига йўналтирилган.

Шу ўринда, мазкур давлат хариди айрим блогерлар талқинларидан фарқли равишда шахсий манфаат эмас, балки банкнинг ижроия органи (бошқаруви) корпоратив фаолиятини ижтимоий тармоқларда ташкил этиш мақсадида амалга оширилганини таъкидлаймиз.

Бундан кўзланган мақсадхорижий консультантлар томонидан ишлаб чиқилган стратегия асосида мижозлар ва ҳамкорларни корпоратив жараёнлар билан яқиндан таништириш ҳамда банкнинг инвестицион жозибадорлигини ошириш. Банк фаолияти ҳақидаги янгиликларни жамоатчилик ва хорижий инвесторларга етказиш – корпоратив шаффофликни таъминлаш ва ишончни мустаҳкамлашда муҳим омилдир.

Бугунги кунда айрим ахборот тарқатувчиларининг нохолис ва бир ёқлама маълумот беришини таъкидлаш зарур. “Оммавий ахборот воситалари тўғрисида”ги Қонунда шахснинг шаъни ва қадр-қимматини ёки ишчанлик обрўсини таҳқирлаш тақиқланган. “Ахборот эркинлиги принциплари ва кафолатлари тўғрисида”ги Қонунда “ахборотни бузиб талқин этиш ва сохталаштириш”мумкин эмаслиги белгиланган. Ўзбекистон журналистларининг касб этикаси кодексида “ҳаққонийлик, холислик ва адолат” принциплари асосий қоидалар сифатида белгиланган. Бу меъёрлардан келиб чиқиб, ижтимоий тармоқларда тарқатилаётган маълумотлар фактларга мос келмаслиги ва жамоатчилик фикрини манипуляция қилишга қаратилгани аён бўлади.

“Ўзсаноатқурилишбанк” АТБ ўз фаолиятида жамоатчилик фикри ва холис журналистикани қўллаб-қувватлашда давом этади. Банк фаолиятига оид ҳар қандай маълумотлар, хусусан, давлат харидларига оид маълумотлар, чуқур таҳлил қилиниб, холис ва фактларга асосланган ҳолда чоп этилиши мақсадга мувофиқдир. 
👍8💯41🤔1🏆1🤝1
2025/07/10 14:25:27
Back to Top
HTML Embed Code: